O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə71/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129
маъруза

Ekspert tizimlari
Ekspert tizimlariga ulkan qiziqishlar uchta sabab tufayli vujudga kelgan. Birinchidan, ular noformal sohalarda topshiriqlarning keng doirasi yechimiga yo’naltirilgan. Ikkinchidan, ekspert tizimi yordamida dasturlashni bilmaydigan mutaxassislar, o’zlarini kiziktirgan ilovalarni mustaqil yarata olishlari, hisoblash texnikalaridan foydalanish doiralarini birdaniga kengaytirish imkonini beradi. Uchinchidan, ekspert tizimlari topshiriqlarni amalda yechishda ekspert tizm bilan jihozlanmagan inson ekspert imkoniyatlaridan ustun keladigan natijalarga erishdilar. Ekspert tizimlari integiral mikrosxemalarni loyihalashda, nosozliklarni tuzatishda, harbiy ilovalarda va dasturlarini avtomatlashtirishda keng tarqalgan.


Nazorat savollari:

  1. Sun‘iy intellekt deb nimaga aytiladi?

  2. Su‘niy intellekt qanday masalalarni yechadi?

  3. Inspektsiya va identifikatsiya nima?

  4. Sun‘iy intellektni necha xil nuqtai nazari bor va ular qaysilar?

  5. Ekspert tizimlari haqida tushuncha bering.

  6. Ekspert tizimlarga qanday qiziqish bo’lgan?

Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Algoritm turlari
va algoritmni tavsiflash usullari


Reja:



  1. Algoritm tushunchasi

  2. Algoritm xossalari va unga qo’yiladigan talablar

  3. Algoritmni ifodalash usullari



Tayanch iboralar: algoritm, algoritm xossalari, algoritmik tillar, blok-sxemalar EHM, masalani yechish modellari
Algoritm tushunchasi
Algoritm so’zi o’rta asrlarda paydo bo’lib, buyo’q o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog’liqdir. Bu ilmiy ishlar ularda juda chuqur taasurot qoldirib algoritm (algoritmi) so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir.
Algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma‘lum tartib bilan bajarilishi kerak bo’lgan chekli sondagi buyruqlar ketma-ketligini tushuniladi.
Biror masalani kompyuterda yechishda eng muhim va ma‘suliyatli ishlardan biri qo’yilgan masalani yechish algoritmini yaratish bo’lib, bu jarayonda bajarilishi kerak bo’lgan hamma bo’lajak buyruqlar ketma-ketligi aniqlanadi. Ma‘lumki, kompyuterning o’zi xech qanday masalani yechmaydi, balki dastur ko’rinishida yozilgan algoritmni bajaruvchi hisoblanadi xolos. Shuning uchun, algoritmda yo’l qo’yilgan xato hisoblash jarayonining noto’g’ri bajarilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida yechilayotgan masalaning xato natijasiga olib keladi.
Biror sohaga tegishli masalani yechish algoritmini yaratish, algoritm tuzuvchidan shu sohani mukammal bilgan holda, qo’yilgan masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani yechish uchun kerak bo’lgan ishlarning rejasini tuza bilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, masalani yechishda ishtirok yetadigan ob‘ektlarning qaysilari boshlang’ich ma‘lumot (masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlar) va qaysilari natijaligini aniqlash, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniq va to’la ko’rsata bilish lozim.



Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə