O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

CHuqur 
ixtisoslashuv.
Gimnastikaning 
sport 
turi 
sifatidagi 
xususiyatlarini yana ham qat‘iyroq e‘tiborga olishni ko‗zda tutadi. Birinchidan, 
bu gimnastikachilarning yoshi va tayyorgarlik darajasi bilan bog‗liq 
ixtisoslashgan tayyorgarligi bosqichlarini asosli ajratishda namoyon bo‗lishi 
kerak. Va, ikkinchidan, mashg‗ulotning chuqur ixtisoslashgan vositalarini 
ko‗proq qo‗llashda ham. Bular, eng avvalo, gimnastikachining mahoratini 
belgilovchi mashqlar (dasturiy elementlar, kombinatsiyalar), maxsus jismoniy 
va funksional tayyorgarlik vositalaridir.


158 
CHuqurlashtirilgan 
ixtisoslashuvni 
gimnastikachining 
alohida 
xususiyatlarini hisobga olishdan ayri tasavvur etib bo‗lmaydi, bu bir 
gimnastikachining boshqasi bilan tafovutlariga ko‗ra mashg‗ulot vositalarini 
tanlashnigina emas, ko‗pkurashchi sifatidagi gimnastikachilarning yana ham 
chuqurroq tayyorlanishlari uchun ayrim ko‗pkurash turlarini alohida o‗ringa 
qo‗yib ixtisoslashtirishlarini ham nazarda tutadi. Gimnastikachilarga «dolzarb» 
turlarni belgilab berish hamda ularni hohishi va imkoniyatlarini hisobga olgan 
holda bu mashqlarga yana ham ixtisoslashtirish shug‗ullanuvchilarni 
rag‗batlantirib, faolligini oshiradi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi. 
Gimnastikachining har 
tomonlama tayyorgarligini belgilovchi barcha jihatlarning yig‗indisi o‗qitish 
(o‗rgatish), tarbiyalash va funksional imkoniyatlarni oshirishning yagona 
jarayoni bo‗lib, u bunday tayyorgarlikni birmuncha tor vazifalarni hal qilishga 
yo‗naltirilgan maxsus tayyorgarlikka nisbatan umumiy deb atashga huquq 
beradi.
Ixtisoslashgan tayyorgarlik, biron-bir sifatni imkon qadar rivojlantirish, 
o‗ta murakkab elementni o‗zlashtirish tayyorgarlikning umumiy darajasini 
ko‗targandagina mumkin bo‗ladi. O‗z navbatida, umumiy tayyorgarlikni maxsus 
tayyorgarlikka xos bo‗lgan vazifalarni hal qilish natijalari yig‗indisi sifatida olib 
tekshirish 
mumkin. 
Gimnastikachilar 
mahorati 
shakllanishining 
turli 
bosqichlarida umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalari muvozanatini aniqlash 
muhim usuliy masala hisoblanadi. «Voronka» qoidasiga ko‗ra umumiy 
vositalarining keng qo‗llanishi mahoratga erishish bosqichlarida torayadi, 
maxsus tayyorgarlik vositalaridan foydalanish esa, aksincha, o‗sib borishi kerak. 
Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi tamoyili organizm tizimlari 
birligi, shaxs va muhit birligi to‗g‗risidagi tasavvurlarda o‗z biologik va ijtimoiy 
isbotini topadi. Maxsus mashqlarning u yoki bu funktsiyalarini chegaralab 
rivojlantirishga ta‘siri, shubhasiz umuman gimnastikachining organizmida aks 
etmay qolmaydi. Mazkur tamoyil bir qarashda o‗zaro zid bo‗lgan hodisalarni 
farqlash va ayni vaqtda birlikda tekshirish imkonini beradi. Masalan, 


159 
umumrivojlantiruvchi mashqlar – chegaralab ta‘sirko‗rsatuvchi mashqlar; UJT-
MJT; katta hajmli material – tasnifiy dastur; ko‗pkurash - alohida turlarga 
ixtisoslashish; umumiy ishchanlik qobiliyati – maxsus chidamkorlik va h.k. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə