O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


repeat S1; S2; ... SN until



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə91/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129
маъруза

repeat S1; S2; ... SN until B;

bu yerda repeat (takrorlamoq), until ( gacha) - xizmatchi so’zlar;


S1, S2, ..., SN lar esa tsikl tanasini tashkil etuvchi operatorlar;
B - tsikldan chiqish sharti (mantiqiy ifoda).
Operatorning ishlash printsipi juda sodda, ya‘ni tsiklning tanasi B mantiqiy ifoda rost qiymatli natija bermaguncha takror - takror hisoblanaveradi. Misol sifatida, yana yuqoridagi yig’indi hisoblash misolini olaylik.
Program Sum2;
var i, n: Byte;
S: real;
begin
readln(n);
S:=0; i:=1;
repeat
S:=S+1/i;
i:=i+1;
until i>n;
writeln (S)
end.
Ayrim takrorlanish jarayonlarida tsikldan chiqish shartini ifodalovchi mantiqiy ifoda hech qachon True (rost) qiymatga erishmasligi mumkin. Bu holda programmaning takrorlash qismi cheksiz marta qaytadan hisoblanishi mumkin, ya‘ni dasturchilar tili bilan aytganda «programma osilib qoladi» shuning uchun, operatordagi shartni tanlashda e‘tiborli bo’lish lozim.
E‘tiboringizga ya‘na bir, ismni qidirib topish programmasini xavola qilamiz:


Program ism;

Var
a,b:String[20];
Begin
a:=’Jamshid’;
Repeat
Writeln(‘Tanlagan ismingizni kiriting’);
Readln(B);
if a<>b Then writeln(‘Notugri’) else writeln(‘Yashang tugri topdingiz’);
Until A=B;
End.


While takrorlash operatori

Ahamiyat bergan bo’lsangiz, repeat operatorida tsiklning tana qismi kamida bir marta hisoblanadi. Lekin, ayrim paytlarda, shu bir marta hisoblash ham yechilayotgan masalaning mohiyatini buzib yuborishi mumkin. Bunday hollarda, quyidagi formada yoziluvchi while tsikl operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir:


while B do S;

bu yerda while (hozircha), do (bajarmoq) - xizmatchi so’zlari;


B - tsikldan chiqishni ifodalovchi mantiqiy ifoda;
S - tsiklning tanasini tashkil etuvchi operator.
Bu operatorda oldin V sharti tekshiriladi, agar u false (yolg’on) qiymatli natijaga erishsagina tsikl o’z ishini tugatadi, aks holda tsiklni tana qismi qayta - qayta hisoblanaveradi.
While operatoriga misol sifatida, yana yuqorida berilgan yig’indi hisoblash misolini ko’rib chiqaylik:
program sum3;
var i, n: byte;
S: real;
begin
readln(n);
i:=1; S:=0;

Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə