O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə31/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Insoniyat XX asrning sо‘nggi 10 yilligidan boshlab, yangi tarixiy davrga qadam qо‘ydi va istiqbol rivojlanishining yangi yо‘nalishlarini belgilab olmoqda. Bu tarixiy davr xususiyatlari, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy munosabatlari paradigmalari о‘zgarishida namoyon bо‘lmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hayotning turli sohalariga doir an’anaviy shakllangan tushunchalar mazmuni, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar kо‘lami, harakteri gorizontal va vertikal yо‘nalishlarda о‘zgarmoqda. Bu dunyo miqyosida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’anaviy jarayonlarning globallashuvi, integratsiyalashuvi, universallashuvi va intensivlashuvida о‘z ifodasini topmoqda. Aynan ana shunday jarayonlarda millatning, О‘zbekiston davlatining jahon hamjamiyatida munosib о‘rin topishiga bо‘lgan intilishlari kuchaymoqda. «Biz demokratik jamiyat barpo etish maqsadi sari qadamlarimizni kimgadir yaxshi kо‘rinish, kimgadir hisobot berish va soxta obrо‘ topish uchun emas, avvalo, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan manzilga bosqichma-bosqich rivojlanish yо‘li bilan yetib borish uchun qо‘ymoqdamiz. Va ana shu yо‘limizdan aslo qaytmaymiz»31.
Istiqlol tufayli yangilanish va bunyodkorlik yо‘lidan borayotgan millat va davlat, jamiyat boshqaruvining о‘ziga xos milliy tarixiy tajribalariga, an’analariga asoslanadi. Boshqacha aytganda, demokratik milliy davlatchilikning tarixiy boshqaruv merosi, tajribalari bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor vazifalarini belgilab bermoqda. Qolaversa, О‘zbekistonda mustaqillikka erishgandan keyin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurilishining konseptual asoslari yaratilishi bilan, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda tarixiy milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga bо‘lgan ehtiyoj ham, talab ham, ortib bormoqda. Zero, jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror topishi va ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalariga singib borishi yangi tipdagi inson shakllanishida muhim omil bо‘lib xizmat qilmoqda. Prezident I.A.Karimov «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi — bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yо‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir»32, — deb ta’kidlaydi.
Bunday mushtarak strategik maqsad, bir tomondan, milliy, о‘ziga xos davlat boshqaruvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy shart-sharoitlarini, g‘oyaviy-mafkuraviy imkoniyatlarini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, muqobil demokratik tamoyillar va andozalar (standartlar)ning zamon talabiga mos dinamik о‘zgarib borishi, ularning yangi nazariy-metodologik asoslariga, mafkuraviy ta’minlashnishga ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Bu esa, о‘z navbatida, demokratiya fenomenini о‘rganishda turli fanlarning integratsiyalashish va differensiatsiyalashish yо‘nalishlarini belgilab bermoqda. Xususan, fuqarolarning erkinliklarini ta’minlash, huquqini muhofaza qilish; ijtimoiy himoyalash; siyosiy madaniyati va faolligini oshirish; milliy demokratik qadriyatlari rivojini umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish va uyg‘unlashtirish; jamiyat siyosiy institutlar faoliyatini umuminsoniyat e’tirof etgan demokratik tamoyillar asosida takomillashtirish; ijtimoiy munosabatlarda turli-tuman kuchlar muvozanatini ta’minlash mexanizmlarining samaradorligini aniqlash mezonini belgilash; fuqarolarning konstitusion huquqlarini muhofaza qilish asoslarini tashkil etishdan iboratdir. Aynan mana shunday siyosiy sharoit mustaqillik g‘oyasi va uni mustaxkamlash tufayli vujudga kelmoqda.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə