О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 . D I Q Q A T T U R L A R I



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix03.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NAZAROV ABBOS KURS ISHI DIQQAT TURLARI.

3 . D I Q Q A T T U R L A R I
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi: 
1. Ixtiyorsiz diqqat
2. Ixtiyoriy diqqat; 
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi. 
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning 
yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday 
hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan 



odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, 
hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni 
bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni 
eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz 
ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish 
lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi 
ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni 
bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab 
o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb 
bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda 
diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab 
sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda 
turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy 
kuchi muhimroq rol o`ynaydi. 
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga 
doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - 
uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek 
qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil 
shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni 
payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi 
xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz 
mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi 
sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish 
uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin 
bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal 
qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb 
qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim. 
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi 
qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan 


10 
ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid 
beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni 
payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda 
jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni 
tug`diruvchi 
tasavvurlarni 
almashtirib 
tursa, 
o`quvchilarning 
diqqatlari 
so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin. 
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, 
jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb 
qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb 
qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning 
muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki 
narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. 
Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish 
uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish 
vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish 
bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab 
olib borishimiz kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va 
tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. 
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul 
qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida 
qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, 
ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa o`z oldimizga qo`yamiz, 
qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va har qanday boshqa 
narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror 
ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o`ziga xos xususiyati mana shu maqsad 
ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning 
namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shug`ullanishga qaror qabul 
qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin 
shug`ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat 


11 
ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq 
faoliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. 
Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam 
bog`liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega bo`ladi. 
Bunday qiziqishlar maqsad, ya`ni faoliyat natijalari bilan bog`liq bo`lgan 
qiziqishlardir. 
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish 
lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r 
berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi matematikadan qiyin misol echishga 
kirishdi, lekin uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, 
beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab 
misolni echadi. O`quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy 
diqqatga aylanadi. 
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib 
bo`lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan 
maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi 
tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, 
chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli 
bo`lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan 
sifat jihatidan farq qiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə