O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə20/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan faol mehnat bilan mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgandir. Hozirgi davrda xilma–xil mulkchilik shakllari va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va tichliksevar aloqalarining о‘sib borishi, osoyishtalik, milliy totuvlik, hamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalar ham ana shu tamoyillarning tо‘la namoyon qilishga xizmat qiladi. Ularning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu – intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. Shuningdek, barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’rifiy yо‘l–yо‘riqlari milliy g‘oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bо‘ladi.
Milliy g‘oyaning amaliyoti jamiyat va Vatan manfaatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi tamoyillaridan ajralgan holda zohir bо‘lmaydi. Bu jarayon mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuzining о‘sib borishi, ma’naviy–ma’rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy о‘zgarishlar tо‘g‘risida halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini kо‘rsatadi. Fuqarolarni milliy g‘oya tamoyillari asosida yashash va faoliyat yuritishga о‘rgatishda turli jamoat, ijodiy, ilmiy, tashkilotlar, institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg‘armalarning о‘rni va ahamiyati katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir.
Bunda ushbu tamoyillarning xalqimiz xohish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatanga sodiqlik va milliy g‘urur tuyg‘usini о‘stirishga yо‘naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar yaratish bilan birga О‘zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo etish bilan bog‘liq maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar butun xalqimizning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.
Ayni paytda, milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga ma’naviy yо‘nalish beradi. Shu tarzda milliy g‘oya jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi, ularni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qо‘llab-quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi, umuminsoniy meyorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror topishi uchun kurash olib borishini ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad demokratik о‘zgarishlar hayotimizning muhim yо‘nalishiga aylangan hozirgi davrda erkin fikrlovchi, о‘z faoliyatida bunga amal qiluvchi komil insonlarni voyaga yetkazishdan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, istiqlol ma’naviyati sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqidagi orzular rо‘yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratdi. Zero, haqiqiy farovon jamiyatning a’zolari ham yetuk ma’naviyat sohibi bо‘lishi shart. Chunki о‘zligini anglagan inson, о‘zgalar hamda millat, jamiyat, Vatan oldidagi burch va ma’suliyatini ham anglaydi. Uning qalbi, tafakkuri va ruhiyatida bunday ulug‘vor fazilatlar oson va samarali kamol topadi. Ma’naviy yetuk, ruhi sog‘lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yо‘nalgan bо‘ladi.
Mustaqillik yillarida odamlarni g‘oyaviy tarbiyalash va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarimizning о‘zligini anglash, qadr-qimmat, iymon e’tiqod, ona- Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat e’tibor tuyg‘ularni о‘stirib borish yо‘lidagi harakatlar о‘zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, dunyoqarashi ijtimoiy hayotga munosabati, amaliy faoliyatida tub о‘zgarishlar yuz bermoqda, ularning tafakkuri uyg‘onmoqda.
Bugungi kunda milliy g‘oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hayot taqazosiga aylandi. Shu bilan birga, mafkura sohasida yanada samarali va izchil ish olib borish, mafkuraviy targ‘ibotni takomillashtirish, ushbu soha xodimlari malakasini oshirish, mavjud muammolarini hal qilish uchun amaliy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Bu о‘rinda qabul qilinayotgan Farmonlar, qonunlar va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g‘oyalarni keng xalq ommasi ongiga yetkazishning benihoya dolzarbligini ta’kidlash lozim. Chunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma’rifatli, ezgu g‘oyali inson tushunchalari biri–biridan ajralmasdir. Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog‘lom jamiyatni ham ana shunday kishilargina yarata oladilar. Ularni voyaga yetkazmay turib milliy g‘oya tamoyillarining amalga oshganligi tо‘g‘risida fikr yuritish qiyin.
Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari mamlakatimizda yashaydigan kishilarning tinch–totuvligi, ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy baraqarorlikning qadriga yetishi, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bо‘lgan tahdidlarga qarshi siyosiy, huquqiy hushyorligi bilan uzviy bog‘liq. Chunki, hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas’ul bо‘lgan kishilar ana shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yо‘q.
I.Karimovning milliy g‘oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e’tiborning kо‘pligi О‘zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yо‘l-yо‘riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir.
О‘zbekiston Respublikasi kо‘p millatli davlat bо‘lib, aholining tо‘rtdan uch qismi о‘zbeklar va qolgan qismi turli millat va elatlarga mansub fuqarolar hisoblanadi. Mamlakatga о‘z nomini bergan millatning boshqa etnik birliklarga bо‘lgan munosabatlariga qarab milliy munosabatlar shakllanadi. О‘zbeklar qadim-qadimdan boshqa xalqlarga nisbatan bag‘rikenglik kо‘rsatib dunyoga tanilgan xalqdir. Chunki Buyuk ipak yо‘lida joylashgan Vatanimiz hududida azal-azaldan kо‘plab etnik guruhlar yonma-yon yoki aralash yashab kelganlar. Shuning uchun ham diniy va milliy bag‘rikenglik (tolerantlik) hech mubolag‘asiz millatimizning muhim belgilaridan bо‘lib qolgan.
Prezidentimiz I.Karimov kо‘pgina asarlarida milliy totuvlik muhiti ijtimoiy barqarorlikni ta’minlab beruvchi eng asosiy kafolat ekanligini ta’kidlab keldi. U о‘z asarlarida kо‘p millatlilik har bir millatning milliy ehtiyojlarini inobatga olib siyosat olib borilgan taqdirda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, demokratik jarayonlar jadallashishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atining о‘sishi yuz berishiga asos bо‘lishi mumkinligi tarixda isbot qilingan haqiqat ekanligi tо‘g‘risida gapirib о‘tadi.
Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‘oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‘oyasi bilan bevosita bog‘liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv omillarini, chuqur о‘rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb ilmiy muammodir.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə