O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU: Milliy g‘oyada inson – eng oliy qadriyat



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə30/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

8-MAVZU: Milliy g‘oyada inson – eng oliy qadriyat
Reja:



  1. О‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik g‘oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bо‘lishi.

  2. Inson, uning sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy kafolatlari.

  3. Milliy g‘oya – inson qadr-qimmatini yuksaklarga kо‘tarish omili. Milliy g‘oyada inson – eng oliy qadriyat ekanligi.



1-masalaning bayoni: О‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik g‘oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bо‘ladi. О‘zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog‘liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо‘l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi.
Milliy g‘oyaning fikrlar, g‘oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda.
О‘zbekistonda milliy tiklanish konsepsiyasi milliy ma’naviyatni tiklash, ma’naviy omillarni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Milliy g‘oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. YA’ni, milliy taraqqiyot g‘oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka da’vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‘or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim»28.
Binobarin, g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda, kо‘proq ayni shu maqsadlarning mazmun-mohiyati: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning о‘zi nima, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy qiyofasi qay tarzda namoyon bо‘ladi; bizning sharoitda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qanday amal qiladi; ularni barpo etishda qanaqa imkoniyatlar va tо‘siqlar bor; maqsadlarimizga erishish uchun jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifa, qatlamlar qanday bо‘lmog‘i va nima ishlar qilmog‘i kerak; ushbu buyuk va ezgu g‘oyalarimiz qay tariqa rо‘yobga chiqayapti kabi muammo-masalalar atroflicha yoritilishi lozim. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil qilishda masala shu tartibda qо‘yilishi, milliy g‘oyani о‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda ayni shu muammolarni sistemali yoritishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. “YA’ni, milliy mafkura, milliy g‘oya deganda bizning qanday maqsadlar, qanday amaliy yо‘nalishlarni kо‘zda tutishimiz haqida odamlar aniq tasavvurga ega bо‘lsin. Yurtimizning har bir fuqarosi uni о‘zining g‘oyasi deb bilsin”29.
Shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimov g‘oya va mafkuraga bag‘ishlangan qator asarlarida, xususan mazkur fikrlari ifodalangan «Milliy mafkura - davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai» nomli fundamental asarida milliy mafkurani shakllantirishdagi murakkab masalalarni, uning davlat va jamiyat qurilishi bilan bog‘liq mazmun-mohiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratib, bu boradagi asosiy vazifalarni aniq-ravshan kо‘rsatar ekan, jumladan yana quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Birinchidan, о‘zining kelajagini kо‘rmoqchi va qurmoqchi bо‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta о‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi zarur.
Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‘i lozim... YA’ni, oldin g‘oya paydo bо‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bо‘ladi... Bundan shunday xulosa chiqadiki, biz avvalambor qanday jamiyat qurmoqchimiz, о‘z kelajagimizni qanday tasavvur etamiz, degan savollarga о‘z javoblarimizni yana bir bor aniqlashtirib olishimiz, shundan keyin odamlarimizni ana shu olijanob maqsadlar atrofida birlashtirishimiz zarur»30. Demak, g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarida hozir biz qanday jamiyat qurayotganimizni, unga erishish yо‘llarini sodda, haqqoniy, hamma tushunadigan qilib tavsiflash, xalqimizda ana shular haqida aniq-ravshan bilim-tasavvurlarni hosil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, odamlar о‘zlari yashayotgan jamiyat kelajagini tasavvur qilolmas ekan, ular о‘z istak, orzu, intilishlarining rо‘yobga chiqishi qanday yuz berishini bilolmaydi. Bunday sharoitda, odamlarda ertangi kunga umid va ishonch bо‘lmay, ruhiy-ma’naviy depressiya yuzaga keladi, ularda hayotdan norozilik, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga nisbatan salbiy munosabat paydo bо‘ladi.
Ertangi kunga umid va ishonch inson hayotining mazmuni, orzu-intilishlari va faoliyatining asosi, uning tub manfaat va maqsadlarining namoyon bо‘lishidir. Ular bо‘lmasa: inson hayoti mazmunsiz, orzu-idellari sarob, faoliyati samarasiz, manfaat va maqsadlari noaniq, kelajagi qorong‘u bо‘lib, bu umuman baxtsizlikdir. YA’ni, har qanday inson yoki millatning о‘z kelajagini umuman tasavvur qilolmaydigan, unga biror umidi va ishonchi bо‘lmagan holati eng katta baxtsizlikdir. Ayni paytda, bu – mafkurasizlik hamdir.
Ertangi kunga umid va ishonch kelajak haqidagi bilim-tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq. Bu bilim-tasavvurlar esa g‘oyadagi maqsad, orzu-ideallarni о‘rganish bilan hosil bо‘ladi. Shuning uchun ham, milliy g‘oya va mafkurani tushuntirishda, kо‘proq ularning mazmunida muhim о‘rin tutuvchi asosiy maqsad va orzu-ideallar yoritilishi lozim.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə