O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə32/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

3-masalaning bayoni: Bilim, unga qо‘yiladigan bahoda aks etganidek, g‘oyaviy-mafkuraviy saviya inson va jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy darajasi qanday ekanligini kо‘rsatadi. Binobarin, kishilarimizning milliy g‘oyalarimizni о‘rganib, о‘zlashtirish natijasida shakllanadigan g‘oyaviy-mafkuraviy bilim saviyasi, ya’ni milliy mafkura - jamiyatimizdagi ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot darajasining muhim kо‘rsatkichi, о‘lchov mezoni bо‘ladi. Uni chuqur bilgan kishilar xalqimizning tub manfaat va maqsadlarini hamda unga erishish yо‘llarini tо‘g‘ri anglaydi. Bunday holda mafkura xalqchillashib, inson va jamiyat hayotidagi barcha о‘zgarish jarayonlarini baholovchi, tashkillashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi va aniq maqsadga yо‘naltiruvchi о‘ziga xos dunyoqarash tizimi bо‘ladi. Shu tariqa, u davlat va jamiyat qurilishiga doir konsepsiyaning sistemalashgan nazariy-metodologik mazmunini tashkil qiladi. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda milliy mafkuraning ayni shu mazmunini atroflicha yoritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Aks holda bu boradagi ishlar samarasiz bо‘lib qolishi, aniqroq aytganda, milliy taraqqiyot g‘oyalarining keng jamoatchilik ongi va qalbiga singishi qiyin kechishi, kishilar mafkuraning mohiyatini tо‘g‘ri tushuna olmay, unga qiziqish va ishonch-e’tiqod sust bо‘lishi mumkin. Natijada odamlar, umuman biz barpo etayotgan davlat va jamiyat, undagi ijtimoiy tuzumning о‘zi qanaqa bо‘ladi; ular har bir shaxs, guruh, toifa turmushida, ma’naviyatida qanday mazmun kasb etadi, eng muhimi, milliy g‘oyalarimiz qachon va qay tartibda rо‘yobga chiqadi, degan masalalar tо‘g‘risida yetarlicha bilim-tasavvur hosil qilisholmaydi. Holbuki, har qanday kishi milliy g‘oyalarimizga qiziqib, ishonib, ergashishi uchun, avvalo ularning ayni shu masalalar ifodalangan asosiy mazmuni va maqsadlarini chuqur idrok qilishi, bu maqsadlarni amalga oshirish yо‘llarini, ayniqsa, endilikda ular qay darajada rо‘yobga chiqayotganini aniq kо‘rib, bilib, his qilishi lozim. Masalan, umuman dunyodagi, xususan bizdagi taraqqiyot hozirgi maromda davom etaversa, bir, ikki, besh yoki о‘n yildan sо‘ng hayotimiz qanday bо‘ladi? Jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifaning turmush darajasi, umuman ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, ma’rifiy ahvoli qanaqa bо‘ladi? Barcha ijtimoiy munosabatlar qanday xarakter kasb etadi? Bu boradagi ishlarda ana shu savollar ham aniq-ravshan yoritilishi lozim. Buning uchun, milliy g‘oya va mafkurani tushuntirishda, avvalo, ularning yuqorida bayon qilingan masalalar bilan bog‘liq asosiy mazmuni, ya’ni xalqimizning ularda ifodalangan tub manfaat va maqsadlari yoritilishi zarur. Masalan, «Suv» deb, uning N2O, muz yoki bug‘ kabi xossa-xususiyatlarini tavsiflash bilan haqiqiy suv haqida tо‘g‘ri bilim-tasavvur hosil qilish qiyin. Chunki, avvalo, odamlar uchun suvning N2O, muz yoki bug‘ ekanligi muhim emas. Boz ustiga suvni tushuntirishda uning turli xossa-xususiyatlari qanchalik tо‘g‘ri, chuqur yoritilsa, bu boradagi gaplar suvning asl mazmunidan shu qadar uzoqlashadi. Oqibatda suv haqidagi tasavvurlar mavhum bо‘lib qolaveradi. Sababi, N2O, muz va bug‘lar aslida suv bо‘lsa ham ularning mazmuni bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Shu bois, suv haqida gapirganda, odamlar uchun undagi eng muhim va zarur bо‘lgan xususiyatlarni, ya’ni birinchi navbatda, uning hayotiy manfaat-ehtiyojlarni qondirishga tegishli asosiy mazmunini tushuntirish lozim. Afsuski, milliy g‘oya va mafkurani tushuntirishda ham ba’zan shunga о‘xshash holat kuzatilishi mumkin. YA’ni, uni о‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda, kо‘proq umumijtimoiy hayotimizdagi turli muammo-masalalar haqida fikr yuritilib, milliy g‘oyaning asosiy mazmunini yoritish e’tibordan chetda qoladi.
Milliy g‘oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. YA’ni, milliy taraqqiyot g‘oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka da’vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‘or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim»33.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə