O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə24/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

Tо‘rtinchidan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasining asosiy maqsadi — bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‘tish davrida, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, О‘zbekistonning demografik strukturasi, iqtisodiy ishlab chiqarishning, mustabid tuzumdan meros bо‘lib qolgan, tarkibiy tuzilishi aholining moddiy jihatdan kam ta’minlangan, nochor qatlamini davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilishni kun tartibiga qо‘ygan edi.
Bu vazifaga mamlakatimizda davlat ijtimoiy siyosati darajasida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligini ta’minlashning zaruriy sharti va gumanistik tamoyili sifatida qaralmoqda. «Aholining real pul daromadlari bir yilda 27 foizdan ziyod kо‘paydi. Statistika idoralari ma’lumotlariga kо‘ra, 2001 yilda mehnatga layoqatli aholining о‘rtacha ish haqi kun kechirish uchun minimum darajada zarur bо‘lgan mablag‘ning 99 foizini tashkil qilgan bо‘lsa, 2007 yilda bu kо‘rsatkich 3 barobardan kо‘proq oshdi. Ta’kidlash joizki, bu raqam Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi mamlakatlari о‘rtasida yuqori kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi»24.Lekin, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tamoyili, keng va universal mazmunga ega bо‘lib, faqatgina kam ta’minlangan kishilarga insonparvarilk yordami kо‘rsatish yoki moddiy jihatdan kо‘mak berishdan iborat emas, balki hayot sharoitining barcha tomonlarini yaxshilashni ham о‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan,. 2007 yilga kelib «aholini ichimlik suvi bmlan ta’minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha о‘sishini»25 ijtimoiy himoyaning muayyan yо‘nalishi tarzida qarash kerak.
2007 yil mamlakatimizda Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bо‘yicha maxsus dastur qabul qilindi va u bugungi kunda amalga oshirilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan va amaliy maqsadga javob berishidan kelib chiqqan holda, tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bо‘g‘inlari qayta kо‘rib chiqilmoqda.
Davlatning ijtimoiy muhofaza siyosati mamlakatimizda yashayotgan aholining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, ruhiy hayot sharoitlarini mentalitetiga yot g‘oya va mafkuralarning tajovuzidan muhofaza qilishni ham о‘z ichiga oladi. Zero, millat ruhiga, hayot tarziga yot bо‘lgan g‘oyalarning mamlakatimizga kirib kelishiga qarshi kurash, fuqarolarning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini shakllantirish ham ijtimoiy muhofaza siyosatining muhim yо‘nalishi bо‘lib, milliy taraqqiyotni rag‘batlantiruvchi zaruriy omildir.
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tamoyili о‘rtasidagi bog‘lanish, ularning biri ikkinchsini taqozo qilishida namoyon bо‘ladi. Xususan: 1) Vatan ravnaqi g‘oyasi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari, usullari va vositalari samaradorligini ta’minlagan vaziyatda, о‘z mazmuniga ega bо‘ladi;
2) aholining ijtimoiy himoyalanish darajasi yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasining gumanistik mazmun va mohiyatini ifodalaydigan asosiy mezondir; 3) jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalardagi izchil rivojlanish xususiyatlari yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasini faol amalga oshirish jarayonida namoyon bо‘ladi; 4) yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasi dinamik xarakterga ega bо‘lsa ham, har qanday tarixiy davrlarda aholini ijtimoiy muhofaza qilishning umumiy maqsad va vazfalarini ifodalaydi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə