O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə35/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

2-masalaning bayoni: Milliy g‘oyamiz insonparvarlik, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusi, xaq-huquqlari hamda manfaatlarining ustuvorligi prinsipiga tayanadi. Unda insonning hayoti oliy qadriyatdir. Bu prinsip о‘tkinchi xarakterga ega bо‘lmay, balki О‘zbekistonning demokratik rivojlanish istiqbolini о‘zida mujassam etadi.
Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik prinsiplari inson xamda jamiyat manfaatlari uygunligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi omil vazifasini о‘taydi. Demak, milliy istiqlol g‘oyasi ikki muhim, bir-biri bilan bog‘liq negizga tayanadi. Bu, bir tomondan. О‘zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an’analari, madaniyati bilan bog‘liq milliy-madaniy merosi bо‘lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi hisoblanadi. Ikkinchisi, dunyo xalqlari e’tirof etib, faqat ezgulikka, bunyodkorlik ishlariga.
о‘zaro totuvlik va hamjihatlikka xizmat qilib kelayotgan
umuminsoniy tamoyillardir. Shu ma’noda milliy g‘oya umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etadi.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu prinsip О‘zbekiston hududida
istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning о‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun tо‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. О‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan о‘rganish — bu prinsipning asosiy jihatidir. Lekin shu narsani umumqonuniyat sifatida hisobga olish kerakki, umumbashariy qadriyatlar, avvalo, milliy-ma’naviy negizda shakllanadi. Xalq, millatning ruhiyati uning milliy-madaniy merosi orqali uning hayotida, maqsad va orzularida, jamiyat qurilishida о‘zining aniq ifodasini topadi, Ijtimoiy taraqqiyot natijasida u yoki bu xalqlarga xos bо‘lgan milliy-ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy mohiyati dunyo xalqlari rivoji uchun umumbashariy qadriyat sifatida xizmat qiladi. Ular bir birini boyitadi, ayni paytda о‘zaro mushtaraklikka ega ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Milliy g‘oya –barkamol avlodni tarbiyalash omilidir. Milliy g‘oyada inson manfaatlarini ta’minlash – yuksak qadriyat sifatida e’tirof etiladi. О‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida inson huquqlarining kengayishi, mas’uliyatining ortishi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlashning kafolati.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə