O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə23/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

Uchinchidan, insoniyat jamiyatining har qanday bosqichida, umuman ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, xususan g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish muayyan qonunlarni taqozo qilgan. Bu qonunlarni yaratish «texnologiyasi», ularga qat’iy amal qilish mexanizmlari mukammalligi jamiyat, shaxs va boshqa ijtimoiy-siyosiy institutlar tomonidan ustuvorligini ta’minlash darajasiga bog‘liq bо‘ladi.
Zero, umumdemokratik tamoyillarga asoslangan qonunlar ustuvorligi milliy taraqqiyotning asosiy g‘oyalarini amalga oshirish yо‘nalishlarini belgilaydigan mezonlar tizimida alohida ahamiyatga ega. Chunki, bu g‘oyalarni inson ongiga singdirish, amaliy hayotiga joriy etish: 1) jamiyat rivojlanishini tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qiluvchi qonunlar ustuvorligini hammaning birdek e’tirof etishi hamda istisnosiz bajarishiga; 2) qonunlarni yaratuvchi va qabul qiluvchi demokratik institutlar faoliyati, ularni amalga oshirish usullari va vositalaridagi milliy xususiyatlarining umuminsoniy andazalarga mosligiga; 3) jamiyatning dinamik о‘zgarishiga mos mavjud qonunlar tizimi о‘zgarishini taqozo qiladigan obyektiv zaruriyat va ehtiyojni о‘z vaqtida anglash asosida qonunlarni tahrir qilishga; 4) aholi turli qatlamlarining huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hamda ularni yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi uchun xizmat qilishga yо‘naltirishga bog‘liq bо‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksariyat holatlarda qonun ustuvorligi haqida gapirilganda, huquqiy qonunlar nazarda tutiladi, Vaholanki, tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanish qonunlari obyektiv xarakterga ega bо‘lib, inson ularni bilish asosida о‘z amaliy va nazariy faoliyatini oqilona tashkil qilishi mumkin.
Insonning tarik organizm sifatida, biologik-fiziologik tuzilishi — tabiat qonunlariga moslashuvini, ijtimoiy mavjudot sifatida esa — jamiyat qonunlariga bо‘ysunishini taqozo etadi. Agar, inson bu qonunlarning obyektivligini suiste’mol qilsa, muqarrar ravishda, jazosini tortadi. Shuning uchun qonun ustuvorligi deganda, birinchi navbatda, tabiat qonunlarining ustuvorligini ham e’tirof etish kerak. Chunki, insonning tabiat qonunlarini ilmiy bilishi asosida, uni о‘sib borayotgan ehtiyojlariga kо‘ra, oqilona о‘zgartirishi va о‘zlashtirishi, umuman jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, insonlarning tabiat qonunlariga asoslanib yashash madaniyatini shakllantirmasdan, ijtimoiy hayot qonunlariga kо‘ra yashash madaniyatini rivojlantirib bо‘lmaydi. Undan tashqarida esa, milliy g‘oyaning amaliy faoliyat doirasini tasavvur qilish mumkin emas.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə