O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Milliy g’oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog’liqligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə41/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

12-MAVZU: Milliy g’oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog’liqligi
Reja:

    1. Milliy g’oya va umummafkuraviy jarayonlar tushunchalarining o’zaro munosabati, mazmun-mohiyati.

    2. Mafkuraviy jarayonlarning turli xil ijtimoiy guruhlar, qatlamlar manfaatlari bilan bog’liqligi, uni anglash darajalari.

    3. Dunyodagi mafkuraviy jarayonlar. Mafkuraviy jarayonlar va mafkuraviy kurashlar. Siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, geosiyosiy maqsadlar.

Prezidentimiz “Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan bо‘lgan suhbatda mafkuraga, xususan, milliy mafkuraga bо‘lgan munosabatini konsepsiya sifatida shunday ifodalaydi: “Odamlarning, ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kо‘zlagan va uning dunyodagi о‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun о‘rtasida о‘ziga xos kо‘prik bо‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.1


Darhaqiqat, mafkura о‘tmish, bugungi va ertangi kun о‘rtasida о‘ziga xos tafakkur kо‘prigi va millatni birlashtiruvchi bayroqdir. О‘zbekistonda bir yuz о‘ttizdan oshiq millat, elat va etnik guruhlar bir mamlakat hududida yashar ekan, ularning bir maqsadni kо‘zlashi, о‘zaro uyg‘unlikka ega bо‘lishi, milliy birlikni vujudga keltirish uchun, albatta, о‘zaro о‘ziga xos bir milliy mafkurasi bо‘lishi hayotiy zaruriyatdir. Shuning uchun ham, mafkura bugungi kunimizda kо‘p millatli xalqimizni bir davlat miqyosida, bir yurt xalqini bir hududda birlashtiruvchi asosiy kuch sifatida ham maydonga kelishi mustaqil taraqqiyot talabi hisoblanadi.
Milliy g‘oya kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari ham mavhum narsalar emas. Umuman inson degan shaxs bо‘lmaganidek, milliy qadriyatlarsiz umuminsoniy qadriyatlar ham bо‘lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlarning о‘ziga xos majmuasidir. Masalan, har bir millat, xalqning asl fuqarosi о‘z vatanini obod, xalqini farovon kо‘rishni istaydi. Ma’lumki, bu milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadidir. Shu bois milliy va ma’naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar о‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi kо‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning о‘tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, о‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir – biri bilan bevosita bog‘liq. Ularning har ikkalasi bir – biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini tо‘ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlar-ning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalay-di. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, о‘z millatini maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy tuyg‘ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‘ular millatchilik va “shovinistik” tuyg‘ulariga aylanib ketishi mumkin. Shuning uchun ham, bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, meyordan chiqib ketmaslik, о‘zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qi-lish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda bironta ham xalq va mil-lat о‘zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon siviliza-siyasidan ajralgan holdagi tarixga ega emas.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə