O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə12/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

1-masalaning bayoni: G‘oya va mafkuralar turli tarixiy davrlarda turli nuqtai nazariyalardan turkumlashtirib kelingan. Xususan, ilk davrlarda g‘oya va mafkuralar ezgu va yovuz, ilohiy va dunyoviy turkumlarga ajratilgan.
G‘oya va mafkura xususidagi keyingi yillarda chop etilgan adabiyotlarda g‘oyalarning mazmun va namoyon bо‘lish shakllari tamoyili asosida ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga turkumlashtirilgan. Darhaqiqat, g‘oyalarni shakliy, mazmuniy, sotsial-etnik, kо‘lamiy va boshqa tamoyillar asosida quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
-fan g‘oyalari (tabiiy-ilmiy yoki ijtimoiy-gumanitar, asoslangan yoki gipotetik, haqiqiy yoki yanglish, nisbiy yoki mutlaq va hokazo);
-diniy g‘oyalar (vahiy yoki vahiy bо‘lmagan, politeistik yoki monoteistik kabi);
-falsafiy g‘oyalar (idealistik yoki materialistik, teistik yoki ateistik, monistik yoki dualistik, plyuralistik kabi);
-badiiy-nafosat g‘oyalari (gо‘zallik yoki xunuklik, ulug‘vorlik yoki tubanlik, fojiaviylik yoki kulgililik kabi);
-axloqiy g‘oyalar (ezgulik yoki yovuzlik, yaxshilik yoki yomonlik kabi);
-huquqiy g‘oyalar (haqlik yoki nohaqlik, tenglik yoki tengsizlik kabi);
-sotsial-siyosiy g‘oyalar (guruhiy, tabaqaviy, sinfiy, partiyaviy, milliy, umuminsoniy kabi);
-mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy va boshqa g‘oyalar.
Adabiyotlarda g‘oyalarni ularning inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlari tamoyiliga kо‘ra, ularning namoyon bо‘lish shakllari ikki turkumga - bunyodkor va vayronkor g‘oyalarga ajratiladi. Xususan, taraqqiyotga xizmat qiluvchi, jamiyat va insonni ezgulikka undovchi g‘oyalar sifatida ozodlik va mustaqillik, tinchlik va adolat, tenglik va hamkorlik, dо‘stlik va birdamlik, hurfikrlilik va ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik va xalqparvarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari qayd etiladi. Jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bо‘luvchi, g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiluvchi vayronkor g‘oyalar sifatida esa - mustabidlik va bosqinchilik, terrorchilik va aqidaparastlik, jaholatparastlik va irqchilik, millatchilik va mahalliychilik, vatansizlik va yovuzlik g‘oyalari sanab о‘tiladi. Shuningdek, mafkuralar ham ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkuralarga va salbiy natija beruvchi vayronkor mafkuralarga turkumlashtirilgan. Progressiv, liberal, tadrijiy va real (amaliy) mafkuralar ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkuralar sifatida, regressiv, mustabid, inqilobiy va utopik (hayoliy) mafkuralar esa - salbiy natija beruvchi vayronkor mafkuralar sifatida tasniflanadi. 9
Umuman g‘oya va mafkuralarning yuqorida qayd etilgan tasniflarini tо‘liq e’tirof etish mumkin. Ammo real, (amaliy) mafkuraning ijobiy natija beruvchi bunyodkor mafkura sifatida, utopik (hayoliy) mafkuraning salbiy natija beruvchi vayronkor mafkura sifatida tavsiflanishi biroz bahslidir. Zero, har qanday bunyodkor yoki vayronkor mafkura ham real (amaliy) bо‘lishi va, shuningdek, hali amalga oshmagan, hozirgi kunda utopik (hayoliy) sanalgan, mafkuralar ham bunyodkorlik yoki vayronkorlik mohiyatiga, yо‘nalishiga ega bо‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda g‘oya va milliy g‘oya, mafkura va milliy mafkura tushunchalarining farqlariga yetarli darajada e’tibor berilmaydi. Xususan, g‘oya milliy g‘oya ma’nosida, mafkura esa - milliy mafkura sifatida talqin etiladi. Agar g‘oya tushunchasi asosan aqliy faoliyat bilan bog‘liq bо‘lsa, milliy g‘oya tushunchasi milliy his-tuyg‘u, millat mentaliteti bilan uzviy bog‘liqdir. Milliy g‘oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini о‘zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g‘oya xalqning о‘zligini anglatuvchi, milliy tuyg‘ularini uyg‘otuvchi, milliy g‘urur va oriyatini qо‘zg‘atuvchi fikrdir. Milliy g‘oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-qiymatini tiklovchi, о‘zligini anglatuvchi, ijodkorlik va yaratuvchanligini rо‘yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yо‘nalishiga yetaklovchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi. Milliy g‘oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, о‘zligini anglashiga asoslanadi. Bizning milliy g‘oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma’naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g‘ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatadi. Milliy g‘oya о‘zbek millatining о‘ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir. 10
Milliy g‘oyaning fikrlar, g‘oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimizda shakllanish bosqichiga kirib ulgurgan milliy g‘oyaning bunyodkor g‘oya sifatida namoyon bо‘lib, uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni xalq qilishdagi о‘rni va ahamiyati.
2-masalaning bayoni: Milliy g‘oya Vatanimizning shonli о‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, о‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yо‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oyadir.
Demak, milliy g‘oya, milliy iftixor kundalik mashaqqatli ishlarimizda va bunyodkorlik faoliyatimizda kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qо‘shib, haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat qurayotganimizga mustahkam ishonch bag‘ishlaydi.
Mustaqil О‘zbekiston uchun, uning taraqqiyoti va buyuk kelajagi uchun endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolarni hal etish asosiy masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Ana shunday vazifalardan biri milliy istiqlol mafkurasiga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashdan iboratdir.
О‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‘lidagi bosh maqsadi: Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no – mazmunini belgilaydi. Har bir inson uchun muqaddas bо‘lgan Mustaqillik, Ozodlik, Vatan obodligi, shaxsning erkinligi va farovon hayot tushunchalari, yuksak qadriyatlarni о‘zida mujassam etadi. Milliy g‘oyaning bosh maqsadida ozodlik sо‘zining ustuvor va yetakchi о‘rinda turishi mustaqillik barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug‘ kelajagimizning asosi ekanligidan dalolat beradi. Milliy g‘oyaning bosh maqsadi uzviy ravishda uning mohiyatini tо‘ldiradigan, xalqimiz, jamiyatimizning bugungi taqdiri va kelajagiga bog‘liq bо‘lgan tub manfaatlarimizni aks ettiradigan bir qancha g‘oyalarni taqozo qiladi. Milliy g‘oyaning bosh maqsadi mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning tub hayotiy maqsadlarini, yashash va kelajak sari intilish yо‘lidagi say-harakatlarini ifoda etadi. Zero, bu dunyoda yashayotgan har bir inson yо‘qki, hech kimga qaram, mute bо‘lmay, ozod va obod yashashni, erkin va farovon hayot kechirishni orzu qiladi, chin yurakdan istaydi va ana shu maqsadlarni diliga tugib umrguzaronlik qiladi. Milliy g‘oyaning bosh maqsadi mamlakatimizda qonun ustuvorligi, fikrlar xilma xilligi, e’tiqod erkinligi ta’minlanishi taqozo etadi. Ana shunday huquq va erkinliklar qaror topgandagina erkin va farovon hayot kechirish sari yо‘l ochiladi. Shu bilan bir qatorda Milliy g‘oyaning bosh maqsadi fuqarolarning ozod va obod Vatanda yashashlarini о‘zlari ta’min etishlari uchun ham ularning zimmalariga yuksak burch va mas’uliyatlarni ham yuklaydi, ularni Vatan ravnaqini ta’minlashga, xalq farovonligiga erishishga, о‘z farzandlarini komil inson qilib tarbiyalashga, yurt tinchligini asrashga da’vat etadi.
Asosiy g‘oyalar xalqning mustaqil taraqqiyot yо‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib chiqadi va о‘zining ma’no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh maqsadni millat qalbi va ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Bular quyidagilardir: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik.
Vatan ravnaqi g‘oyasi har bir insonga о‘zi tug‘ilib о‘sgan, kindik qoni tо‘kilgan muqaddas zaminini asrab avaylash, uni kо‘z qorachig‘idek asrash, vatan uchun fidoyi inson bо‘lish mas’uliyatini yuklaydi. Vatan ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon milliy g‘oya bо‘la olmaydi. Jamiyatda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlat iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalq ma’naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bо‘ladi. Vatan ravnaqi avvalo, uning farzandlari kamoliga bog‘liq. Shoir aytganidek:
Men Vatandan paydo bо‘ldim,
Demak men ham Vatanman.
Oxir Vatan tuprog‘iga,
Qо‘shiluvchi bir jonman.
Yurt tinchligi g‘oyasi esa har bir inson uchun ulug‘ ne’mat, ulug‘ saodat bо‘lgan tinchlikni saqlash, atrofidagi voqea hodisalarga sergaklik bilan qarash, ogoh bо‘lish, tinchlikni qadrlashga da’vat etadi. Zero, tinchlik eng oliy ne’mat. Bu ne’matni asray bilish har birimiz uchun ham qarz ham farz. Hech kim urushni xohlamaydi. Birgina ikkinchi jahon urushining о‘zida 50 milliondan ortiq kishi halok bо‘ldi. Ana shularning ichida 263005 nafar О‘zbekistonliklar bor. 132670 ta vatandoshimiz nom-nishonsiz yо‘qoldi. 60452 kishi nogironlar safidan joy oldi. Bu о‘tmishda edi. 199 yilgi Toshkentdagi Fevral voqealarini, 2001 yildagi Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi xunrezliklarni, yoki 2005 yildagi Andijon voqealarini oling. Xalqimizning asl, zabardast о‘g‘lonlari hayotdan erta kо‘z yumib, bevaqt xazon bо‘ldilar. Ular tinchligimizni asrash uchun о‘z jonlarini qurbon qildilar. Shu bois bugun tinchlikni asrashni har birimiz о‘z muqaddas burchimiz deb bilmog‘imiz lozim.
Xalq farovonligi g‘oyasi quyidagi qoidaga asoslanadi: har qaysi inson va oila badavlat bо‘lsa, jamiyat va davlat ham kuchli va qudratli bо‘ladi. Farovonlik tushunchasi aslini olganda bir qadriyat hisoblanadi. Chunki har bir yuksalishning zamirida farovonlik tushunchasi yotadi. YA’ni, biror bir davlat chinakkam ma’noda rivojlangan mamlakatlar qatoridan о‘rin olishi, iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan baquvvat bо‘lishi uchun avvalo mazkur davlat fuqarolarining turmush darajasi kо‘tarilib, tо‘kis va farovon yashashlari ta’min etilgan bо‘lishi kerak. Insonning baxt saodatga erishuvida ham farovonlik eng muhim omillardan hisoblanadi.
О‘zbek xalqida «avval iqtisod, keyin siyosat» degan naql bor. Agar odamzotning qorni och bо‘lsa, shubhasiz unga hech narsa yoqmaydi. Qorinni tо‘yg‘azish uchun esa avvalambor uning о‘zi harakat qilishi, sо‘nggina unga davlat yordam berishi kerak. Albatta bu о‘rinda ishbilarmonlik, tadbirkorlik, har bir ishga sidqidildan, vijdonan yondashish, izlanuvchanlik, aql va tafakkurga tayanib ish yuritish kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, farovonlikning manbai – aql, tafakkur, bilim, malakadir. Buning uchun esa dehqon о‘z dalasida, chо‘pon о‘z otarida, chorvador о‘z fermasida, ishchi о‘zining ishlab chiqarish korxonasida, tadbirkor о‘zi tanlagan sohasida fidokorona mehnat qilishi kerak. Kezi kelsa, olim ham о‘z ilmiy izlanishlarini fidokorlik bilan, sidqidildan olib borishi lozim. Har bir kasb sohibi oqilona mehnat qilsa, avvalo о‘z farovonligini, sо‘ng oilasining tо‘kisligini ta’min etadi, albatta bu bilan el-yurt farovonligiga ham ulush qо‘shgan bо‘ladi.
Komil inson g‘oyasi – odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy mukammallikni о‘zida mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob umuminsoniy g‘oyadir.
Komil inson insoniyatning asriy orzusi, idealidir. Mashhur faylasuf Abu Nasr al Forobiy komil inson haqida ajoyib ta’rif-tavsiflar keltiradi. Komil inson bо‘lishi uchun odamga kо‘p sifat va fazilatlar zarur ekanligini uqtiradi. Ayni paytda komil inson haqida sо‘z yurita turib, Alisher Navoiyning mana bu ta’rifini, tо‘g‘rirog‘i maqsadini keltirib о‘tish lozim: « ...dunyoga kelibmizki, kamolot kasb etmoq vazifamizdir».
Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi xilma xil fikr va qarashlarga ega bо‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо‘lidagi hamjihatligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi bо‘lib, xilma xil fikr va qarashlarga ega bо‘lgan., turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yо‘lidagi hamjihatliklarini, jamiyatda tinchlik, totuvlik, barqaror taraqqiyotni ta’minlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Birinchidan, jamiyatning eng ustuvor maqsad va manfaatlarini о‘zida mujassam etadigan ilg‘or g‘oyalar milliy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi har bir ijtimoiy toifa va guruh о‘zining dasturiy maqsadlari va amaliy faoliyatini ana shu g‘oyalar bilan uyg‘unlashtirishi milliy taraqqiyotning zaruriyatiga aylanadi.
Uchinchidan, har bir shaxs ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi va e’tiqodidan qat’iy nazar jamiyatning ustuvor maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan milliy g‘oyalarni amalga oshirish uchun о‘zini mas’ul deb bilishi lozim.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi esa mamlakatimizda yashayotgan har bir millatning bir-birini kamsitmagan holda о‘z milliy an’analariga sodiq qolishini, bir-biri bilan dо‘stona munosabatda bо‘lishini kо‘zlaydi. Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat hamdir. Hozirda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Kо‘p yoki oz sonlaridan qat’iy nazar mamlakatimizda barcha millatlar uchun teng sharoitlar yaratilgan. Ana shu millatlarning barchasi mustaqil yurt ravnaqi, el-yurt farovonligi va tinchligi uchun о‘z hissalarini qо‘shmoqdalar. Qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, yahudiy, uyg‘ur, qoraqalpoq, turkman, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham «О‘zbekiston о‘z vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir.
Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi barcha dinga e’tiqod qiluvchilarga keng yо‘l ochilgan holda, bir-birlari bilan samimiy munosabatda bо‘lishlarini taqozo etadi. Aslida din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini о‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va о‘sha zamonda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotning ma’no-mazmuni, insonning yashashdan kо‘zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg‘uni о‘z ichiga oladi. О‘rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, huquq, axloq kabi) о‘zida mujassamlantirgan va ularga о‘z ta’sirini о‘tkazgan, qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni о‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Prezident Islom Karimovning sо‘zlari bilan ifodalaganda: «... din bizning qon-qonimizga, ongi-shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bо‘lmaydi»11
Diniy e’tiqodlarning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning kо‘rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik., murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan.
Chunki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, dо‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr va shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, о‘tkinchi hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asosiy maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik kо‘rish, jannat saodatiga sazovor bо‘lish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar о‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida о‘rnatish masalasi ozmi, kо‘pmi о‘z aksini topgan. Shu boisdan ham har bir vatandoshimiz , ayniqsa yoshlar avvalo, dinlar tarixini, ularning asl mohiyatini chuqur bilishi lozim. Shundagina ularni g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab yurgan kuchlar tо‘xtatolmaydilar.
Diniy tamoyillarni, diniy bilimlarni har bir millat, har bir din vakiliga, ularning farzandlariga yanada tо‘liqroq о‘rgatish, millatlar о‘rtasida tinchlik va totuvlikni yо‘lga qо‘yish, din vakillari orasida turli nizolar kelib chiqmasligini ta’minlash, dinlararo о‘zaro dо‘stona munosabatlarni shakllantirish maqsadida diniy bag‘rikenglik yoki tolerantlik g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bu g‘oya О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasi bilan qaysidir darajada uyg‘un.
Masalan, Konstitusiyaning mazkur moddasida shunday belgilab qо‘yilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yо‘l qо‘yilmaydi». Aslida ham vijdon erkinligi- odamzot azal-azaldan intilib kelgan, xilma-xil daraja va kо‘rinishlarda amalga oshirgan umuminsoniy tamoyillardan biridir. «Vijdon erkinligi» «e’tiqod erkinligi» tushunchasidan anchagina kengroq. Chunki, «e’tiqod erkinligi» insonning biron-bir dinga e’tiqod qо‘yishda о‘z ixtiyori bilan ish tutishini ifodalaydi. «Vijdon erkinligi» esa muayyan kishining biror dinga, g‘oyaga e’tiqod qilishi yoki umuman e’tiqod qilmasligini ham anglatadi. Inson dindor, dinsiz dahriy yoki xudojо‘y bо‘lishi, but va sanamlarga sig‘inishi, butunlay xudosiz bо‘lishi ham mumkin. U dunyoviy yoki diniy bilimlar tarafdori sifatida namoyon bо‘lishi mumkin. Ammo – bu - ana shu kishini ayblash uchun asos bо‘lmaydi, balki, kimning qanday e’tiqodga ega bо‘lishi yoki bо‘lmasligi uning vijdoniga havola deyilganidir. Ammo bu tamoyil vijdon va burch, jamiyatdagi boshqa umuminsoniy talablarni tan olmaslik, turli aqidalarni mutlaqlashtirish, boshqalar uchun qadriyat bо‘lgan narsalarni mensimaslik, boshqalarning diniga past nazar bilan qarash, dinlar о‘rtasiga nifoq solish, dindorlarni kamsitish degani emas. Balki, kishining ishonchi, e’tiqodi sohasidagi anglab olingan erkinligi, jamiyat qonunlariga mos hayot kechirishi demakdir.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi har bir millat vakillarining farzandlarida о‘z milliy tuyg‘usi, diniy qadriyatlarini puxta egallash imkonini beradi. Xuddi shu imkoniyatdan kelib chiqqan holda bugungi kunda biz yoshlarimizga bu borada chuqur va puxta bilimni berib borishimiz kerak. Zero, Prezidentimiz ta’kidlab о‘tganidek, «... О‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, о‘z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, о‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas».12

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə