1-Labratoriya ishi iyod krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi va iyod parametrlarini hamda siqish darajasini aniqlash Ishdan maksad



Yüklə 58,69 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü58,69 Kb.
#159889
  1   2   3   4   5   6
1-Labaratoriya mashg`uloti


1-Labratoriya ishi
IYOD krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi va IYOD parametrlarini hamda siqish darajasini aniqlash

Ishdan maksad: Turli dvigatellardagi krivoship-shatun mexanizmlarini tuzilishini, ishlashini va sozlannshini o’rganish.


Qurilma va uskunalar: Yechish va yig’ish uchun mo’ljallangan dvigatellar, krivoship-shatun mexanizmlarining ayrim uzellari o’rnatilgan maketlar, stendlar, maketlar, chizmalar, plakatlar, o’quv adabiyotlari, asbob uskunalar.

Umumiy ma’lumotlar
Krivoship-shatun mexanizmining tuzilishi.
Motorning krivoship-shatun mexanizmi (1.1-rasm) porshenning to‘g‘ri chiziqli harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartiradi. Bu mexanizm silindr (2), porshen (3), porshen barmog'i (4), shatun (5), tirsakli val (7) va maxovik (10) dan iborat. Bu detallar motor blok-karteri (T) ichiga joylashtirilgan.
Blok-karter. Blok-karter motorning barcha mexanizm va tizimlari o‘rnatiladigan asosiy bazis detal bo‘lib, ko'pincha cho‘yandan, ba’zan aluminiy qotishmasidan quyib yasaladi. Blok-karter (1.2-rasm, a)motor asosi hisoblanib, uning silindr ( 1) lar joylashtiriladigan qismi silindrlar bloki (3) deyiladi. Tirsakli val va taqsimlash vali joylashtiriladigan teshiklari bo‘ladi. Pastki qismi (I1) motor karteri deyilib, u pastdan tub qopqoq bilan yopiladi. Blok-karter ichiga va sirtiga motorning mexanizm va asboblari mahkamlanadi. Bir silindrli motorlarning va havo bilan sovitiladigan motorlarning silindrlari (1.2-rasm, d) alohida yasalib, sovituvchi qovurg'alar (5) qilinadi. Silindr flanesi (5) ostiga qistirma (7) qo‘yib, karter (8) ga mahkamlanadi . Blokning tepasi silindrlar kallagi bilan berkitiladi. Silindrlar (1.2-rasm, b, d) ichida motorning ish sikli sodir bo'ladi. Silindrlar, asosan, cho'yandan quyib yasaladi. Silindrmng ichki qismi silliq qilib ishlanib, silindr ko ‘zgusi deyiladi. Ko'pchilik avtomobil motorlarining silindri, shuningdek, yurgizib yuborish motorining silindrlari blok-karter bilan birga quyiladi. Ba’zi avtomobil silindrlari ichiga bor bo'yicha yoki faqat tepa qismiga yeyilishga chidamli maxsus cho'yan gilza o'rnatilib, bunday
silindr ichiga kirgizilgan gilzalar «quruq gilza» deyiladi. Suv bilan sovitiladigan traktor motorlarida, asosan, quyma gilzalar (1.2-rasm, 4) qo'llaniladi. Quyma gilzalar yeyilishga chidamli cho'yandan yasaladi, ular ta ’mirlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Blok devori bilan silindrlar o'rtasida sovitadigan suv o'tadigan oraliq (g'ilof) bor, shuning uchun bunday gilzalar «ho'l gilza» deyiladi. Suv g'ilofidan karterga suv o'tmasligi uchun gilzaning blokka tegib turadigan pastki qismiga zichlovchi rezina halqa (9) o'rnatiladi. Ko'pincha gilzaning blokka o'matiladigan bo'rtig'i ostiga zichlovchi mis halqa ( 10) qo'yiladi.

Yüklə 58,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə