O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 62,92 Kb.
səhifə5/11
tarix25.05.2022
ölçüsü62,92 Kb.
#87841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

1.3 Ozon.
Ozonni 1785-y. Van-Marum kuzatgan. 1840-y. Shenbeyn uni yangi element deb hisoblagan. Toza ozon 1922-y. nemis kimyogarlari Razenfold va Jvab tomonidan olingan. Ozon havo rangli, o‘ziga xos hidi bor gaz bo‘lib zaharli modda.”Ozon” so‘zi yunoncha “hidli” so‘zidan olingan.Ozon tabiatda momaqaldiroq paytida,chaqmoq chaqqanda,10-30 km balandlikda ultrabinafsha nurlar ta‘sirida kisloroddan paydo bo‘ladi:
3O₂→2O₃--289,4 kJoul
Umuman ozon atomar kislorod hosil bo‘ladigan jarayonlarda(peroksidlar parchalanganda,suv radiolizga uchraganda va boshqa hollarda) hosil bo‘ladi. Atmosferada ozon hosil bo‘lishida Quyoshdan kelayotgan hayot uchun zararli ultrabinafsha nurlar ushlanib qoladi;hosil bo‘lgan ozon infraqizil nurlarni yutib,Yer qobig‘ini sovib ketishdan saqlaydi. Atmosferada ozon qatlamining bo‘lishi Yerdagi hayot uchun katta xavfni bartaraf etadi.Laboratoriyada va texnikada ozon olish uchun ozonatordan foydalaniladi. Suyuqlanish harorati—251,5°C. Qaynash harorati — 112°C.Ozonatorlarda kislorodga elektr razryadi ta‘sir ettirilganda ozon olinadi.Odatdagi sharoitda kislorod ta‘sirlashmaydigan metallarni oksidlaydi (Hg, Ag):
Hg +O3 = HgO + O2 2Ag + O3=Ag2O + O2
Qo‘rg‘oshin sulfid ham O3 ta‘sirida oson oksidlanadi. Ozon maxsus asboblar ozonator yordamida olinadi: PbS + 4O3= PbSO4 + 4O2
Kaliy yodid ham ozon ishtirokida kislotali muhitda oson oksidlanadi:
2KJ + O3+ H2SO4 = J2+ H2SO4 + O2 + H2O
Kaliyga ozon ta‘sir ettirilganda, odatda, qizil rangli kaliy ozonid hosil bo‘ladi:
K + O3 = KO3
Ozon ko‘p konsentratsiyada10-4 mg/1 odam organizmiga yomon ta‘sir qiladi. U suvni sterillash uchun ishlatiladi, chunki u bakteriyalami o‘ldiradi.Ozonning organik moddalarga oksidlovchilik ta‘siri erkin radikallar hosil bo‘lishiga asoslangan:
RH+ O3= RO2+ OH
Radikallar hosil bo‘lishi lipidlar, oqsilar, DNK tarkibida zanjir reaksiyalariga olib kelib, hujayralarni halok bo‘lishiga olib keladi

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə