1-Labratoriya ishi iyod krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi va iyod parametrlarini hamda siqish darajasini aniqlash Ishdan maksad



Yüklə 58,69 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü58,69 Kb.
#159889
1   2   3   4   5   6
1-Labaratoriya mashg`uloti

1.5-rasm. Porshen barmoqlari:
1 —porshen; 2 — barmoq; 3 — stopor halqa; 4— aluminiy tiqin; 5 — shatunning yuqorigi kallagi

Porshen barmog‘i (1.5-rasm) porshen bilan shatunning yuqori kallagi (5) ni sharnirli birlashtiradi. Barmoq (2)ning ikki chekkasi porshen (7) bobishkasiga, o ‘rta qismi esa shatunning yuqori kallagiga kirgizilib, zarbli kuchga va ishqalanishga bardosh berib ishlaydi. Porshen barmoqlari maxsus po‘latdan ichi kovak qilib yasaladi, sirti sementatsiya qilinadi, yuqori chastotali tok bilan toblanadi va silliqlanadi, natijada barmoq yengil, mustahkam va yeyilib ketmaydigan bo'ladi. Ikki taktli motorlar barmog‘i gaz o‘tmasligi uchun ichi to‘siqli qilinadi. Porshen barmog‘i bobishkalarda va shatunning vtulkasida burila oladigan tipda qilinadi. Barmoq yoniga surilib silindr ko‘zgusini shikastlamasligi uchun bobishkalarning o‘yig‘iga stopor halqalar (3) yoki bobishka teshiklariga alumin tiqinlar (4) kirgizib surilmaydigan qilinadi. Shatun porshenni tirsakli valning shatun bo‘yniga birlashtirib, ish yo‘li taktida porshendan tirsakli valga kuch uzatadi . Shatunga gaz bosimidan tashqari yo'nalishi o‘zgaruvchan inersiya kuchi ham ta’sir etadi. Shatun maxsus po'latdan shtampovka qilib yasaladi. Shatun (1.6-rasm) yuqorigi kallak (G’), pastki kallak (J) va sterjen ( 2) dan iborat. Shatunning yuqorigi kallagi porshen barmog‘iga, pastki kallagi esa tirsakli valning shatun bo'yniga biriktiriladi (1.1-rasm, 5). Shatun yengil va mustahkam bo‘lishi uchun uning steijeni qo‘shtavr qirqimli qilib yasaladi. Ba’zi shatunlarning sterjeniaa porshen barmog‘ini moylash uchun teshik parmalanadi. Shatunni tirsakli valning bo‘vniga biriktiiish uchun uning pastki kallagi ajralma qopqoqli qilinadi. Bu qopqoq ko'pincha shatun o'qiga nisbatan 90° burchak ostida qirqiladi (1.6-rasm, b, d). Ba’zan shatunni ixchamlashtirib silindr ichidan o'tkazib o'matish uchun qopqog'i 45° burchak ostida qiya qirqiladi (1.6-rasm, a).


1.6-rasm. Shatunlar:
1 — yuqorigi kallak; 2 — steijen; 3 — pastki kallak; 4 va 7 — po'lat vkladishlar; 5 — pastki kallak qopqog‘i; 6 — shatun bolti; 8— vtulka; 9 —pastki kallak teshigi; 10 —gayka; 11 — shplint

Shatunning yuqorigi kallagiga bronza vtulka ( 8) presslab o‘tqazilgan. Shatun pastki kallagining qopqog'i ikkita bolt (6) bilan biriktiriladi. Boltning tojli gaykasi ( 10) burab qotirilib, o'zicha bo'shab ketmasligi uchun shplint (11)kirgizib qo'yiladi. Shatunning pastki kallagiga shatun podshipnigi o'rnatiladi. Ko'pchiiik shatunlarda 81fap15 podshipniklari qo'llaniladi. Bunday podshipmklar sifatida alumin qotishmasi, babbit yoki qo'rg'oshinli bronza quyilgan yupqa p o 'lat vkladish (4 va 7) lar qo'llaniladi. Vkladishlaming o'z o'qi atrofida buralib yoki siljib ketmasligi uchun ularga chiqiqlar, shatunning pastki kallagida esa shu chiqiqlarga mos o'yiqlar qilinadi. Ba’zan, shatunning pastki kallagida kichik teshik (9) bo'lib, undan chiqqan moy taqsimlash valining kulachoklarini va turtgichlarni moylaydi. Tirsakli val qismlarga ajraladigan qilib yasalgan bo‘lsa, shatunning pastki kallagi yaxlit qilinib, unga yumalab ishlaydigan podshipniklar (ninasimon rolikli podshipniklar) o'rnatiladi. Sachratib moylanadigan motorlarda shatunning pastki qopqog‘ida cho‘michi bo'ladi. Silindrlari «V» simon shaklda joylashtirilgan motorlarda vaining har shatun bo‘yniga ikkita shatun o‘matiladi. Motoming barcha shatunlari og'irligi bo'yicha mumkin qadar tenglab tanlanadi.



Yüklə 58,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə