O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə27/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta’minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘atda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz kо‘zlagan maqsadga xizmat qiladi. Shunga bog‘liq tarzda aytib о‘tish joizki, XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy bu haqda shunday degan edi: «Intizom deb, qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini о‘z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bо‘lmasa edi. Insonlar bir daqiqa yasholmas edilar... Alhosil, har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmakga bog‘liqdur... Ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, о‘zlari tinch va rohatda umr о‘tkarurlar»2.
О‘z yurtlarini ozod va obod kо‘rishni orzu qilgan jadid ziyolilari ham tarbiya masalasiga alohida e’tibor qilganlari bejiz emas edi. Yana bir bor Avloniyning Forobiy fikrlariga hamohang mulohazalariga e’tibor beraylik. “Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, deb ta’kidlaydi Avloniy, — yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur». Kо‘rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy turli davrda yashaganliklariga qaramay, odamlarni erkin va farovon jamiyatga tarbiya orqali yetaklashga da’vat qilganlar.
Forobiy g‘oyasiga kо‘ra, fozil jamiyat faqatgina odamlar jamoasi borligi uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga rioya qilgani, dono rahbarga ega bо‘lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va axloqini rо‘yobga chiqarishga sharoit yaratgan jamiyat bо‘lgani uchun ham fozildir.
Mamlakatdagi tuzumning gо‘zal va yaxshi bо‘lishi xukmdorning bilimdonligi va о‘zga tuzumlardagi farovonlik va boshqa ijobiy jihatlardan xabardorlik bilan borliq degan fikr ham Forobiyni zamonaviy demokratiya nazariyotchilari qatoriga qо‘yishimizga imkon beradi. Buning ustiga, fuqarolik jamiyati haqidagi hozirda kо‘plab bildirilayotgan fikr mulohazalar ham mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa ega bо‘lmagan takdirda kuchli hokimiyatga ehtiyoj turiladi deb ta’kidlaydi. «...Hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda kо‘proq ma’qul va har tomonlama qulay hisoblanadi... johil odamlar ustidan hukmronlik va ularni hokimiyatga bо‘ysundirish haqiqatan tо‘g‘ri ish bо‘lishi bilan birga, erkin va mehr shafqatlilarni bо‘ysundirish о‘ta bema’nilikdir»1. Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka ehtiyoj yо‘q. Komillikka intiluvchi insonlar faoliyati fozil jamiyatni shakllantiruvchi omillardan biridir.
Mutafakkir fozillar shahrining ziddi bо‘lgan shaharlar (jamiyat) haqida ham fikrlar bildiradiki, bu holat hozirgi zamon jamiyatining ayrim jihatlariga tanqidiy munosabatda bо‘lishni talab qiladi. Forobiyning ogohlantirishi shundaki, johil jamiyat aholisi baxt saodatga intilmaydi, baxt saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki, johil odam hech qachon baxt topmagan va baxt saodatga ishonmaydi xam. Farovonlikka kelsak johil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu davlat bо‘lib kо‘rinadigan о‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu shahvatni, obrо‘, amal, shon shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb о‘ylaydi. Shu ne’matlardan har biri johil odam nazarida hayotdan maqsad, baxt saodat bо‘lib kо‘rinadi.
Moddiy va ma’naviy ne’matlarning barchasi birgalikda uyg‘unlashgan chog‘dagina haqiqiy baxt saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi tan kasalliklari, kambag‘alchilik zavq va lazzatdan mahrumlik hurmat va obrо‘ning yо‘qligi – baxtizlikdir. Yolg‘iz jismi talablarini, hirsini qondirish, ishrat, kayfsafoga intilish baxt saodatni bildirmaydi. Ehtiroslar tizginini jilovlamay, shaxsiy istaklarini tinimsiz qondirishga intilishlar ham shular jumlasidandir. Forobiy, shuningdek bir birlarini maqtashni, kо‘kka kо‘tarish, bir birlarining oldida yoki begonalar kо‘ziga ulug‘vor, shon shavkatli bо‘lib kо‘rinishga soxta urinishlarni ham johillikning kо‘rinishi sifatida baholaydi.
Farovonlikka intiladigan jamiyat a’zolarining о‘z g‘oyalari, ixtiyoriy amal qilishga jazm etgan qadriyatlariga sobitligini talab etadi. Forobiy fikriga kо‘ra, fozil jamiyat aholisining nazariy qarashlari va amaliy ishlariga nisbatan begona g‘oyalar asta kirib olib, ularning qarashlarini о‘zgartirib yubormasligi kerak. Zgro, inson baxt saodat nimaligini tushungan bо‘lsayu, unga erishishni maksad kilib olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bо‘lsa, unga nisbatan ozgina bо‘lsada, ishvk va zavk sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va kuvvatini boshka narsalarga sarflasa, bu kilmishlari noо‘rindir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni о‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yо‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt saodatga erishadi. Inson, avvalo, baxt saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni о‘ziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bо‘lishi kerak. Keyin bu baxt saodatga olib boradigan amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. Sо‘ngra esa baxt saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmogi lozim bо‘ladi. Forobiyning ushbu fikrlari bugungi kunda о‘z milliy g‘oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo etishni kо‘zlayotgan jamiyatimizning maqsadlariga hamohang ekanligini anglash mushkul ish emas.
Xullas, farovon jamiyat g‘oyasi mustaqil va barqaror taraqqiyot yо‘liga kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma’noda, uning umuminsoniy jihatlariga, demokratik mohiyatiga ulkan e’tibor berilayotganligi tabiiydir. Prezident Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratayotganligi ham shundan.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə