O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


«CHARXPALAK» TEXNOLOGIYASI



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə54/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

«CHARXPALAK» TEXNOLOGIYASI

O‘simlik xujayra va to‘qimalarida to‘planadigan moddalar va ayrim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan elementlarni aniqlashda qo‘llaniladigan reaktivlarni ko‘rsating.Bu treningda talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, ularga material tarqatiladi va har bir guruh yakka xolda to‘g‘ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan so‘ng o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob aniqlanadi.


AQLIY HUJUM


Aqliy hujum metodi - biror muammo bo‘yicha talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yyechimga kelinadigan metoddir. ―Aqliy hujum‖ metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga talabalarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Talabalar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga talabalar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi.
Aqliy hujum metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Talabalar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi talabalarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

―Aqliy hujum metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:


1. Talabalarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

  1. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

  2. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

Aqliy hujum metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:





    • Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.




    • Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.




    • Har bir talaba qatnashishi shart.

Quyida ―Aqliy hujum metodining tuzilmasi keltirilgan.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə