O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 62,92 Kb.
səhifə8/11
tarix25.05.2022
ölçüsü62,92 Kb.
#87841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

S+6 birikmalari. Bunday oksidlanish darajaga ega bo‘lgan birikmalar SO3, SF6, SO2C12 va sulfatlar kiradi. SO3 bug‘lari yig‘ilganda suyuq holdagi uchuvchan modda olinadi (qaynash harorati 44,8°C) Bu birikma trimerlardan tashkil topgan (SO3)3. Agar suyuqlik sovitilsa 16,8°C larda qotib, tiniq massa hosil qiladi. U muzga o‘xshash va asbestsimon polimer tuzilishiga ega bo‘lgan birikma hosil qiladi.
Sulfat angidrid suvda eriganida sulfat kislota hosil bo‘ladi: SO3+ H2O = H2SO4
SF6rangsiz gaz, u bosim ostida -50,5°C da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta‘sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to'yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtning bevosita ftor bilan ta‘siridan hosil bo‘ladi: S+3F2=SF6
Sulfit angidridga katalizator ishtirokida to‘g‘ridan to‘g‘ri xlor ta‘sir ettirilganda u sulfuril xloridga aylanadi: SO2 + Cl2 = SO2 C12
Sulfuril xloradning suv bilan ta‘siridan sulfat kislota hosil bo‘ladi:
SO2, C12 + 2 H2O = H2SO4 + 2HC1
Oltingugurtning galogenli birikmalari. Oltingugurt monoxlorid - S2C12. Qovoq rangli yoqimsiz hidga ega. S2C12 o‘zida oltingugurtni eritadi va kauchukni vulkanlashda ishlatiladi. Oltingugurt ustidan quruq xlor o‘tkazish orqali olinadi: 2S + Cl2= S2C12
SC12- qizil rangli suyuqlik (suyuqlanish harorati - 80°C, qaynash harorati +59 °C). Bundan tashqari, oltingugurt tetraxlorid ham bor (SC14). Suyuq modda, uning suyuqlanish harorati - 30°C ga teng.
Oltingugurtning ftorli birikmalaridan S2F2 rangsiz gaz modda -35°C da suyuqlikka aylanadi. Oltingugurt tetra ftorid - SF4 rangsiz gaz bo‘lib, -40,4°C da suyuqlikka o ‘tadi. SC12 ga natriy ftoridi ta‘siridan olinadi: 3SC12 + 4NaF = SF4 + S2C12 + 4NaCl
Oltingugurtning brom bilan faqat birgina birikmasi oltingugurt monobromidi (S2Br2) mavjud. S2Br2 qo‘ng‘ir rangli suyuqlik - 46°C da qotadi.

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə