O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 62,92 Kb.
səhifə4/11
tarix25.05.2022
ölçüsü62,92 Kb.
#87841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nosirov Abbos Nurali o\'g\'lining Anorganik kimyo fanidan kurs iushi1

Olinishi. Kislorodning qaynash harorati (- 183°C), azotnikidan (-195°C) yuqori bo‘lgani uchun kislorod oson suyuqlikka aylanadi va birinchi bo‘lib azot haydaladi. Bu jarayonda ham kislorod ham azot olinadi. Sanoat miqyosida kislorod ana shu usulda olinadi. Birinchi marta kislorod 1772 -yili shved olimi K.Sheele tomonidan, so‘ngra ingliz olimi J. Pristli 1774-yilda simob oksididan olgan. Havo tarkibida kislorod borligini 1775-yili fransuz olimi A. Lavuazye aniqlagan va bu gazni kislorod deb nomlagan. Kislorod grekchadan tarjima qilganda “kislota hosil qiluvchi” deyiladi. Laboratoriyada va sanoatda kislorod ishqorlarning eritmalarini elektroliz qilib olinadi.
Fizik xossalari. Odatdagi sharoitda kislorod rangsiz, mazasiz va hidsiz gaz moddadir. Qaynash harorati -183°C. 1000 ml suvda 31 ml kislorod eriydi.
Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, platina, galogenlarva inert gazlar bilan bevosita birikmaydi. Hamma qolgan elementlar bilan ta‘sirlashib, ularni oksidlaydi.
Kislorod faqat ftor bilan ta‘sirlanishda qaytaruvchi, qolgan hamma holatlarda u oksidlovchidir. Ko‘p moddalar kislorodda yonadi. Yonish atrof-muhitga yorug‘lik va issiqlik chiqishi bilan boradi. Toza kislorod ishtirokida yonish yanada shiddatli boradi.
Kislorod ikki atomli molekula hosil qiladi. Kislorod molekulalari orasidagi bog‘lar karrali bo'lagani uchin O—O orasidagi bog‘ 0,1207 nm. Shuning uchun molekula anchagina barqaror. Uning dissotsilanish energiyasi 494 kJ/mol.
Kislorod molekulasining atomlarga parchalanishi 2000 °C da sezilarli boradi. Kislorodning (-2 ) oksidlanish darajali birikmalari. Bunday birikmalar H2O, oksidlar hisoblanadi. Biri kislorod bo‘lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O, mis (I) -oksidi, CuO- mis (II) -oksidi, BaO -bariy oksidi, Mn₂O₇-marganes(VII)-oksidi. D.I.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining har qaysi davrida chapdan o‘ngga o‘tgan sari elementlar oksidlarining xususiyati asosidan kislotali oksid tomon o‘zgarib boradi, shuningdek, element atomlari bilan kislorod atomlari orasidagi bog‘lanishning xili ham shu davr ichida o‘zgarib boradi. Davr boshida bu bog‘lanish ion bog‘lanishdan iborat bo‘lsa, o‘rtalarida ion-kovalent bog‘lanishga , oxirlarida –kovalent bog‘lanishga o‘tadi. Oksidlar to ‘rt turga bo‘linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar.
Kislorodning (+4) oksidlanish darajali birikmalari. Bunday birikmalar sifatida uning allotropik shakl o‘zgarishi Ozon olinishi mumkin.

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə