O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Milliy g‘oyaning jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə26/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

7-MAVZU: Milliy g‘oyaning jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liqligi
Reja:
1. Jamiyat hayoti sohalari tushunchalari, ma’no-mazmuni. Milliy g‘oyaning jamiyat hayoti sohalarida aks etishi.
2. Milliy g‘oya bosh maqsadini amalga oshirishda jamiyat hayoti sohalarini rivojlantirishning о‘rni.
3. Mustaqillik tufayli jamiyat hayoti sohasida erishilgan yutuqlar. Ularning milliy g‘oya g‘oya maqsadlari bilan uyg‘unligi


1-masalaning bayoni: Milliy g‘oya jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda aks etadi. Har qanday g‘oyaning asosida, uning mazmuni va maqsadini tashkil qilgan bilimlar yotadi. Shunga kо‘ra, milliy g‘oyada biz barpo etayotgan davlat va jamiyatning shakllanib, rivojlanish qonuniyatlari, undagi barcha ijtimoiy munosabatlar xarakteri, bugungi va istiqboldagi taraqqiyotimiz mohiyati tо‘g‘risidagi bilimlar mujassamlashgan. Binobarin, g‘oyaviy-mafkuraviy muammolarga oid ilmiy tadqiqot, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarida ayni shu masalalar keng yoritilishi, odamlarda xalqimiz, mamlakatimiz oldida turgan eng muhim maqsad va vazifalar tо‘g‘risida aniq-ravshan bilim-tasavvurlar hosil qilinishi zarur. «Chunki jamiyatimiz, mamlakatimiz о‘z oldiga qо‘ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq-ravshan belgilab olmasdan turib, millatimizning asriy an’ana va urf-odatlarini, о‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassam etadigan milliy mafkurani shakllantirish mumkin emas.
Buning uchun, avvalo, biz qanday davlat, qanday jamiyat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savolga javob topishimiz kerak»,27 deydi Prezidentimiz I.A.Karimov. Binobarin, milliy g‘oya va mafkurani tushuntirishda ularning davlatimiz va jamiyatimiz qurilishiga doir nazariy-metodologik mazmunini yoritish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, fikr asosida - g‘oya, g‘oya asosida esa mafkura shakllanadi. YA’ni, inson(lar) fikran biror zarur ishni mо‘ljallab, uni amalga oshirishga qat’iy ahd qilsa, bu g‘oya bо‘ladi. G‘oya konkret inson, guruh, millat yoki jamiyatning hayotiy manfaat va maqsadlarini ifodalab, ularning ishonch-e’tiqodlari va faoliyatiga asos bо‘lsa, mafkuraga aylanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə