O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g‘oyada aks etishi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə34/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

9-MAVZU: Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g‘oyada aks etishi
Reja:

  1. Inson erkinligi, huquq va manfaatlari tushunchasi, uning ma’no-mazmuni.

  2. Milliy g‘oyaning inson erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligi prinsipiga asoslanishi.

  3. Mustaqillik sharoitida milliy g‘oyani rivojlantirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samaradorligini oshirish jarayonida inson huquq va erkinliklarini takomillashtirish muammosi.

1-masalaning bayoni: Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g‘oyada aks etishi haqida sо‘z ketar ekan, eng avvalo insonparvarlik, inson erkinligi, huquq va manfaatlari tushunchasiga, uning ma’no-mazmuniga tо‘xtalib о‘tish lozim bо‘ladi.
Insonparvarlik – odamlarga mexr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga gamxо‘rlik qilish goyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash. Insonni sevishning sababi, boislari, inson baxti, baxtiyor yashash uchun zarur bо‘lgan adolat haqidagi orzular qadimgi xalklarning og‘zaki ijodida, mifologik, diniy, falsafiy qarashlarida yuzaga chiqa boshlagan. Inson haqidagi hozirgi rang-barang va fundamental qarashlarning shakllanishida bularning xizmati katta. Qadimgi kishilar nazdida oliyjanob, jasur, qahramonlik kо‘rsatishga tayyor kishilarning ma’naviyati insonparvarlik bilan yо‘g‘rilgan. Er-Xubbi Turonda, Germes yunonlarda, Agni rigveda (dini) da bunga misol bо‘la oladi. Islom ta’limotiga kо‘ra, inson Olloh yaratgan maxluklar orasida eng karamlisidir. Inson Yaratuvchining yerdagi xalifasi, ya’ni, Aploh buyurgan yaxshi amallarni amalga oshiruvchisi. Inson hatgo farishtalardan ham yuqori martabali zot. Sharqda futuvvat harakati insonparvarlikning yorqin namunasidir. Futuvvat Hotami Toyni insonparvar kishining umumlashgan obraziga aylantirdi. G‘arb gumanistlari insonparvarlikni insonning ichki va tashqi gо‘zalligidan deb biladilar. Ularning fikricha, odamda jismoniy va ma’naviy ibtidolar uyg‘unlashganda insonning topgan lazzati, baxti axloqiy qimmatga ega bо‘ladi. Kant ta’limotiga kо‘ra, inson vosita emas, balki maq-sad bо‘lishi lozim. Insonparvarlikning maqsadi inson hayoti davomida о‘z salohiyatini tо‘la namoyon qilib, jamiyatda о‘ziga munosib о‘ringa ega bо‘lish uchun maksimal sharoit yaratish, hamda bunga tо‘sqinlik qiluvchi g‘oyalarning puch ekanligini fosh qilish, g‘ov bо‘luvchi omillarni bartaraf etishdir. Insonparvarlik inson qadr-qimmatini himoya etish va erkin huquqini talab qilishdir. Inson nafaqat tabiiy ofat, ijtimoiy institutlar tazyiqidan, hatto о‘z havoi nafsi, tanazzulga olib boruvchi mayllardan himoya etilishi uchun insonparvarlik taqozo etiladi. U inson ma’naviyatida muhitning tarbiyaviy ta’siri va ilm-ma’rifat orqali joy oladi. Ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bо‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit о‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuviga qaratilgan.
Insonning huquq va manfaatlari inson erkinliklari, burch va majburiyati b-n bog‘liq qarashlarni aks ettiruvchi tushunchalar bо‘lib, ular milliy g‘oyamizning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Insoniyat о‘z taraqqiyoti jarayonida insonning huquq va manfaatlariga oid bо‘lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Bu tizim о‘z taraqqiyotida uchta katga bosqichni bosib о‘tgan. Birinchi bosqich 1789 y.gi Fransiya inqilobining Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganidan boshlanib, 1. Jahon urushigacha bо‘lgan (1914 y.) davrni о‘z ichiga oladi. Bu davrda shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi, shaxs daxlsizligi, xususiy mulkka egalik, saylash va saylanish kabi shaxsiy va siyosiy xuquqlar bilan boshqa masalalar tartibga solingan. Ikkinchi bosqichda (1914—1950 y.lar) insonlarning turli g‘oya va harakatlar ta’sirida mehnat qilish, dam olish, ijtimoiy yordam olish bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik rivojlangan. Uchinchi bosqich 20-asrning 2-yarmidan bugungi kunlargacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi. Bu davrda tinch yashash, atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog‘liq masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yо‘llari qidirilmoqda. Budavrda insonning huquq va manfaatlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. BMT tomonidan yetmishga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan bir yuz oltmishdan ziyod, YUNESKO da yetmishdan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan о‘ttizdan kо‘proq insonning huquq va manfaatlariga taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda insonning huquq va manfaatlari bо‘yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə