O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə25/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

Beshinchidan, О‘zbekistonning milliy taraqqiyot xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tadrijiy, evolyusion yо‘l bilan bosqichma-bosqich о‘tish tamoyili, hozirgacha jamiyatni rivojlantirishga doir mavjud bо‘lgan ijtimoiy fikr tarixidagi nazariyalar va g‘oyalarning mazmunini, umuminsoniy tamoyillarini rivojlantirishning konkretlashgan yо‘nalishidir. Zero, jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalari ijtimoiy hayotni inqilobiy yо‘l bilan keskin о‘zgartirishlar, uning ravnaqini emas, balki g‘oyat xavfli: iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy inqirozlarining asosi, boshlanishi bо‘lganligini qayta-qayta isbotlab bergan. Bu haqda N.Berdyayev «Intelligensiyaning ma’naviy inqirozi» degan asarida: «Har qanday revolyusiya reaksiyaga qarshi reaksiyadir, undan keyin esa revolyusiyaga qarshi reaksiya boshlanadi»26, deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan, jamiyatimiz rivojlanishidagi vorislik munosabatlari, tadrijiylik, «yangisini qurmasdan, eskisini buzmaslik» tamoyili yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligining zaruriy sharti bо‘lib qolmoqda.


MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
milliy taraqqiyot strategiyasi, strategik imkoniyat, strategik vazifalar, taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Strategik vazifalarni belgilovchi mezonlar.

  2. “О‘zbek modeli”ning strategik ahamiyati nimada?

  3. О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish imkoniyatlari va muammolari.

  4. О‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish omillari.

  5. Strategik vazifalarni amalga oshirishni g‘oyaviy-mafkuraviy ta’minlash zaruriyati nimada?

  6. Strategik vazifalarni amalga oshirishning taktik usullari va vositalarini kо‘rsating.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR:



  1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: 2008.

  2. Karimov I. A. Jaiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. –T.: О‘zbekiston, 2007. –B.199.

  3. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va о‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. О‘zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasidan: «Xalq sо‘zi», 2008 yil 9 fevral.

  4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008. –B. 108.

  5. Berdyayev N. Duxovniy krizis intelligensii. SPb., 1909. –S.92.

  6. Karimov I. A. Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. T.7. –T.: 1999 –B.373, 374, 379, 381,

  7. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: О‘zbekiston, 2001. –B. 51-52.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə