1-Labratoriya ishi iyod krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi va iyod parametrlarini hamda siqish darajasini aniqlash Ishdan maksad



Yüklə 58,69 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü58,69 Kb.
#159889
1   2   3   4   5   6
1-Labaratoriya mashg`uloti

Silindrlar kallagi silindrlar ustini berkitib turadigan qopqoq bo'lib, ko'pincha barcha silindrlar uchun yaxlit qilib yasaladi, ba’zan kallak vaznini og'irlashtirib yubormaslik uchun to'rt — olti silindrli motoming har ikki — uch silindriga alohida kallak qilinadi. Havo bilan sovitiladigan motorlarda har bir silindrning kallagi alohida bo'ladi. Klapanlari yuqoriga joylashtirilgan motorlaming kallagida (1.3-rasm) kiritish (4)va chiqarish (2)klapanlari uyasi va kiritish hamda chiqarish kanallari (8), uyurma harakat hosil qiluvchi diffuzor (10) li uyurma kamera (11)kanali (3)va turtgich shtangalari o'tkaziladigan teshik (6) lar bor. Suv o'tadigan teshiklar (7) va (7), shpilkalar o'tkaziladigan teshiklar (5), forsunka o'matiladigan teshik (9) ham kallakga joylashtiriladi. Klapan uyasi teshigini klapan (12) yopib turadi. Motoming yonish kamerasi ko'pincha kallakka joylashtiriladi. Klapanlari pastga joylashtirilgan motorlarda klapanlar blokda turadi, shu sababli kallakning kiritish va chiqarish teshiklari bo'lmaydi. «V» tarzda joylashgan motorlarning har qator silindriga alohida kallak qilinadi. Silindrlar kallagi maxsus cho'yandan yoki aluminiy qotishmasidan quyib yasaladi. Suv bilan sovitiladigan motorlarda kallakning devori ikki qavat qilinib, orasida sovitadigan suv o'tadigan bo'shliq bo'ladi. Kallakning blokka o'matiladigan tekisligi silliq qilib ishlanadi. Blok bilan kallak orasiga metall-asbest qistirma qo'yiladi. Ba’zan (havo bi'an sovitiladigan motorlarda) qistirma qo'yilmaydi. Kallak blokka shpilkalar (1.2-rasm, 2)va gaykalar bilan mahkamlanadi.
Porshen (1.4-rasm) ish yo'li taktida kengayadigan gazlar bosimini qabul qilib, barmoq va shatun orqali tirsakli valga uzatadi, shuningdek, yordamchi taktlami (kiritish, siqish va chiqarishni) bajaradi, bunda tirsakli val shatun va barmoq orqali porshenni harakatga keltiradi. Porshen aluminiy qotishmasidan, ba’zan (oldin chiqarilgan motorlarda) cho'yandan quyib yasaladi. Alyumin porshen yengil, issiqni yaxshi o'tkazadi va kamroq ishqalanadi. Har bir porshenning tubi (3), halqa ariqchalari (2) joylashgan zichlovchi qismi, yo'naltiruvchi qismi — yubkasi (4) va porshen barmog'i o'matiladigan bobishkasi (1) bo'ladi. Porshenning tubi tekis
yoki do'ng bo'ladi, ba’zan yonish kamerasi porshenga joylashtiriladi.




Yüklə 58,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə