O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Milliy g’oya – O’zbekiston xalqining ishonch-e’tiqodi manbai



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə43/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

14-MAVZU: Milliy g’oya – O’zbekiston xalqining ishonch-e’tiqodi manbai
Reja:
1. Jamiyatni erkinlashtirish va davlat qurilishini demokratlashtirishda milliy g’oyaning roli.
2. Demokratiya tamoyillari tizimida mafkuraviy plyuralizmning ahamiyati. G’oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni qonuniy-huquqiy boshqarish masalalari.
3. “Vatanni sevmoq iymondandir” g’oyasining mazmuni va ahamiyati.

Mustaqillik yillarida shakllanish yо‘liga kirgan milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy о‘zligimizni о‘zida mujassamlashtirib, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo sivilizatsiyasi yutuqlari hamda ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalar bilan boyitib, mamlakatimiz о‘z oldiga qо‘ygan ezgu maqsad va vazifalarni aniq-ravshan aks ettiradi. Uning vositasida har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat,qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa oladi.


Davlatimiz rahbari Islom Karimovning «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li», «О‘zbekiston buyuk kelajak sari», «О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida hamda kо‘plab ma’ruza va nutqlarida О‘zbekiston xaqi qanday maqsad sari intilayotgani, qanday jamiyat barpo etgani ilmiy asosda keng va atroflicha yoritib berilgan.
Ayniqsa, Prezidentimizning «О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mustaqil taraqqiyot yillarida orttirilgan tajribalarga tayangan holda, sobiq sovet tuzumining og‘ir asoratlariga qaramay, yurtimiz katta rivojlanish yо‘li, О‘zbekiston yangi asrga qanday rejalar bilan kirib borayotgani asoslanadi. Yurtimizda ma’no-mohiyatiga kо‘ra butunlay yangi jamiyat barpo etish va XXI asrning dastlabki yillariga mо‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yо‘nalishlari kо‘rsatib berilgan.
Ma’lumki, biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, degan masala mustaqillikka erishganimizdan buyon dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu masala Prezidentimizning mazkur asarida ayniqsa о‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g‘oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga yetishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, kо‘pmulkchilikka va ular о‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bо‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. Iqtisodiy taraqqiyotni bozordagi talab va taklif yо‘lga soladi va boshqara boshlaydi. Uni markazdan turib boshqarishga, mablag‘ va fondlarni rejali taqsimlashga hojat qolmaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning tajribasi shuni kо‘rsatadiki, markazdan turib boshqariladigan rejali iqtisodiyot oxir-oqibatda baribir tanazzulga yuz tutadi.
Kо‘pmulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotini joriy qilish orqali yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash — davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Lekin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‘tish va ularni amalda joriy qilishning tayyor andozasi yо‘q. Bu borada biz hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham kо‘r-kо‘rona qо‘llay olmas edik. Chunki bizning mamlakatimiz iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, qazilma boyliklari va iqlim sharoiti, tabiiy resurslari, xalqimizning mentaliteti, aholi tarkibi va о‘sishi biror mamlakatnikiga aynan о‘xshamaydi. Boshqa davlatlarda yaxshigina samara beradigan taraqqiyot modeli bizda hech qanday natija bermasligi yoki aksincha, inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin edi. (Masalan, ayrim Hamdо‘stlik mamlakatlarining shok terapiyasi usulini qо‘llab, qiyin ahvolga tushib qolganini eslang).
Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va о‘zimizga mos rivojlanish bu — ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‘a borishni taqozo etadigan yо‘ldir. Milliy istiqlol g‘oyasi ana shu yо‘lda fuqarolarni birlashtiradi, yakdil va hamfikr bо‘lishlariga xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlarini qat’iy belgilab olib, asosiy kuch va imkoniyatlarni bir joyga tо‘plab, avvalo ana shu ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha taraqqiyotni ta’minlash, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali bozor munosabatlariga asoslangan demokratik odil jamiyat barpo etish О‘zbekiston tanlagan yо‘lning ma’no-mazmunini tashkil etadi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə