O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə36/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: Mustaqillik sharoitida milliy g‘oyani rivojlantirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samaradorligini oshirish jarayonida inson huquq va erkinliklarini takomillashtirish muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy g‘oyamizning о‘ziga xos jixati ham shundaki, u fikrlar va g‘oyalar xilma-xilligini tan oladi. Jamiyatning yakka-yagona mafkurasi sifatida biron-bir fikr, g‘oyani e’tirof etmaydi. Erkinlik, xususan, fikr erkinligi va xilma-xilligi prinsiplariga amal qilish milliy istiqlol g‘oyasi uchun muhim. Fikr erkinligi va g‘oyalar xilma-xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta’minlab turuvchi, inson salohiyatini oshiruvchi noyob imkoniyatdir.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, о‘z davlatchiligini qо‘lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech kayerda yengil va osonlikcha bо‘lmagan. Mustaqillikka erishgan xar bir mamlakat о‘z taraqqiyot yо‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda о‘z andozasinn ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar о‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyokarashi, jumladan, diniy e’tiqodi ruhiyati va xulq-atvor normalari ham shuni taqozo etadi. Masalan, dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yо‘lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni kо‘rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng Ovrupo mamlakatlari va Yaponiya xalq xо‘jaligini qayta tiklash rejasi ham buning amaliy namunasi bо‘ldi.
О‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida tо‘plangan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bо‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan, shak-shubhasiz, samarali foydalanadi. Biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, kо‘r-kо‘rona kо‘chirib olish tо‘g‘rn emas. Aksincha, aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mо‘ljallangan bо‘lsa, о‘sha mamlakatning о‘ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə