О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 263,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü263,85 Kb.
#109448
1   2   3   4   5   6
HAsan

1.
 
30 metrga yugurish (sek.). 
2.
 
Tо„pni olib 30 metr yurish(sek.). 
3.
 
Tennis koptogini uzoqqa otish (m.). 
4.
 
Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm.). 
5.
 
Turgan joydan uch hatlab sakrash (bolalar uchun sm.). 
6.
 
Oltita ustunchani aylanib о„tish (masofa 30 m/s). 
7.
 
Murakkab kompleks mashqlarni bajarishda hamda harakatli о„yinlarda 
qatnashish. 
Tanlov sinovlari о„tkazish uchun mо„ljallangan nazorat mashqlarini tahlil 
qilish shuni kо„rsatadiki, ular о„z hajmi va kо„rsatkichlari bо„yicha gandbol 
о„yini uchun zarur bо„lgan hozirgi zamon talablariga bemalol javob beradi, 
chunki ular harakat malakalarini hosil qilish asosida bolaning jismoniy 
qobiliyatlarini aniqlashga xolisona yordam berishi mumkin. 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
3. Gandbolda о„rgatish usullari 
 
Harakatlarga maqsadli о„rgatish о„qituvchidan о„qitish usullari
tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma usullar shartli ravishda uchta asosiy 
guruhga bо„linadi: sо„zdan foydalanish (sо„z) usullari, kо„rgazmali qabul 
qilish usullari (kо„rgazmali) va amaliy usuldir. О„z navbatida, uchta guruhning
har biri bir nechta usullardan tashkil topgan. 
Kо„rgazmali qabul qilish usullari о„rganilayotgan harakatlarning kо„z 
bilan kо„rish va eshitish orqali qabul qilinishini ta‟minlaydi. 
Kо„rgazmali qabul qilish harakatlarni yanada tez, chuqur va mustaxkam 
egallab olishga yordam beradi, о„rganilayotgan harakatlarga qiziqish 
uyg„otadi.
Amaliy usullar shug„ullanuvchilarning faol harakatiga asoslangan. Ularni 
shartli ravishda ikkita guruhga bо„linadi: qat‟iy va qisman tartiblashtirilgan 
mashqlar usullari. Harakat mashqlari, nagruzka о„lchamlari, uning о„sib borishi,
dam olish bilan almashinib turilishi va boshqalarni qat‟iy tartiblashtirilgan
holda harakatlarni kо„p marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning natijasida 
kerakli harakatlarni asta-sekin shakllantirib, alohida harakatlarni tanlab
о„zlashtirish imkoniyati tug„iladi. 
Qismlarga bо„lib о„rganish usuli dastlab harakatning alohida qismlarini 
о„rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga birlashtirishni 
nazarda tutadi. 


Butunligicha о„rganish usuli yakuniy maqsadga qarab, harakat qanday 
kо„rinishda bо„lsa, uni shundayligicha о„rganishni kuzda tutadi. 
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi о„quvchilar oldiga qо„yilgan 
vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin tanlashga ruxsat beradi. 
О„yin usuli harakatlarning qat‟iy tartiblashtirilganligi, ularni 
bajarishdagi mumkin bо„lgan shartlarning yо„qligi bilan tavsiflanadi; u ijodiy 
qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi,
mashg„ulotlarning kо„tarinki ruhda о„tishini ta‟minlaydi.
Musobaqa usuli maxsus tashkil qilingan musobaqa faoliyatini nazarda 
tutadi. Bunday faoliyat ushbu holda о„quv mashg„ulotlari samaradorligini
oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, о„quv –trenirovka mashg„ulotlarida hamma sanab 
о„tilgan usullar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport 
tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, о„zgartirilgan shakllarda 
qо„llaniladi. Usullarni tanlashda shu narsaga e‟tibor berish lozimki, ular 
oldinga qо„yilgan vazifalar, umumiy didaktik tamoyillar, shuningdek, sport 
trenirovkasining maxsus tamoyillari, shug„ullanuvchilarning yosh xususiyatlari, 
ularning malakasi, jinsi va tayyorgarlik darajasiga qat‟iy muvofiq bо„lishi 
shart. 
Qо„l tо„pi bilan muntazam shug„ullanishni 9-10 yoshdan boshlash 
mumkin. 11- yoshdan boshlab ikki bosqichda 5-7 va 8-9 sinf о„quvchilari
uchun “Umid nihollari” Respublika miqiyosidagi musobaqalarda kuch 
sinashlariga keng yо„l ochib berilgan. 
Texnik usullarni tegishli taktik harakatlar bilan tо„g„ri va samarali 
qо„sha bilish о„rgatish usulining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. О„rgatish 
jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
1. Asosiy e‟tibor texnik tayyorgarlikka qaratiladi. Texnik tayyorgarlik 
taktik tayyorgarlikdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin taktikaning asosi 
shaxsiy harakatlar о„yin texnikasining dastlabki takomillashtirish jarayonida 
о„rganiladi.


2.Taktik tayyorgarlik negizida texnik usullarni takomillashtirishga
e‟tibor beriladi. 
Usullarni yanada samaraliroq takomillashtirish maqsadida har bir 
gandbolchi uchun taktik harakatlarning eng qulay turlari qо„llaniladi. Texnika 
va taktikani takomillashtirish bosqichidagi kо„p qirrali usuldan tashqari,
qismlarga bо„lish usuli ham (yangi usullarni о„zlashtirishda xatolarni tuzatish, 
usullarni bajarish tezkorligini va aniqligini yanada oshirish uchun) ishlatiladi. 
Har bir usulni о„rganishda ularning bosqichlarini kо„rib chiqish 
muhimdir. Chunki asosiy ahamiyatni oldin asosiy bosqichga ketish esa boshqa
bо„laklar va sportchining har xil tayyorgarligiga qaratiladi. Har qanday usulni
о„rgatishda texnik –taktik harakatlarni takomillashtirish ketma-ketligiga rioya 
qilish lozim: 
1)
usul bilan tanishtirish; 
2)
soddalashtirib usulni о„rgatish;
3)
usullarni о„yin holatiga yaqinlashtiirib takomillashtirish;
4)
о„rganilgan usullarni о„yinda qо„llash;
О„rgatilgan usul va harakatlar tо„g„risidagi ma‟lumotlarni kо„rgazmali 
qurollardan foydalanib shug„ullanuvchilarda ushbu usullar tо„g„risida taassurot 
qoldirish zarur. Kо„rgazmali qurollardan qayta foydalanganda (kinogramma, 
rasmlar, jadval, tasmalar), о„rganilayotgan usul va harakatalarning ancha muhim 
bо„laklariga ahamiyat beriladi. 
Qо„l tо„pi mashg„ulotining asosi – bu о„yin. О„yindan tashqarida 
о„rgatiladigan va takomillashtiriladigan har bir texnik usulga juda kо„p vaqt 
sarflanadi. Shundan keyin gandbolchilar usullarni soddalashtirgan holda о„yin 
vaqtida о„rganadilar va takomillashtiradilar. Har bir mashg„ulotda 2-3 dan ortiq 
usullarni о„rgatish tavsiya etilmaydi. 

Yüklə 263,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə