O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Mashg„ulot jarayonining to„siqlliligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
Mashg„ulot jarayonining to„siqlliligi. 
To‗siqllilik tamoyili mustahkam 
harakat ko‗nikmalari shakllanishini, mashqlanganlikning muayyan darajasiga va 
sport formasi holatiga erishishni ta‘minlovchi vaziyatlarning ko‗p marotaba 
takrorlanishi zarurati tufayli mavjuddir. Kundan-kunga gimnastikachilar 
ko‗pkurashning barcha turlaridagi mashqlarni takrorlayveradilar. Har bir 
shunday mashg‗ulot kuni o‗ziga yarasha vazifalarning nisbatan yopiq xalqasidan 
iborat bo‗lgan kichkina sikl hisoblanadi. Bir necha kun (ko‗pincha kalendar 
haftasi doirasidagi) mashg‗ulot mikrotsiklini tashkil etadi. Yirikroq to‗siqllar 
kattaroq vaqt oraliqlarini – bir necha haftadan yarim yil yoki bir yilgacha 


164 
muddatni o‗z ichiga oladi. Lekin, agar gimnastikachilarning ko‗p yillik 
mashg‗ulotlarini nazarda tutsak, ular ham xuddi shunday takrorlanadilar. Ammo 
mashg‗ulot sikllarining turli bosqichlari, davrlari, makrotsikllarining yopiq 
xalqasi sikllardan har birining to‗la yopiqligi, bir-biridan ayriligini nazarda 
tutmaydi. Butun jarayon to‗zilishining tavsifi uchun spiral bo‗yicha rivojlanish 
modeli ko‗proq mos keladi. Bu spiralning har bir o‗ramida yo spiral bo‗ylab 
yuqoriga – tayyorgarlikning yanada yuqori darajasiga erishishi uchun, yoki 
pastga (mazkur ko‗rsatkichlarni tushirish hohishi mavjud bo‗lsa) yo‗naltirilgan 
mashg‗ulot jarayoni o‗sishi aks etadi. Gimnastikada mashg‗ulot umumiy 
tamoyillari to‗grisidagi aytilgan barcha fikrlarga xulosa yasab, birinchi 
navbatda, ushbu tamoyillar birligini ta‘kidlash zarur. Bu birlik shaklan xilma-xil, 
mohiyatan ko‗p omilli sport faoliyatining tub ma‘nosidan kelib chiqadi. O‗qitish 
(o‗rgatish), tarbiyalash hamda funksional imkoniyatlarni kengaytirish jarayoni 
birligi didaktik tamoyillar (onglilik va faollik, ko‗rgazmalilik, tushunarlilik va 
individuallashtirish, tizimlilik, talablarni tobora orttirib borish) va mashg‗ulot 
tamoyillari birligi sifatida qaralishi kerak. Va, nihoyat, ularning umumiyligi 
ham. Mazkur tamoyillarga ko‗ra bir dars ham, ko‗p yillik mashg‗ulotlar jarayoni 
ham tashkil etilishi mumkin. Tayyorgarlikning barcha bosqichlarida: 
boshlovchilar bilan ishlashda ham, yuqori malakali gimnastikachilar bilan 
ishlashda ham shu tamoyillarga rioya qilish lozim (85 – rasm).


165 
85-rasm 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə