O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə28/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: Istiqlol, demokratiya va taraqqiyot о‘zaro vobasta tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bо‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bо‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, О‘zbekiston о‘tgan asr boshlarida istiqlolni qо‘lga kiritganda birbiri bilan vobasta ikki vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni mustahkamlash bо‘lsa, ikkinchisi bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Hozirgi paytda О‘zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Yana shu narsa ham aniq bо‘ldiki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiysiyosiy va ma’naviyma’rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyot osmondan tushadigan mо‘jiza emas, balki uni О‘zbekiston xalqining о‘zi amalga oshiradi. YA’ni xalqimizning ma’naviy ma’rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland bо‘lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, faravon hayotni ta’minlashgashart sharoityaratiladi»1. Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi anglab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bо‘ladi. Ammo bu jabhada muammolarimiz kо‘p. Zero, demokratiya — erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, о‘z irodasini ifodalash, haq huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bunga tо‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma’naviyat egasi bо‘lish, mas’uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, о‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas’uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois hukuk va burch, erkinlik va mas’uliyat qamma vakt birga, uzviy oloqada amal qiladigan tushunchalardir. О‘zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat о‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zо‘ravonlik qilinishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim о‘zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olga intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik shaxsiy manfaatni ustun qо‘yishga mayllik vujudga kelishi muqarrar. Xudbishshkning bir necha jihatlari bor: о‘z iste’dodi va qobiliyatini ishga solib, fikri va rejalarini hayotga tadbiq etish ham aslida xudbishshk ya’ni shaxs sifatida о‘zlikni namoyon qilishdir. Buni ijobiy ma’nodagi xudbinlik deb atash mumkin. Bunday xudbinlik individual say harakat jamiyat rivojiga yordam beradi. Ammo faqat о‘zini о‘ylaydigan, boshqalar mehnati evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. О‘lar о‘zlarini eng dono, eng kuchli hisoblab, atrofdagilarga bepisand munosabatda bо‘ladilar, kibru havoga beriladilar va jamiyat rivojiga naf keltirmaydilar. Mana bunday manmanlik va hukmfarmonlikka asoslangan xudbinlik aslida ma’naviy kashshoklik tufayli paydo bо‘ladigan axloqiy qusurdir. Zero, «о‘zim bо‘lay» falsafasi milliy vatanparvarlik tuyg‘usini sо‘ndiradi. «О‘zim bо‘lay» deb intiladigan odam iymone’tiqodni xam poymol etadi. Bunday odam haromhalol, yaxshiyomonni ham farklamaydi, qanday bо‘lmasin, qayerda bо‘lmasin о‘zlashtirib olsa bо‘lgani, boshqasi bilan ishi yо‘q
Shunisi ma’lumki, bizning ulug‘ shoirlarimiz, mutafakkir bobolarimiz, avliyo shayxlarimiz hirs va hasadga, shaytoniy nafsga berilish, bu yо‘lda odamlarga jabrzulm Qilishga qarshi chiqqanlar. Xalqimiz axloqining eng yaxshi jihatlari shu bois hozir ham о‘z kuchini kо‘rsatmoqda. Biz tariximiz, ulug madaniyatimiz obidalari, ma’naviy qadriyatlarni tikladik. Xalqimizning ruhiyati tiklandi. Ma’naviy merosimiz bilan faxrlanamiz, ulug‘ Vatan farzandlari ekanligimiz dilimizni g‘ururga tо‘ldiradi. Buning о‘ziyoq Vatanimizning buguni va kelajagi uchun qayg‘urish hissini uyg‘otadi. Biz chinakamiga uygoq xalq sifatida dunyoga boqmoqdamiz, dо‘stu dushmanni ajratib, milliy manfaatlarimiz uchun kurashmoqdamiz.
Har bir xalq о‘zining milliy mustaqil davlati bilan о‘zligini kо‘rsata oladi. Xalqaro rivojlanish sharoitida boshka mamlakatlar bilan raqobat qila oladi. Xullas, xalq (millat), mamlakat va davlat tushunchalari ajralmas yaxlitlikdir.
О‘zbekistonning mustaqil mamlakat sifatidagi mavjudligi uning milliy davlatchiligi taraqqiyoti bilan birgalikda olib qaralgandagina mazmunmohiyatga ega bо‘ladi. Tarixiy tajribalar aynan о‘tish davrida davlatning islohotchilik roli benihoya katta bо‘lishini tasdiqlamoqda. Shu ma’noda, mustaqil О‘zbekiston davlatini xalqimizning irodasi va ruhini ifodalaydigan, uning birligini ta’minlashdagi о‘rni beqiyosdir.
Davlatni shunchaki ma’muriy instrument, boshqaruv apparati, xolos deb talqin etish yetarli emas. Bu ta’rif demokratiya sharoitida ham milliy birlik va xalqning ma’naviy yaxlitligi, demak uyushib, jipslashib, rivojlanish yо‘liga chiqnshiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham о‘z о‘zidan sodir bо‘lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta’minlash, siyosiy manfaatlar tо‘qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat zimmasidadir.
Demokratiya sharoitida, albatta, davlat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan hokimiyatga munosabat о‘zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida bо‘ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi — bularning hammasi davlatning mutlaq g‘oyalarga berilishiga yо‘l qо‘ymaydi. YA’ni shaxs, jamiyat va davlat о‘zaro yaqinlashib boradi, birbiriga hisob berish kuchayadi. Natijada, shaxs va davlat manfaatlari uyg‘unlashib boradi.
Ana shunday sharoitda milliy g‘oya qanday ahamiyatga ega bо‘ladi, u demokratik qadriyatlarning xalq ongiga singashi va joriylanishiga tо‘sqinlik qiladimi yoki davlatning ilohiylashuviga sabab bо‘ladimi?
Bunga faqat «yо‘q» deb javob berish mumkin.
Birinchidan, milliy g‘oya — bu har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli g‘oyadir. Milliy istiqlol g‘oyasi fikrlar va mafkuralar xilmaxilligiga asoslanadi; milliy g‘oya jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas;
Ikkinchidan, milliy g‘oya negizida vatanparvarlik millatparvarlik tuyrusi yotadi. Demak milliy g‘oya va milliy taraqqiyot, yurt rivoji vobasta. Shu nuqtai nazardan ham yurtboshimiz Islom Karimovning «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz» degan hikmatli sо‘zida ma’no kо‘p. Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har bir fuqaro hayotining farovonlashuvi kо‘zda tutiladi.
Uchinchidan, milliy g‘oya hech narsani, jumladan, davlatni ham, alohida shaxslarni ham ilohiylashtirishni nazarda tutmaydi, balki xalqning eng ezgu his tuyg‘ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag‘batlantiradi.
Tо‘rtinchidan, milliy g‘oya allaqanday totalitar xususiyatga ega mafkura emas, u biron bir shaxs ishlab chiqqan va zо‘rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki tepadan tushirilgan «yagona g‘oya» ham emas. U xalqning о‘z tafakkuri mevasi bо‘lib, milliy ma’naviy negizga tayanadi.
Beshinchidan, milliy g‘oya umumbashariy fikrlar, ilmiy yutuqlarni jamlab singdirishni ham kо‘zda tutadi. Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozgan edi: «Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan muvofiq keladi. Ilmu ma’rifat nuridan bahramand bо‘lgan har bir xalq bu bilan о‘z kо‘shnilariga zarar yetkazmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bо‘lsalar, ular о‘zaro gayalar, bilimlar almashishga moyil bо‘ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo aqli ortib boraveradi». Shu bois, milliy g‘oya mamlakatni yakkalab qо‘yadi, taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladilar.
Shunday qilib, milliy g‘oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Turgan gap, bunda davlatchilik g‘oyasi, davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat salohiyati bilan faxrlanish ham muhim о‘rin tutadi. «Bu — mening xalqim, bu — mening «Vatanim», deb faxrlangan odam «Bu — mening davlatim» deya faxralana olishi ham kerak. Davlat bir organizm sifatida о‘zini takomillashtirib, demokratik jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bо‘lib turadi.
О‘zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li buni isbotlab turibdi. Donishmand Gegel yozgan edi: «Xalq (millat)ning tub maqsadi davlat bо‘lish hamda о‘zini shu holatda saqlashdir. Xalq (millat) davlatsiz hech qanday tarixga ega bо‘lmaydi... Davlat xalq hayotining, ya’ni san’at, axloq, din, fanning asosi va ularni atrofiga tо‘playdigan xalq ruhidir».
Gegel nazarida о‘zlikni anglashning oliy kо‘rinishi ham milliy о‘zlikni anglashdir. Chunki, toki kishilar о‘zlarini bir tarix bir ruhiyat, bir makon kishilari deb his etmasalar va shu asosda birlashmasalar, tarix sahnasiga chiqa olmaydilar, zero tarixning о‘zi «millatlar ruhining raqobatlashuvidir» (Gegel).
Demak milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat:
1. Milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan bunyodkorlik fidoyilik va vatanparvarlik.
2. Milliy ma’naviy yuksalish va ilmiy salohiyat, madaniy darajaning balandligi.
3. Milliy yakdillik siyosiy barqarorlik.
4. Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi.
5. Milliy о‘zlikni anglashning yuksak darajada bо‘lishi va boshqalar.
Milliy g‘oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi.
Prezident Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida sо‘zlagan ma’ruzasida1 qо‘lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan о‘tkazar ekan, yaqin yillardagi muhim ustuvor yо‘nalishlardan biri sifatida «jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish» deb e’lon qildi. Xо‘sh, buning eng ustuvor yо‘nalishi hisoblanmish «mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish» vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning о‘zо‘zini boshqaripshi rivojlantirish demakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning о‘zi. Shunday ekan, fuqarolar о‘z haqhuquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bо‘lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi.
Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro chinakamiga fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bо‘lishi lozim.
Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi tо‘rt jihatni, ya’ni:
1)о‘z haq haquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;
2)о‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini kо‘radigan;
3)atrofida sodir bо‘layotgan voqeahodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;
4)shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uygun holda kо‘rib faoliyat yuritadigan bо‘lishi lozim.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə