O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Milliy g’oya - millatlararo totuvlik va hamjihatlilikni ta’minlash omili



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə45/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

16-Milliy g’oya - millatlararo totuvlik va hamjihatlilikni ta’minlash omili
Reja:

  1. O’zbekiston ko’pmillatli, polietnik davlat ekanligi. Milliy g’oyada turli millatga mansub xalqlarning manfaatlari va maqsadlarining ifodalanishi.

  2. “Millatlararo totuvlik” tushunchasi, uning milliy g’oyada aks etishi.

  3. Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashda milliy g’oya rolining oshib borishi.

Millat mavjud bо‘lishi uchun til, hudud va ma’naviyat asosiy shart bо‘lgani kabi milliy о‘zlikni anglash ham asosiy zaruriy shart hisoblanadi. О‘zlikni anglash о‘z mohiyatiga kо‘ra millat va elatlar uchun xos bо‘lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, о‘z funksiyasiga kо‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.


Shunday qilib, har bir millat va elatning о‘zini real mavjud subyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarini ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligini, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy о‘zlikni anglash, - deb ataladi. Milliy о‘zlikni anglash millat birligining mustahkamligini, millat manfaatlarining, shaxs, mahalliychilik manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog‘liqdir.
Milliy о‘zlikni anglash real hayotda millat sha’ni, qadr-qimmati, obrо‘-e’tibori poymol etilganda yoki millatning manfatlariga nisbatan ikkinchi bir tomondan zо‘ravonlik harakatlari boshlanib ketgan holatlarda yanada kuchli va yaqqol namoyon bо‘ladi. Bunday holatda, millatning barcha vakillari qaysi lavozimda xizmat qilishi, qaysi darajada boy yoki kambag‘al bо‘lishidan qat’iy nazar о‘zaro birlashib ketadilar va millatning manfaatlarini himoya qiladilar.
Milliy о‘zlikni anglash millatning til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi, ma’naviyatdagi о‘ziga xosligidan iborat belgilari kabi millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy о‘zlikni anglash millatning mustaqil belgisi ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy taraqqiyotga erishish va uning jahon taraqqiyotidagi о‘rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.
Milliy о‘zlikni anglash omilining qudrati quyidagi sharoitlarda kо‘proq namoyon bо‘ladi:
Birinchidan, agar milliy о‘zlikni anglash rivojlangan bо‘lsa, yuqorida qayd etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa sha’ni, qadr qimmati, obrо‘-e’tibori, g‘ururi poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan sharoitlarda, millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida о‘zaro muxolafatda bо‘lgan tomonlar ham millatning sha’ni, g‘ururi, obrо‘-e’tiborini himoya qilish manfaati yо‘lida birlashadilar.
Ikkinchidan, milliy о‘zlikni anglash ruhiy, his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning xatti-harakatlarida, intilishlarida va maqsadlarini amalga oshirishlaridagi salohiyati orqali bilib olish mumkin bо‘ladi.
Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning «portlashi» millatning xarakteri, xususiyatlari, milliy g‘oyalarni yaratuvchi, uning taraqqiyotida oldingi safda turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‘liq.
Uchinchidan, milliy о‘zlikni anglash omili faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida, uning oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal qilish hamda millatni birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda sodir bо‘lishi mumkin.
Tо‘rtinchidan, milliy о‘zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta’minlab turuvchi mustahkam qо‘rg‘on hamdir.
Siyosiy ma’naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan о‘zini о‘zi anglab yetgan xalq, millat mustaqillikning buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning kuch qudrati uning soni bilan о‘lchanmaydi, balki siyosiy yetukligi, milliy ongning о‘sganligi, milliy g‘ururi, milliy hissiyoti, milliy tuyg‘uning qay darajadaligi, о‘z-о‘zini anglab yetganligi, milliy uyushganligi bilan belgilanadi. Bunga yana Boltiqbо‘yi respublikalari va boshqalarni misol qilib kо‘rsatsa bо‘ladi. Shunday qilib, milliy о‘zlikni anglash millatning eng muhim belgisi, uning rivojlanishi va kelajagini ta’minlovchi omili hisoblanadi. Mustaqillikni qо‘lga kiritish о‘zbek xalqi hayotida milliy о‘zlikni anglash yо‘lidagi buyuk inqilob hisoblanadi. Chunki chorizm tomonidan bu о‘lkaning bosib olinishi oqibatida Turkiston xalqlarining ma’naviyati, ma’rifatiga yetkazilgan katta zararlar va Rossiyada amalga oshirilgan Oktabr tо‘ntarishidan keyin о‘rnatilgan SHо‘rolar hukumati tomonidan davom ettirilgan zо‘ravonlik siyosati xalqimizning g‘ururini poymol etishga, uning jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rniga salbiy ta’sir kо‘rsatgan edi. SHо‘rolar davrida о‘zbek millati nomi faqat sobiq SSSR hujjatlarida qayd etilsada, u xalqaro hayotda mustaqil subyekt sifatida tan olinmay kelingan edi.
Mustaqillik uchun kurash, garchand chorizmning mustamlakachilik siyosati davridan boshlangan bо‘lsa ham, u SHо‘rolar tuzumi davrida yanada keskin tus oldi. Ammo о‘zbek xalqining kо‘zga kо‘ringan millatparvar farzandlarining izchillik bilan bosqichma-bosqich qirib yuborilishi milliy о‘zlikni anglash jarayonining ommaviy ravishda yuksalish imkonini bermagan edi. 80- yillarga kelib SSSR iqtisodiyotidagi inqiroz, uning siyosatda xalqaro jandarmga aylanishga intilishi va ma’naviyat va ma’rifatdagi qashshoqlashuvi bu tuzumning millatlarni taraqqiy ettirishga noqobilligini yana bir bor tasdiqlagan edi. Bu jarayon sobiq SSSR tarkibiga kirgan millatlarning mustaqillikka intilishini, о‘zlikni anglashning zimdan о‘sib borishini tezlashtirib yubordi. 80-yillarning oxiri 90-yilllarning boshlarida millatlararo munosabatlarda turli nizolar hamda fojialarning kelib chiqishi milliy о‘zlikni anglashning yashirin qudrati yuzaga qalqib chiqqanligini bildirar edi. Bu qudratli jarayon oqibatida «metindek» mustahkam bо‘lgan qudratli SSSR davlati va butun jahon sotsializm tizimi halokatga uchradi. Sobiq xalqlar turmasi о‘rnida mustaqil davlatlar vujudga kelib, millatlarning о‘zligini anglashga intilishi kuchayib ketdi. Ana shu murakkab kurash jarayonini о‘z boshidan kechirgan о‘zbek xalqi mustaqillikni qо‘lga kiritganidan sо‘ng, о‘zining mustaqil millat maqomini tiklash uchun dadil harakat qildi. Xususan, mustaqillik yillari bosib о‘tilgan tarixan qisqa davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta ishlarni amalga oshirdi. Bu yillarda millatimizning о‘zligini anglashi jadal rivojlanib bordi. Bu milliy о‘zlikni anglash jarayonining yuksalib borish xususiyatlari quyidagilarda namoyon bо‘ldi:
о‘zbeklar о‘z atrofida yashayotgan boshqa millat va elat vakillariga nisbatan dо‘stlik, birodarlik, hamkorlik, о‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat tuyg‘ularini saqlab qola olganligi milliy о‘zlikni anglashdagi yana bir xususiyat hisoblanadi. Vaholanki, mustaqillikkka erishgan ayrim respublikalarda mustaqillik sharofati oldida dovdirab, о‘z atroflarida yashayotgan, yaqindagina qardoshmiz deb yurgan millat vakillariga hurmatsizlik bilan qarash yuz berganligi sir emas. О‘zbekistonda bunday hol yuz bermaganligi, xalqimizning yuksak ma’naviyatini kо‘rsatadi.
Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: «Bizning keyingi yillarda erishgan eng katta yutug‘imiz - bu umumiy xonadonimizda qaror topgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir»35.
Mustaqil О‘zbekistonning yuksalishi, о‘zbek millati gullab-yashnashining tarafdori bо‘lgan har bir О‘zbekistonlik fuqaro millatlararo totuvlik, dо‘stlik qoidalariga sodiq bо‘lishi kerak. Chunki, mustaqil davlatimizning kelajagi birinchi navbatda, о‘zbek xalqining milliy о‘zligini qanchalik anglab yetganligiga hamda mamlakatimiz hududida о‘zbeklar va boshqa millat, xalq vakillari bilan yonma-yon istiqomat qilib turgan har bir kishining millati, dini, tili va e’tiqodlaridan qat’i nazar, bir-birining kо‘nglini ola bilishiga, ular о‘rtasida dо‘stona munosabatlarning о‘rnatilishiga bog‘liq. Hozir О‘zbekistonda 136 millat va elat vakillari tinch, farovon hayot kechirmoqda. Ular о‘zbeklar bilan bir qatorda bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar. Mamlakatimizda har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy vatan bilan aloqa va munosabatlarni bog‘lashga, milliy his-tuyg‘ularning namoyon bо‘lishiga keng yо‘l ochib berilgan. Bu esa mamlakatimiz barqaror rivojlanishining kafolatidir.
Biz yashayot-gan, avlodlarimiz yashaydigan Yer sayyorasi o‘nlab millatlar, xalqlar, elatlarning umumiy uyidir. Jahonda, ular taraqqiyotning qaysi bosqichida bo‘lmasin, har birining o‘z o‘rni, qadr-qimmati bor. Masalan, biz hozir taraqqiyotning quyi bosqichidagi insonlar hayotini Afrikadagi hanuz urug‘chilik yoki qabilachilik tuzumida yashayotgan odamlar hayotidan bilib olamiz. Odamlar oqilona va bag‘rikenglik bilan, hamkorlik bilan yashasa, bu qabilalar ham bir kuni albatta taraqqiyotning yuqori bosqichlariga ko‘tarilishiga ishonamiz.
“Har qanday millat, -deydi Prezidentmiz, -u naqadar kichik bo‘lmasin insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlik-ning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ke-tishi Yer yuzasidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyat-larining qashshoqlashuviga olib keladi”.
Yurtboshimizning bu fikri biz o‘rganayotgan fanning bosh masalalaridan birini, mohiyatini aniqlashga yo‘llanmadir.
Milliy g‘oya mohiyatini tushunish bilan bog‘liq asosiy metodologik masala – bu uning ijtimoiy g‘oyaning boshqa shakllaridan far-qlanuvchi xususiyatlarni ajratish, ta’rifini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Mazkur masalada bir qator yondashuvlarni ajratish mum-kin. Xususan, “G‘oya bir mamlakatning o‘ziga taalluqli bo‘lsa, uni milliy g‘oya deyish mumkin” yoki “Vatanning ilg‘or kishilari tomo-nidan ishlab chiqiladigan va hech bo‘lmaganda, fuqarolarning ko‘p-chiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan g‘oyalarga milliy yoki umummilliy g‘oyalar deyiladi”, -degan qarashlar shular jumlasidan-dir.
Muayyan hollarda bir, to‘g‘rirog‘i, butun mamlakatga taalluqlilik ijtimoiy g‘oyaning milliy maqomini ko‘rsatuvchi belgilardan biri sifatida chiqishi mumkin. Ammo bu milliy g‘oyaning mohiyatini belgilab beruvchi asosiy mezon bo‘la olmaydi. Aks holda, muayyan mamlakatda hukmron bo‘lgan agressiv millatchilik yoki irqchilik kabi g‘oyalarni ham milliy g‘oya sifatida tan olishga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi yondashuvda esa, milliy g‘oyaning mohiyati uning ko‘pchi-lik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan cheklab qo‘yilmoqda. Ilmiy g‘oyaning olimlarning muayyan qismi tomonidan to‘g‘ri tushu-nilmasligi, tan olinmasligi uning ilmiyligini inkor etish uchun asos bo‘lmaganidek, milliy g‘oyaning mohiyatini ham fuqarolarning ko‘pchiligi tomonidan tan olinishi bilan bog‘lab qo‘yish o‘rinli emas. Negaki, ko‘pchilik tomonidan tan olinishi milliy g‘oyaning mohiya-tini emas, balki uning mavqeini, jamiyatning turli qatlamlari tomonidan tan olingani, ular orasida nechog‘li keng tarqalganini anglatadi.
Bizningcha, milliy g‘oyaning o‘ziga xos xususiyat, uning g‘oyaning sub’ektiga ko‘ra ajratiluvchi boshqa shakllardan tub farqi millat-ning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatidan kelib chiqib belgi-lanmog‘i lozim. Shunday ekan, millatning o‘tmishi, buguni va istiq-bolini anglashni o‘zida mujassamlashtirgan, uning etnoijtimoiy birlik sifatidagi tub manfaatlari va maqsadlarni ifodalaydigan, taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‘oyaga milliy g‘oya deyish mumkin.
Masalaga bunday yondashuv, birinchidan, milliy g‘oyaning u yoki bu xususiyatlari, tomonlarini birinchi o‘ringa chiqarib, uning mazmu-nan kambag‘allashuvini keltirib chiqaradigan turli ko‘rinishdagi “yig‘ma” ta’riflardan qochish va ikkinchidan, g‘oyaning boshqa shakl-laridan tub sifatiy farqini ochib berish imkonini beradi.
Bugungi kunda Yer yuzasida mavjud bo‘lgan ikki yuzdan ortiq dav-latning aksariyati ko‘p millatli (polietnik) tarkibga ega bo‘lib, ularning har biri muayyan o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Ko‘p millatlilik O‘zbekistonga ham xosdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1897 yilda mamlakatimizning hozirgi hu-dudida 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1926 yilda ular-ning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda 123 taga, 1989 yilda 136 taga yetgan. Turli millat vakillarining mavjudligi mam-lakatimiz hayotiga o‘ziga xos rang-baranglik baxsh etmoqda.
O‘zbekistonga etnik guruhlarning mamlakat bo‘ylab tarqoq yasha-shini ifodalaydigan ko‘p millatlik bilan bir qatorda, muayyan millatlar vakillarining alohida hududlarda g‘uj (kompakt) bo‘lib yashash holatini nazarda tutadigan multimillatlilik ham xosdir. Bu oqilona tashkil etilgan milliy siyosat, millatlararo totuvlik g‘oyasi ustuvorligining mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy axa-miyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston aholisi (1.01.2005 yil holatiga ko‘ra va ming kishi hisobida) 26006,8 kishini tashkil etadi. Aholimiz milliy tarki-bida o‘zbeklar 20804,0 (80,0%), boshqa millatlar vakillari 5202.8 (20.0%) kishini, shundan qoraqalpoqlar 562,8 (2.2%), tojiklar 1302,8 (5.0%), ruslar 970,0 (3.8%) qozoqlar 939,5 (3,6%), tatarlar 250.6 (0,9%), qirg‘izlar 241,5 (0,9%), turkmanlar 157,8 (0,6%), koreyslar 155,9 (0,6%), kishidan iborat.
O‘zbekiston o‘zi tanlagan milliy siyosat modelining mohiyatini mustaqilligining ilk kunlaridanoq ochiq bayon qilib, tegishli huquqiy zamin yarata boshlagan edi. Xususan, O‘zbekiston Respub-likasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayono-tida O‘zbekiston o‘z xududida yashovchi barcha xalqlarga teng imkoniyat-larni kafolatlashi, irqchilik, shovinizm, millatchilikka, xalqlar-ning huquqlarni cheklash yo‘lidagi har qanday urinishlarga qat’iyan qarshi chiqishi e’lon qilingan edi. Bunday qoida 1991 yilning 31 avgustida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunda ham mustahkamlab qo‘yildi.
Respublikamiz amalida ana shu qoidaga qat’iy rioya qilib kel-moqda. Bugungi kunda bu milliy siyosat Konstitutsiyamizda quyidagicha o‘z ifodasini topgan:
milliy til, urf-odatlar va an’analar hurmat qilinishini ta’-minlash va ularning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, shax-si, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat’i nazar, tengligi;
milliy mansubligidan qat’i nazar, fuqarolarning mamlakat siyosati va ijtimoiy hayotidagi teng huquqli ishtirokini kafo-latlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan milliy, irqiy, diniy adovat va nizoni targ‘ib qiluvchi faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik;
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot. Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishini ta’minlashdek asosiy tamoyillar shaklida hayotga tatbiq etilmoqda.
Ushbu tamoyillar Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan va ta’bir joiz bo‘lsa, “etnik rang” kasb etgan tamoyillardir. Aslida esa “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, - degan qoidadan kelib chiqilsa, Asosiy Qonunimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkin-liklar aholining barcha qatlamlariga birdek tegishli ekani angla-shiladi. Demak, milliy siyosatimizning asosiy maqsadi kishilarning etnik va boshqa belgilardan qat’i nazar, yagona O‘zbekiston xalqi si-fatida jipslashuvi va millatlararo totuvlikka asoslangan birli-giga erishishdir.
Biz oilaviy totuvlik, qo‘shnilararo totuvlik, qarindoshlararo totuvlik nimaligini juda yaxshi bilamiz. Millatlaro totuvlik esa milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining tinchlikda ham-jihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi, o‘zaro ahil munosa-batlarda bo‘lishini anglatadi(III. 3 -chizma).
Davlat mustaqilligini mustahkamlash mamlakatda yashaydigan barcha aholi tabaqalari, ijtimoiy guruhlar, elat va millatlar o‘rta-sidagi munosabatlarning qandayligiga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Hozirgi paytda Respublikamizda 80 dan ortiq milliy, madaniy mar-kazlar ishlab turibdi. Ular o‘rtasidi hamkorlik, millatlar o‘rtasi-da totuvlik bo‘lmas ekan, davlat mustaqilligini rivojlantirish mushkul bo‘ladi. Ayniqsa, ko‘p millatli davlatda bu jarayon muhim-dir.
O‘zbekistonimizda 30-yillarda ellikdan ortiq millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, endilikda ular 130 dan ortiqdir. Demak, bu hol davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash uchun yangi vazifalarini keltirib chiqaradiki, ularni juda ehtiyotkorlik va vazminlik bilan bajarishga intilish talab etiladi.
Sababi, yuqorida aytib o‘tilgan toifalarning barchasi mamlakat mutaqilligi uchun u yoki bu darajada say-harakatlar qiladilar, mamlakatni moddiy va ma’naviy boyitadilar. Zero, mustaqillikni mustahkamlashga harakat qilayotgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir. Shu sababli, taraqqiyotdagi boshqa yo‘nalishlar bilan birga xalq manfaatini ifodalaydigan, ma’naviyatini boyitadigan milliy istiqlol mafkurasining yaratilishi zamon talabidir.
Milliy istiqlol mafkurasi endilikda hayotga tatbiq etilayotir. Bu mafkura va uning mazmuni to‘g‘risida matbuotda iliq so‘zlar aytilayotganining guvohimiz. Shu sababli biz mafkurada tilga olin-gan va ma’naviyatimizning eng muhim qirralaridan biri bo‘lgan mil-liy g‘ururni shakllantirishdagi omillar, uning iqtisodiy va ma’-naviy jihatlari to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz.
Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraq-qiyot yo‘li” nomli asarida: “O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi, uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonliligiga asoslangandir. Biz bundan keyin ham o‘zbeklarning milliy g‘ururini ma’naviy yuksaltiramiz, shu bilan birga umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O‘zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo‘lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka intilamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Bu so‘zlarda juda chuqur ma’no bor. Sobiq ittifoq davrida “dunyoviy millat”, “dunyoviy til”, “dunyoviy mada-niyat” kabi umumjahon maqsadlar asosida fikr yuritilganligi sa-babli milliy g‘urur chetga chiqib qolavergan edi. Natijada, “yirik” millatlar soyasida boshqa millatlar g‘ururi ravnaq topmadi. Chunki, mehnatkash xalq ongiga kundalik hayotimizdan uzoq fikrlar sing-dirilib kelinganki, bu jarayonda boshqa ba’zi xalqlar singari o‘zbek xalqining ham milliy g‘ururi toptaldi, qiyinchiliklarga duch keldi. Endilikda xalqimiz mustaqillik sharofati bilan, bu muhim jab-hada qaddini rostlamoqda.
Milliy g‘urur to‘g‘risida so‘z ketar ekan, bu masalaning nozik-ligini xech qachon unutmaslik zarur. U hasad bilan emas, balki, havas bilan yuksalmog‘i kerak. G‘urur to‘g‘risida turlicha fikr yuritgan allomalar uning salbiy va ijobiy tomonlarini taroziga solib ish yuritishni uqtirganlar. Jumladan, ingliz tanqidchisi J.Kollinz milliy g‘ururni: “Garchi yaxshilik hisoblansa-da, lekin ko‘p yomon-liklarning boshidir”,-degan bo‘lsa, nemis yozuvchisi I.Zeyme:- “Agar biz haqiqiy g‘ururli bo‘lganimizda edi, dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi”-deb yozadi. Yunon faylasufi Teofrast:- “G‘urur-o‘zidan boshqalarning bariga nisbatan o‘ziga xos bir nafratdir”-deydi. Franztsuz adibi M.Janlis:- “G‘urur ko‘pincha haqiqiy ulug‘vorlikka g‘ov bo‘ladi”,-degan bo‘lsa, at-Termiziy:- “Mag‘rurning turishi xu-nuk”-deydilar.
Bu kabi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, g‘urur yuqorida ta’kidlanganidek, noyob va murakkab jarayondir. Milliy mafkuraning har bir targ‘ibotchisi va tinglovchisi mazkur fikrlardan tegishli hulosa chiqarib, masalaga jiddiy yondashishi va uni hayotga tadbiq etishi kerak. Xususan, frantsuz ahloqshunos olimi F.Laroshfukoning:- “G‘urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni qachon va qaerda ko‘rsatishni bilish kerak”,-degan da’vatiga amal qilinsa, mantiqqa to‘g‘ri kelar edi.
Xalqimizning “G‘ururi bor elning minorasi baland bo‘ladi”, degan ajoyib naqldan kelib chiqsak, boshqa muhim jarayonlar singari milliy g‘ururni ham shakllantirmay turib, O‘zbekistonimiz musta-qilligi barqaror, uning kelajagi buyuk bo‘lishiga to‘la erisholmay-miz. Milliy g‘ururning shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiy sohaga, ya’ni to‘qchilikka, moddiy noz-ne’matlarning yetarlicha to‘kin-ligiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu sababli, milliy istiqlol mafkurasini xalqqa singdirishning siyosiy tomonlaridan biri bu–iqtisodiy sohadir. Avvalo, el-yurt uchun yetarli miqdorda, keyin esa eksportga yuboriladigan sifatli, moddiy boyliklarni ishlab chiqar-masak, milliy g‘ururimizni yuksak darajaga ko‘tara olmasligimiz tabiiydir. Yetarlicha to‘kin va sifatli mahsulot esa xalqimizning jo‘shqin mehnati asosida yuzaga keladi. Bugun xalq, har bir fuqaro ongli mehnat qilgandagina, mahsulot sifati oshadi, miqdori ham ko‘payadi.
Milliy mafkurani xalqqa singdirish uchun o‘tkaziladigan har bir tadbir xo‘jako‘rsinga o‘tkazilmasdan, balki astoydil, vijdonan amalga oshirilishiga erishish kerak. Har bir ma’ruzachi dalillar asosida tinglovchining fikrlash qobiliyatini shu darajada uyg‘o-tishi kerakki, u iqtisodiyot sohasida bilimi yetarli bo‘lmasa, beix-tiyor bilim olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysin, ta’bir joiz bo‘l-sa, o‘zligini iqtisodiy jihatdan ham anglashga harakat qilsin.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini targ‘ib qilish uchun targ‘ibotchilarmizning hozirga qadar egallagan iqtisodiy bilimlari kamlik qiladi. Sababi, ko‘pgina targ‘ibotchilar keng ko‘lamda ma’ruza qilib, barcha sohani umumiy jihatdan qamrab olishga harakat qilganlar. Natijada ma’ruza oldiga qo‘yilgan maqsad ham mavhum-lashgan. Shu sababli, ma’ruzalarga milliy istiqlol g‘oyasi nuqtai nazaridan yondashilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ma’ruzalar qis-qa, mantiqan kuchli, g‘oyadagi chizgilar hamda shiorlar asosida tuzil-gan bo‘lsa, samarali, ta’sirchan bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Ma’lumotlarimiz umumiylikdan alohidalikka qarab yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy soha bo‘yicha milliy g‘ururni shakllantirish uchun yuqoridagi fikrlarni mustahkamlash maqsadida hozir mamlakati-mizda yetishtirilayotgan paxta, ipak, qorako‘l hamda paxtani qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mashinalari, oltin, foy-dali qazilmalar, radiotexnika mahsulotlari va turli xalq is’te-moli mollari, umuman, moddiy boyliklarimiz to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan dalillar va ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Ishlab chiqarishimizning bu yetakchi sohalarini tilga olganda, ularni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslab gapirish maqsadga muvofiqdir.
Xullas, milliy g‘ururni avvalo, iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashdan boshlash, har bir kishi iqtisodiy sohada ustuvor bilimga ega bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini iqtisodiy jihatdan anglash, har bir ki-shidan o‘z ustida qo‘shimcha ishlashni, bilim doirasini kengayti-rishni talab etadi. Albatta, o‘z-o‘zini anglash nafaqat iqtisodiy sohani bilish, balki o‘z tarixini, ona tili, dini, avlod-ajdod-larini, milliy urf-odatlarini, axloqiy qarashlari, an’analari, o‘z xalqining dunyo madaniyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yodgorliklari va boshqa ko‘plab jarayonlarni mukammal bilishni talab etadi. Binobarin, shu jarayonlarni har bir shaxs mukammal bilmas ekan, odatdagi muloqatda yoki chet mamlakat kishilari bilan suhbatlarda o‘zining kim ekanligini, avlodlari kim ekanini tanita olmaydi.
Ma’lumki, milliy g‘urur insonning rang, gavda tuzilishi, irqi, jinsi yoki diniga qarab belgilanmaydi. Milliy g‘ururni bu alo-matlarga qarab belgilovchilar qattiq adashadilar, undaylar sho-vinistlardir. Aslida bunday kishilarning dunyoqarashi buzilgan bo‘lib, bilim saviyasi sayozdir. O‘zbek xalqi bunday qarashlarni o‘ziga yot deb biladi, o‘z milliy g‘ururini millatning insonparvarlik xislatlaridan kelib chiqib yuksaltiradi. Islom va boshqa din-larning bu sohadagi ijobiy tomonlariga suyanadi.
Iqtisodiy soha bilan bir qatorda milliy g‘ururni yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishning ikkinchi muhim bir jihati–bu ma’naviy yetuklikni egallashga bog‘liq. Jamiyatimizdagi kishilar o‘z mutaxassisligi, ishlaydigan sohasini yaxshi bilishi mumkin. Le-kin, ma’naviy yetuklik bo‘lmasa, milliy g‘ururni ko‘tarish, uni targ‘ib qilish amri maholdir. Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda ko‘plab talabalar, tadbirkorlar, tuman, shahar, viloyat hokimliklari vakillari chet ellarga bomoqdalar. Kelajakda bu ish yanada rivojlanishiga aminmiz. Xorijga borayotgan har bir kishi o‘z xalqining milliy g‘ururi qirralarini mukammal bilishi zarur. Ayniqsa, hozirgi talabalarimiz milliy g‘ururni, uning qir-ralarini bilish bilan birga, uning targ‘ibotchilari ham bo‘lishlari kerak. Talabalarni targ‘ibotchilar qilib yetishtirishni esa maktabda o‘quvchilik davridan boshlash zarur. Maktab o‘quvchilari ko‘pchiligi kelajak talabalardir. Mustahkam bilimni, ma’naviyat, qadriyat, urf – odatlar, udumlarni hamda allomalarimizning ta’limotlarini o‘quvchilarga hozirdan keng dasturlar, puxta darslik va rejalar aso-sida tushuntirishni boshlash – davr talabi. Zero, o‘quvchilar talaba bo‘lganlarida bu bilimlar uchun puxta zamin vazifasini o‘taydi. Aynan shu bilimlar kelajak uchun bebaho ekanligi va milliy g‘urur-ni shakllantirishda ham o‘ta muhim omil bo‘lishi aniq.
Buning uchun ayniqsa, ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari, barcha mu-rabbiylar mas’uliyatni his qilishlari, jonkuyar bo‘lishlari lozim. Kelajakda chet davlatga borayotgan talabalar ham o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni olib, borgan mamlakati madaniyatini tezda o‘ziga sing-dirib, o‘z xalqi madaniyatini uyg‘unlashtirish hamda o‘z millatiga xos bo‘lgan g‘ururni o‘rni bilan targ‘ib qilishni o‘ylab boradilar. Ma’-lumki, xorijga qadam qo‘ygan kishilarga e’tibor o‘n karra oshadi.
Salomlashish, muloqot qilish, mehmonxonada yashash, kiyinish, suhbat qilish, kishilarga munosabat, urf – odatlar barchasi hushyor-likni talab etadi. Afsuski, borgan kishilarning hammasi ham bu-larning o‘ta muhimligiga hamisha e’tibor beravermaydi. Sir emaski, chetga borayotgan ba’zi sayohlarimiz xorijga borganda kiyim – kechak, sovg‘a buyumlariga diqqatni ko‘proq qaratadilar, imkoniyat bo‘lsa, o‘sha buyumlardan ko‘proq olib qaytishni o‘ylaydilar. Milliy g‘urur to‘g‘risida o‘ylash esa, afsuski, yodimizdan ko‘tarilar darajada bo‘la-di. Axir biz, buyuk jahongirlar, mo‘tabar mutafakkirlar, ulug‘ alo-malar avlodlarimiz-ku! Ular timsolida o‘zbek xalqining kim ekan-ligini, o‘zbek xalqining jahon madaniyatiga, umuminsoniy qadriyat-larga qo‘shgan ulkan hissasini endi dunyo ahli biladigan payt keldi-ku! Endilikda, barchamiz o‘zbek xalqini dunyo ko‘zi o‘ngida yana bir pog‘ona ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak emasmi? Milliy mada-niyatimiz va axloqimizning mustahkam zaminga ega ekanligini endi olamga ko‘rsatishimiz kerak emasmi?
Ming afsuski, oramizdan chiqqan ayrim o‘zbek “vatanparvar” lari milliy g‘ururimizni ham mutlaqo unutib, faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab, chetdan turib, ona - Vatanga tosh otmoqdalar. Aniq-rog‘i “Ozodlik”, “Bi-bi-si”, ba’zan Rossiya ommaviy axborot vosita-lari eshitirishlarini eshitib, xorijdan chiqqadigan gazetalardagi tirnoq ostidan kir qidiruvchi ba’zi bir maqolalarni o‘qib, beixtiyor g‘azabing keladi.
Amalda Yurtboshimiz tufayli dunyoning ko‘pgina yirik va ilg‘or mamlakatlari o‘zbek xalqini, uning madaniyatini, mustaqil davlati-ni tan olib hurmat – ehtirom ko‘rsatsa – yu, o‘zimizdan chiqqan uch – to‘rt nafar “vatanparvar”lar esa milliy g‘ururimizni unutib, yegan non - tuzini oqlash o‘rniga tuzliqqa tupursa, bu qaysi aqlga sig‘adi. Shu “vatanparvar”lar birorta kamchiliksiz davlatni topib bera olarmikanlar. Albatta, yo‘q. Shunday qiyin bir sharoitda O‘zbe-kistonning nisbatan to‘qligi va tinchligini nega sezib, sezmaslikka oladiganlar, oqni qora deb ko‘rsatishga urinadilar. O‘zbekistondagi o‘tish davri qiyinchiliklarini ayuhannos solib qoralaydilar. Ular kimlarning nog‘orasiga o‘ynamoqdalar?
Har bir targ‘ibotchi bu voqea, hodisalarni hisobga olish uchun uni ilmiy talqin qila olishi lozim. Albatta, bular haqida fikr yuritish uchun ham chuqur bilimga ega bo‘lish talab qilinadi. Demak, “Odamdan yuqori turarkan olam, bilim olmoqlikka muhtojdir odam”- degan naqlga amal kilib, milliy istiqlol g‘oyasini ting-lovchiga singdirish uchun har bir targ‘ibotchi o‘z ustida ishlashi davr talabidir.
Yurtboshimiz milliy g‘ururni tiklash maqsadida olib borayotgan say-harakatlari tahsinga loyiqdir. Prezidenimiz qaerga bormasin, u o‘sha mintaqa yoki davlatdagi aholining o‘zbek xalqiga bo‘lgan hurmatini oshirib , o‘zbekona milliy madaniyat va qadriyatlarni, o‘ziga xos xususiyatlarni yuksak darajada namoyish qilib qaytadi. Yurtboshimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assam-bleyasi majlisida so‘zlagan ilmiy amaliy yo‘nalishdagi nutqi to‘g‘-risida ham dunyo matbuotida ko‘p iliq so‘zlar aytilganining guvohimiz.
Milliy g‘urur birdaniga shakllanib qolmaydi, albatta. Uning uchun avvalo yoshlarimizda or-nomus tuyg‘ularini shakllantirib bo-rish lozim. Chunki milliy g‘urur mavhumlikdan emas har bir kishi-ning or-nomusidan kelib chiqadi. Or-nomussiz odamda hech qachon milliy g‘urur, umuman, g‘ururning o‘zi bo‘lmaydi.
Or-nomus yaqin tushunchalar (tuyg‘ular) bo‘lib, adabiyotlarda ular-ga shunday izoh beriladi:
Nomus – kishining o‘z obro‘sini ulug‘lash va ardoqlash his tuy-g‘usi.
Beayb parvardigor, deydi xalqimiz. Haqiqatdan ham hayotda hech xato qilmaydigan odam yo‘q. Tajribasiz, e’tiqodi, milliy g‘ururi shakllanmagan yoshlar ayniqsa, juda ko‘p xato qiladilar. Biroq xal-qimiz bag‘ri kengligi uchun yoshlar pushaymon bo‘lsa, ularni kechira-dilar. Buning yorqin misoli sifatida Prezidentimizning adashib, diniy ekstemistik oqimlar ta’siriga berilgan, ammo keyin pushay-mon yegan yoshlarni kechirganini ko‘rsatish mumkin. Kechirim so‘rash ham oriyatli kishi qo‘lidan keladi. Chunki or – kishining o‘ziga nomu-nosib yoki ep ko‘rilmagan ishidan, narsadan xijolat bo‘lish, uyalish tuyg‘usini bildiradi.
Or-nomus tuyg‘ulari barcha millatlar uchun xosdir. Biroq, ko‘ri-nib turibdiki, biz yoshlarda o‘zimizga xos, o‘zbekona or-nomus tuyg‘u-larini shakllantirmay turib, milliy g‘ururni yarata olmaymiz. Milliy g‘urursiz esa milliy istiqlol g‘oyasini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy g‘ururni aholiga yanada chuqurroq singdirish, yoshlarda or-nomus tuyg‘usini yuksal-tirish va ularni yuksak darajasiga ko‘tarish uchun katta kuch-g‘ayrat sarflash lozim bo‘ladi. Bu ish eskirgan shiorlar, dabdabali yig‘i-lishlar, haybarakallachilik bilan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar orqali bo‘lmaydi. Bu bilan kerakli natijaga erishish qiyin. Xalqimizda shunday udumlar, urf-odatlar borki, ularda an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unlashib, milliy g‘ururni rivojlan-tirishga juda qo‘l keladi.
Mustaqillik kuni, Navro‘z va Hayit bayramlari, Vatan himoya-siga yuborish arafasidagi tadbirlar, hosillar sayli, Xotin-qizlar bayrami, Konstitutsiya nishonlanadigan kun, aholining to‘y marosim-lari, yubileylar, xotira kunlari, salom va alik, gap-gashtak, hovli to‘ylar, hashar, ziyoratlar shular jumlasidandir. Bu tadbirlardan barcha targ‘ibotchi va notiqlar ko‘ngildagidek foydalana olmayotirlar. Shu sababli respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi qoshidagi targ‘ibotchilar guruhlari vakillari bu muhim ishda o‘ta bilimdon va tadbirkor bo‘lishlari kerak. Binobarin, milliy g‘ururni ko‘tarish har bir fuqaroning aqliy va mehnat faoliyatiga katta ruh bag‘ish-laydi. Bu esa bizga jamiyatimiz oldida turgan qiyin muammolarini yechishda yordam beradi.
Bunyodkorlik g‘oyalari yurtini obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi: tenglik, va-tanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, tinchlik, ozodlik, hurfikrlik, do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglik, taraqqiyot va h.k. ular insoniyat tsivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Prezident Islom Karimovning “O‘zbek tom ma’noda bunyodkor-dir”, - degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma’no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolari-mizdan merosdir.
Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, payg‘ambar Zardushtdir.
“Avesto” kitobida quyidagi satrlar mavjud:
“Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishni alqaydi. O‘zimni boru ezgu fikrga, ezgu so‘zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga bahshida qilaman, barcha yomon fikrlardan yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman”. Bu buyuk g‘oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‘tgan vatandoshimiz Zardushtning o‘lmas mafkurasi edi. Abu Nosir Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri”, “Fuqaro-lik siyosati”, “Baht saodatga erishuv haqida” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tizim haqidagi fikr-mulohazalarini bayon qilib, o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. U har tomonlama yetuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi g‘oyalarini ilgari surdi.
Alisher Navoiy insonlarni mehnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi. Ma’rifatga asoslangan jamiyat yaratishni orzu qiladi. Bu orzular “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Shoirning o‘zi bunyodkorlik ishlariga bosh – qosh bo‘lgan. Alisher Navoiy 200 dan ortiq talabalarni o‘z hisobidan o‘qitgan.
Amir Temur g‘oyalarini yoki ma’naviyatini belgilovchi bosh mezo-ni uning butun umr bo‘yi amal qilgan “Kuch – adolatda!” degan shioridir. Bu uning “Temur tuzuklari”da mujassamlashgan. Ushbu bebaho tarixiy asarda hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turgan qatlami – raiyatining haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy-ma’naviy, axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan (III. 5-chizma).
Sohibqironning “Temur tuzuklari”dan olingan quyidagi pur-hikmat satrlar fikrimizning dalilidir:
– zolimlardan mazlumlar xaqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarini isbotlaganimizdan keyin ularni shariatga muvofiq, odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rninga boshqasiga- jabr zulum o‘tkazmadim;
– millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaif-larni qo‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturiningiz, rahbaringiz bo‘lsin;
– kimki biron sahroni obod qilsa yoki qasr qursa, yo biror bog‘ ko‘kartirsa, yohud biror harob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech nasa olmasinlar, uchinchi yili qonun qoidaga mu-vofiq xiroj yig‘sinlar.
Katta-kichik har bir shahar, har bir qishlaqda masjid, madrasa va honaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona sol-sinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar.
Amur Temurning bu so‘zlari asrlar osha xalqimizning asl far-zandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg‘urishga chorlab kelmoqda.
Xususan, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning sog‘lom ma’naviyat mahsuli bo‘lgan “Kuch-adolatda” degan shiori milliy g‘oyaning tarkibiy qismiga aylanib ketgan, mamlakat birligini ta’minlash, markazlashgan davlat bapro etishda, ayniqsa uni odillik bilan boshqarishda ma’naviy-mafkuraviy asos bo‘lib hizmat qilgan. Shu bois Temur saltanatida ilm-ma’rifat yuksak qadrlangan, inso-ning sha’ni, or-nomusi e’zozlangan, inson va uning mol-mulki dav-lat muhofazasiga olingan, o‘g‘rilikka keskin barham berilgan edi. Sohibqiron bobomizning: “Mening saltanatimning u chetidan bu che-tiga, boshida oltin to‘ldirilgan laganni yosh bola ko‘tarib o‘tsa ham uning mulkiga hech kimsa daxl eta olmaydi” degan so‘zlari hayotiy haqiqat edi.
Albatta, ajdodlarimiz ishlari milliy g‘ururimizni shakllan-tirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda dunyo fani yutuqlarini egallash ham milliy g‘oyamizning mezoniga aylangan. Ayni paytda milliy g‘urur vatanparvarlik tuyg‘u-lari bilan mushtarakdir.
Yoshlarimizning o‘zligini anglashi, or-nomusli bo‘lishi ularni yot g‘oyalardan saqlaydi. Mamlakatimizda yuz berayotgan bunyodkorlik ishlaridan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otib, ularning jahon qarshi-sidagi milliy ma’rifiy va zamonaviy qiyofalarini belgilab bera-di.
Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n olti yillik davrida yoshlarning butunlay yangi bir avlodi balog‘atga yetdi. Yoshlar mamlakatimiz, xal-qimizning kelajagi ekan, ularning bugungi tafakkur tarzi qanday, - degan savol har birimizni qiziqtiradi.
Birinchidan, yoshlar o‘zini, Vatanni, xalqini anglay boshladi.
Ikkinchidan, ular jahonni avvalgi avloddan ko‘ra ko‘prok ko‘rib, taraqqiyot qonunlarini tushunib bormoqdalar.
Uchinchidan, yoshlar mamlakatimizni mudofa qilishda asosiy kuchdir.
To‘rtinchidan, yoshlarning bilim darajasi jahon talablariga javob bermoqda.
Ayni paytda milliy istiqlol g‘oyasi ob’ektiv, haqqoniy fan bo‘lgani uchun yoshlar o‘rtasidagi salbiy holatlardan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bular yengil yashashga intilish, G‘arb madaniyatiga sajda qilish, giyohvandlik, o‘z qadrini bilmaslik, iroda zaifligi kabi salbiy holatlardir. Hayotda shunday hollar bo‘lmoqdaki, ba’zi yoshlar oliy o‘quv yurtiga kira olmasa, buni fojia sifatida qabul qil-moqdalar. Bu esa irodasizlik, su’niy or natijasidir.
Hayotda ishsizlik, haqsizliklar ham doimo ozmi-ko‘pmi mavjud bo‘ladi. Bu o‘tish, bozor munosabatlari davrida biroz kuchayishi mumkin. Shu bois yoshlarning or-nomusini, irodasini to‘g‘ri shakl-lantirish milliy istiqlol g‘oyasi uchun g‘oyat muhimdir.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə