O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Takrorlanish soni avvaldan ma‘lum bo’lganda ishlatiladigan operatorlar



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə89/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129
маъруза

Takrorlanish soni avvaldan ma‘lum bo’lganda ishlatiladigan operatorlar

Tsikl operatori FOR takrorlanishlar soni oldindan ma‘lum bo’lgan tsikllarni tashkil etish uchun ishlatiladi. Operatorning umumiy ko’rinishi:


for k:=k1 to k2 do S;

bu yerda for (uchun), to (gacha), do (bajarmoq) - xizmatchi so’zlari;


k - tsikl parametri ( haqiqiy tipli bo’lishi mumkin emas);


k1 - tsikl parametrining boshlang’ich qiymati;
k2 - tsikl parametrining oxirgi qiymati;
S - tsikl tanasi.

Operatorning ishlash printsipi:



  • tsikl parametri (tsp) boshlang’ich qiymat k1 ni qabul qilib, agar bu qiymat k2 dan kichik bo’lsa, shu qiymat uchun S operatori bajariladi;

  • tsp ning qiymati yangisiga o’zgartirilib ( agar k son bo’lsa o’zgarish kadami 1 ga teng, belgili o’zgaruvchi bo’lsa navbatdagi belgini qabul qiladi, va h.k.) yana S operatori bajariladi va bu jarayon k > k2 bo’lguncha davom ettiriladi. Shundan so’ng, tsikl operatori o’z ishini tugatib boshqarishni o’zidan keyingi operatorga uzatadi.

Agar biz operatorlarning necha marta takroran hisoblanishini aniq bilsak, u holda parametrli takrorlash operatoridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Misol: yig’indini chekli n ta hadining yig’indisini topish programmasini tuzish.
Program sum1;
var
S: real;
i,n: byte; {i va n o’zgaruvchilar 255 dan katta bo’lmagan, butun, natural sonlar}
begin
readln (n); S:=0;
for i:=1 to n do
S:=S+1/i;
writeln (S);
end.
Ayrim paytlarda, tsikl parametrini o’sib borish emas, balki kamayish tartibida o’zgartirish mumkin, bu holda tsikl operatori quyidagi formada yoziladi:
for k:=k2 downto k1 do S;
bu yerda down to (gacha kamayib) – tilning xizmatchi so’zi.
Bu operatorda k parametri k2 dan toki k1 gacha kamayish tartibida (agar k - butun qiymatli o’zgaruvchi bo’lsa tsikl qadami - 1 ga teng) o’zgaradi. Operatorning ishlash printsipi oldingi operatornikiday qolaveradi.
Misol: yuqorida ko’rsatilgan misolni programmasini qaytadan tuzaylik.
Bu holda programmadagi tsikl operatorigina o’zgaradi xolos:



Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə