O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə40/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

uchinchidan, milliy istiqlol g‘oyasi kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag‘ishlab ruhimizni baland, belimizni baquvvat qilishga xizmat qilishi lozim.
G‘oya va mafkura. G‘oya tushunchasi mafkura tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq, aniqrog‘i biri ikkinchisini yaratadigan hodisadir. Mafkura kelib chiqishiga kо‘ra arabcha sо‘z bо‘lib, fikrlarning kо‘pligini bildiradi va о‘zbek tiliga kо‘p asrlardan buyon о‘zlashib ketgan. Shuningdek, tafakkur (fikrlar majmuasi) va mutafakkir (fikrlar egasi) sо‘zlari asosida ham fikr tushunchasi yotadi.
Mafkura - muayyan guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy - ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Prezidentimiz I. A. Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan: “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kо‘zlagan va uning dunyodagi о‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun о‘rtasida о‘ziga xos kо‘prik bо‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.1
Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning fikriy-g‘oyaviy tayanchi bо‘lishi, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch – omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch - g‘ayrat manbai bо‘lishi lozim.
Milliy mafkura, birinchidan, о‘zligimizga, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning kо‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qо‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart.
Ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bо‘lgan xilma – xil fikrlar, ziddiyatlar va g‘oyalar, erkin qarashlar, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el – yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bо‘lishi kerak.
Uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga о‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bо‘lib, qо‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda о‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bо‘lishi darkor. Milliy mafkura vositasida el – yurt birlashadi, о‘z oldiga buyuk maqsadlar qо‘yadi va ularni ado etishga qodir bо‘ladi. Millat, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyotning garovidir.
Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan, uning yо‘li va maqsadlarini aniq – ravshan kо‘rsatib beradigan fandir.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran о‘zgarishlar rо‘y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini о‘zida ifodalaydigan milliy g‘oya va mafkurani yaratish ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim sharti bо‘lib qoldi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Oldimizga qо‘ygan olijanob maqsad – muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bо‘lish, g‘oyaviy bо‘shliq paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik, begona va yot g‘oyalarning xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə