O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Milliy g’oyada milliy va diniy bag’rikenglik tamoyili



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə46/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

17-Milliy g’oyada milliy va diniy bag’rikenglik tamoyili
Reja:

  1. “Milliy bag’rikenglik” va “Diniy bag’rikenglik” tushunchalarining ma’no-mazmuni. Milliy bag’rikenglik va ko’pmillatlilik.

  2. Ko’pdinlilik, dinlararo bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati.

  3. Milliy g’oyaning milliy bag’rikenglikka zid holatlar, milliy ayirmachilik va separatizm kabilarning oldini olishdagi ahamiyati.

Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalalari O‘zbekistonda titul, davlatga o‘z nomini bergan millat bo‘lgan o‘zbek-larga alohida mas’uliyat yuklaydi. Chunki bu yerda ta’kidlab ko‘r-satmasak ham jahonda mamlakatga o‘z nomini bergan millat vakil-lari kam sonli millat vakillariga tazyiq o‘tkazayotgan davlatlar ho-zir ham uchrab turadi. Bunday holat esa bizning tariximiz va milliy istiqlol g‘oyamizga butunlay ziddir.
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Respublika aholisi o‘rtasida ko‘pchilikni tashkil qiladigan o‘zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‘z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o‘ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‘zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas’ul bo‘lishdan ham iboratdir”.
Davlat o‘zini demokratik davlat deb e’lon qilgani bilan mil-latlararo munosabatlar bilan bog‘liq muammolar yo‘q bo‘lib qol-maydi. Huquqlarni deklaratsiya qilish bilan bir qatorda uni amalga oshirish yo‘lida konkret ishlar qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, respublikamizda milliy-mada-niy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslar-ning yuzaga kelishi uchun ham tegishli shart-sharoitlar yaratildi. Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashttirshp, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda milliy-uslubiy yordam berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika baynalmilal madaniyat markazining tash-kil etilgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
1991 yilda bor-yo‘g‘i 10 tacha bo‘lgan Milliy madaniyatlar mar-kazlari soni 2005 yilning 1 martiga kelib 138 taga yetdi. Ular bu-gungi kunda milliy qadriyatlarni tiklash yo‘lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
Viloyatlar bo‘yicha olinganda Qoraqalpog‘iston Respublikasida -5, Andijon – 5, Buxoroda – 11, Jizzaxda – 5, Qashqadaryoda – 4, Na-voiyda – 7, Namangan – 4, Samarqandda- 11, Sirdaryoda – 9, Surxon-daryoda – 4, Farg‘onada – 4, Xorazmda – 2, Toshkent viloyatida – 31, Toshkent shahrida – 23 va respublika miqyosida 13 ta Milliy mada-niyat markazlarida faol ish olib borilmoqda.
Milliy mansublik bo‘yicha olinganda, respublika bo‘yicha 1 ta-dan arab, belorus, bolgar, boshqird, grek, guruzin, dungan, litva, xi-toy, qrim tatarlari va qoraqalpoq, 3 tadan polyak va buxoro yaxu-diylari, 4 tadan ozarbayjon va ukrain, 5 tadan arman, nemis, uyg‘ur, tojik, turk va yaxudiy, 6 tadan qirg‘iz va turkman, 9 ta tatar, 14 ta qozoq, 19 ta rus, 29 ta koreys Milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda.
Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etishda ayrim xorijiy ommaviy axborot vosi-talarida quyidagi masalalarga alohida urg‘u berilayotgani va mamla-katimizdagi real voqelik buzilib talqin qilinayotganiga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
– Mamlakatimizda tashqi migratsiya jarayonlari barqarorlashgan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq faktlar buzib talqin qilinmoqda;
– respublikamiz xukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar noxolis baholangan holda, Orolbo‘yi muammosiga milliy tus berish-ga harakat qilinmoqda;
–O‘zbekistonning go‘yoki qo‘shni davlatlarga hududiy da’volari mavjudligi haqida gapirilmoqda;
– milliy g‘oya masalasi faqat o‘zbeklarning g‘oyasi sifatida tal-qin etilmoqda;
– go‘yoki, milliy tillarda axborot maydonining qisqarib borayot-gani haqida gapirilmoqda. Vaholanki, faktlar buning aksini ko‘rsa-tadi. Birgina misol. Mustaqillik yillarida televedenieda rus tilidagi efir hajmi 4.4 barobar, boshqa tillardagi efir hajmi esa 30 barobar o‘sadi.
Bugungi kunda televidenieda o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillari-dan tashqari mamlakatimiz xalqlarining 7 tilida ko‘rsatuvlar olib borilmoqda.
Radioda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bundan ham sezilarlidir. Mustaqillikkacha jami 6 (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik va qirim-tatar) tilda eshittirishlar olib borilgan. Ayni paytda, bu tillar qatoriga qirg‘iz, uyg‘ur, boshqird-tatar tillardagi eshit-tirishlar ham qo‘shildi.
“Ta’lim tizimida boshqa millat va elat vakillarning ulushi kamayib bormoqda” degan mutlaqo o‘rinsiz va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’-lumotlar tarqatilmoqda. Vaholanki, 7 tilda oliy va o‘rta ta’lim olib borilmoqda. Oliygohlar talabalarining milliy tarkibi aho-lining umumiy milliy tarkibini aks ettirishi barobarida qardosh tillarda faoliyat ko‘rsatayotgan 20 dan ortiq fakultet va bo‘limning 30 foizi mustaqillik yillarida ochildi.
Bundan tashqari, Milliy madaniyat markazlari qoshida “Yakshan-ba” maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, polyak, ukrain, grek milliy madaniy markazlari qoshida tashkil etilgan “Yakshanba” maktablarida tahsil olgan 10 dan ortiq yoshlar o‘z ona tillarini mu-kammal o‘rganib olib, etnik vatanlari oliygohlarida o‘qimoqda.
1989 yildagi aholini ro‘yxatga olish 200 mingga yaqin koreys-larning 99 foizi ona tilida o‘qish va yozishni bilmasligini ko‘rsat-gan edi. Hozirgi kunda koreys “Yakshanba” maktablarida ta’lim oluv-chilarning 72 foizi koreyslar bo‘lsa, 10 foizini o‘zbeklar, 18 foizi-ni boshqa millat va elat vakillari tashkil etadi.
Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ivrit tili, yahudiy xalqi tarixi, madaniyati o‘rganila boshlagani ham mustaqillik ber-gan imkoniyat samarasidir.
Millatlararo totuvlik haqida so‘z ketar ekan, mustaqil O‘zbekis-tonda, xalqning turmush tarzida bag‘rikenglikning barcha ko‘rinish-lari mavjudligini alohida ta’kidlash lozim(III. 4-chizma).
Qayd etilgan ayrim fikrlar va dalillar ham respublikamizda amalga oshirayotgan milliy siyosatning mohiyatini anglab yetishga xiz-mat qiladi. Aynan shunday siyosat tufayli mamlakatimizda etnik munosabatlarning tenghuquqlilik, o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamkor-likka asoslangan o‘ziga xos sifatiy holati – millatlararo totuvlik qaror topdi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “alohida g‘urur va iftixor bilan ta’kidlab aytmoqchimanki, O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz, bu – jamiya-timizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihat-likdir”.
Diniy bag‘rikenglik ozod va farovon Vatan qurishning sharti sifatida. Mamlakatimizda barcha millat vakillarining tinch va ahil yashashiga o‘zbek xalqining azaliy diniy bag‘rikengligi, Preziden-timiz va hukumatimizning oqilona siyosati ham muhim rol o‘yna-moqda.
Yuqorida keltirilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, oilaviy, ham-kasblar, qarindoshlar, qo‘shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag‘ri kenglikning ham ko‘rinishlari va namoyon bo‘lishi turlichadir.
Ma’lumki, diniy bag‘rikenglik (tolerantlik) – xilma xil din-larga e’tiqod qo‘ygan kishilarning ezgu g‘oya va niyatlar yo‘lida ham-kor va hamjihat bo‘lib yashashi, jamiyat ravnaqi yo‘lida mehnat qilishlarini anglatadi.
Insoniyat o‘zini anglagan juda qadim zamonlardan boshlab, nima-largadir ishonib, e’tiqod qilib kelgan. Mohiyatiga ko‘ra dinlar ez-gulik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, yovuz kuchlar azaldan ulardan o‘z maq-sadlari yo‘lida foydalanishga harakat qilganlar. Natijada mil-lionlab insonlar begunoh qirilib ketishgan. Inkvizatsiya tufayli minglab kishilar dahshatli qiynoqlar bilan o‘ldirilgan.
Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va kelajagi uchun insonni insonga dushman qiladigan har qanday diniy talqinu, ta’limotlar yadro qurollaridan ham xavfliroqdir.
Bizning yurtimizda qadim qadimdan zardushtiylik, buddaviy-lik, xristianlik va yahudiylik dinlariga e’tiqod qilgan kishilar ahil yashab kelganlar. Bu asriy an’ana hozirgacha davom etmoqda. Diyorimizda turli millat va dinga mansub kishilar o‘z taqdirlari va farzandlari kelajaklarini O‘zbekiston bilan bog‘lab diniy bag‘ri-kenglik qilayotganlari haqida Prezidentimiz shunday deydi: “Bizda mu-rosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz hududida islomning o‘lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida topgan noyob budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Bugungi kunda shaharlarimizda turli dinlarga mansub muas-sasalar – musulmonlarning masjidlarini, yahudiy sinagogalarini, katolik va protestant mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko‘rishingiz mumkin”.
Ma’lumki, din ham, mafkura ham, siyosat ham odamlarni ishon-tirishga, ya’ni insonning ma’naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag‘rikenglik milliy istiqlolimiz g‘oyasining asosiy shart-laridan biri bo‘lib qolaveradi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə