O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə19/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

1-masalaning bayoni: Jamiyatni demokratlashtirishda har bir davlat va millatning о‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingandagina uni amalga oshirish darajasi reallashadi. Shuningdek, u yoki bu davlatdagi demokratiyaning yashovchanligi uning qanday g‘oyaviy-mafkuraviy zaminlarga suyanishiga ham bog‘liqdir. О‘zbekiston jamiyatini demokratlashtirishda aholining ma’naviy-ma’rifiy darajasi, uning siyosiy ongi va madaniyati, milliy mentaliteti, о‘ziga xos tafakkur tarzi bunday g‘oyaviy-mafkuraviy zaminni tashkil etadi.
О‘zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog‘liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо‘l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi.
Shaxs erkinligi tо‘g‘risida gapirganda uning dunyoqarashi, siyosiy bilimlar darajasi, jamiyatda о‘zini tutish madaniyati, turli ekstremal vaziyatlarda tо‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyati, о‘zining ozod shaxs ekanligini qay darajada anglashi, о‘zining va jamiyat manfaatlarining mutanosiblik holatini aniqlashi sifatlariga kо‘proq e’tibor berish lozim.
U insonlar о‘rtasidagi о‘zaro ijtimoiy munosabatlarda rо‘yobga chiqadi. Shuning uchun jamiyatdan tashqarida erkinlik bо‘lmaydi. Jamiyatda erkinlikni tushunish va amalga oshirish mamlakatda ustuvor bо‘lgan milliy madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartibotlar, qonun-qoidalar hamda qadriyatlarga, ularning xarakteri, mazmuniga bog‘liq bо‘ladi. Erkinlikni anglash va uni ifoda etishda G‘arb va Sharqning о‘ziga xos jihatlari bor. G‘arbda erkinlik tо‘g‘risida fikr yuritilganda, asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi, erkinlikka shu mezondan kelib chiqib baho beriladi.
Sharqda ham shaxs erkinligi va huquqlari hisobga olinadi. Lekin shaxs hatti–harakati, xulq-atvori, jamiyatdagi о‘rni, ma’suliyatini idrok etish holatlariga baho berilganda, muayyan guruh, etnos, xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyatlar, an’analaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi.
Shaxsning xohish–irodasi, istagi, maqsad va manfaatlari uning faoliyatida namoyon bо‘ladi. Erkinlik va jamiyat hayotini erkinlashtirish muammosi muayyan g‘oyalar tizimi bilan ham bog‘liq. G‘oya erkinlik, jamiyat hayotini erkinlashtirishga xizmat qilishi yoki, aksincha, erkinlikni, erkinlashtirish jarayonlarini bо‘g‘ishi, ya’ni unga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Chunki, jamiyat hayoti siyosiy tizim sifatida,muayyan g‘oyalar orqali muayyan tartibotlar, urf–odat, an’analar, qadriyatlar bilan shakllanadi. Ular esa jamiyatning turli sohalarida faoliyat kо‘rsatadigan insonlar dunyoqarashi, ongi va tafakkuri orqali о‘z ifodasini topadi. G‘oyaga mos ravishda erkinlik va erkinlashtirish jarayonlari sodir bо‘ladi. Mamlakatda yagona g‘oya tan olinib, faqat unga amal qilinsa, shunga mos faoliyat qaror topadi. Masalan, kommunizm g‘oyasi yakka hukmronlikka asoslangan bо‘lib, natijada inson erkinligi, umuman, jamiyatni erkinlashtirishga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Inson fikri, uning jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotidagi о‘rni ham sinfiylashgan mafkuraga yoki proletar manfaatlariga bо‘ysundirildi. Inson ongi va dunyoqarashida uning dunyoni idrok etishi bilan bog‘liq qarashlari, tasavvurlari emas, aksincha, dunyoqarashni «sinfiy»lik tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan holda fikrni ifodalash, munosabat bildirish hodisasi rо‘y berdi. Bu dunyoqarash majburiy tarzda shakllantirildi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə