O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə21/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: Yurtimizda shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‘oya barcha millatlarning manfaatlariga mos. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik О‘zbekistondagi barcha millat va elat vakillarining g‘oyasi bо‘lib qolmoqda.
Umuman insoniyat tarixiy taraqqiyoti tajribasi, xususan mustaqil О‘zbekiston rivojlanishining «о‘zbek modeli» teran ilmiy-falsafiy tafakkur natijasidir. Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy fikrlar tarixida qiyosi bо‘lmagan «besh tamoyil»ning ishlab chiqilishi va izchil amalga oshirilishi umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini muhim nazariy xulosalar va amaliy tajribalar bilan boyitishga olib keldi.
Biz bu tamoyillarning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyasi bilan bog‘liqlik jihatlarini kо‘rib chiqadigan bо‘lsak, ularning mavjudligi va rivojlanishidagi obyektiv-subyektiv omillar hamda shart-sharoitlari birligi yaqqol namoyon bо‘ladi.
Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamoyili, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligini ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy omillar tarkibidagi iqtisodiy determinizm g‘oyalaridan tubdan farq qiladi. Zero, mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat oldida turgan vazifalar tizimi va ularni hal qilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan iqtisodiyotni rivojlantirish, birinchi navbatda kun tartibiga qо‘yildi. Chunki, iqtisodiyotni mustabid tuzumdan meros qolgan totalitarizm, volyuntarizm, subyektivizmga asoslangan hukmron kommunistik g‘oya va mafkuraning, siyosiy tizimning iskanjasidan xalos qilmasdan, Vatan ravnaqini, yurt tinchligini, xalq farovonligini ta’minlaydigan demokratik islohotlarni amalga oshirish mumkin emas edi.
Islohotlarning birinchi bosqichida О‘zbekistonning milliy tarixiy taraqqiyot xususiyatlarini, demografik-etnografik, madaniy sturukturasini, ishlab chiqarishning mustabid tuzum sharoitida shakllangan tarkibiy tuzilishini hap tomonlama e’tiborga olib, iqtisodiyotni erkinlashtirishdan iborat islohotlar — ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni jamiyatning obyektiv qonuniyatlari asosida tashkil qilishi, unda inson omilining rolini oshirish - barqaror rivojlanishning zaruriy sharti edi. Bunda «eng muhim ustuvor masala - bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan ibortdir». 20
Bu sohada qо‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar keyingi yillarning rejalarini tuzish, ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini qidirib topishni taqozo qilmoqda. 2008 yilda «kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushini 48 foizga, 2010 yilga borib esa, 50-52 foizga, xizmat kо‘rsatish sohasining salmog‘ini tegishli ravishda 45 va 49 foizga yetkazish uchun bugun bizda barcha asoslarimiz bor. 2010 yilda yangi tashkil etilayotgan ish о‘rinlarini kasanachilik asosida 250 mingtaga yetkazish»21 kо‘zda tutilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning jamiyat siyosiy tizimini о‘zgartirishga nisbatan ustuvorligini ta’minlash, mafkura yakka hokimligidan holi qilish natijasida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‘oyasini amalga oshirishning quyidagi imkoniyatlari vujudga keldi. YA’ni: 1) jamiyatni boshqarayotgan mavjud siyosiy tizimning parokanda bо‘lishi natijasida, muqarrar tarzda, kelib chiqishi mumkin bо‘lgan hokimiyat talashish, siyosiy boshboshdoqlik, anarxiya hodisasining oldi olindi, jamiyat ijtimoiy-siyosiy «iqlimining» mо‘tadilligi, mamlakatda tinchlik va barqarorlik ta’minlandi; 2) iqtisodiyotni siyosatdan bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida muqobil mulkchilik shakllarining vujudga kelishi iqtisodiy ishlab chiqarish cohasining tarkibiy о‘zgarishlariga asos bо‘ldi; 3) siyosiy tizimi shaklidan qat’iy nazar turli mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlar о‘rnatish, «ochiq eshik» siyosati chet el investitsiyasi kirib kelishiga imkoniyat yaratdi; 4) kishilar ongidagi mustabid tuzumdan qolgan boqimandalik kayfiyati barham topib, tashabbuskorlik, tadbirkorlik sifatlari qaror topdi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini ta’minlash, uni «erkinlashtirishdagi bosh vazifa — eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini — funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xо‘jalik faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat bо‘ldi..
Bular о‘z navbatida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‘oyasini amalga oshirishning, milliy mustaqillikni mustahkamlashning zaruriy iqtisodiy shart-sharoitlarini yaratib berdi. Natijada, «yaqin uch yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bо‘yicha о‘z oldimizga qо‘ygan strategik vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar kо‘paytirildi. 2007 yil dekabrida о‘rtacha oylik ish haqi, xо‘jalik subyektlari va byudjet sohalarini hisobga olgan holda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng bо‘ldi».22

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə