O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

NAZORAT SAVOLLAR: 
1.Gimnastika mashqini o‗rgatishning bosqichlariga ta‘rif bering. 
2.Gimnastika mashqlarini muvavvaqiyatli o‗zlashtirish shartlariga ta‘rif 
bering. 
3.Onglilik va faollik prinsiplariga ta‘rif bering. 
4.Ko‗rgazmalilik prinsipiga ta‘rif bering. 
5.Osonlik prinsipiga ta‘rif. 
6.Tizimlilik prinsipiga ta‘rif. 
7.O‗rgatish uslublariga ta‘rif bering. 
8.Harakat texnikasi haqidagi tasavvurni hosil qiladigan va aniqlaydigan 
usullar. 
9.Ko‗maklashish va ehtiyotlash usullari. O‗rgatishda texnik vositalar. 


154 
V BOB.
GIMNASTIKA MASHG„ULOTLARINING ASOSLARI 
 
Tayanch iboralar: 
mashg‘ulot, musobaqalar, yordamchi musobaqalar, 
saralash 
musobaqalari, 
bosh 
musobaqalar, 
mashg‘ulot tamoyillari, 
professionallik, modellashtirish, individuallashtirish, ilmiy-usuliy asoslanganlik, 
dinamiklik, boshqaruvchanlik, markazlashtirish, mikrotsikl, sport trenirovkasi, 
chuqurlashtirilgan ixtisoslik, individualizatsiya, siklilik.
 
 
5.1. GIMNASTIKA MASHG„ULOTLARINING NAZARIY ASOSLARI
 
Asosiy tushunchalar. 
Gimnastikachilarni tayyorlash bu o‗qitish 
(o‗rgatish), tarbiyalash hamda funksional imkoniyatlarni oshirishning yagona 
jarayonidir.
Tayyorgarlikning shug‗ullanuvchilardagi harakat, funksional yoki aqliy 
faollikning ko‗proq namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq alohida turlari mavjud: 
texnik, jismoniy, ruhiy, taktik va nazariy. 
Maqsadga yo‗naltirib ta‘sir ko‗rsatish natijasida gimnastikachining 
tayyorgarligi muayyan darajaga ko‗tariladi.
Mashg‗ulot darslari, musobaqalar, mashg‗ulotdan hamda musobaqadan 
tashqari tadbirlar, nazariy darslar va h.k. tayyorgarlik shakllari hisoblanadi. 
CHizmada tayyorgarlikning asosiy shakllari va turlari ko‗rsatilgan. Dars turlari 
va tayyorgarlik shakllari orasidagi bog‗liqlik raqamlar bilan belgilangan. 
Har bir turiga xos xususiyatlarning batafsil tavsifi darslikning tegishli 
boblarida berilgan.
Tayyorgarlikning sifat nuqtai nazaridan maqsadi musobaqalarda ishtirok 
etish va o‗z natijalarini raqiblarning yutuqlari bilan solishtirishdan iborat. 
Tayyorgarlikning, jumladan, musobaqalarga tayyorgarlikning asosiy shakli 
mashg‗ulotdir.
«Mashg‗ulot» tushunchasining qamrovi juda keng. Umuman olganda, bu 
gimnastikachilarni tayyorlashning turli bosqichlarida foydalaniladigan maxsus 


155 
mashqlarni muntazam qo‗llashga asoslangan ixtisoslashtirilgan jarayon sanaladi. 
Mashg‗ulot jarayonida gimnastikachilar dastur materiallarini (hajmiy material 
va tasnifiy mashqlar) o‗zlashtiradilar, psixomotor sifatlarning rivojlanish 
darajasini oshirib, organizmning funksional holatini yaxshilaydilar. Tor ma‘noda 
«mashg‗ulot» deganda gimnastikada musobaqalarga tayyorlanish maqsadida 
o‗zlashtirilgan mashqlarni takomillashtirishga yщnaltirilgan bir dars shakli 
tushuniladi.
Mashg‗ulotning ikki xil, ya‘ni yangilikni o‗rganish hamda 
o‗zlashtirilganni takomillashtirish xususiyatlarini ta`kidlash maqsadida o‗quv-
mashq darsi atamasi qo‗llaniladi.
SHunday qilib, mashg‗ulot ham o‗zoq muddatli jarayon, ham alohida 
dars anglashiladi. Dars atamasi aniqroq atamaga ega. Darslarning sakkiz xil 
turini alohida ko‗rsatish maqsadga muvofiqdir. 
Ularning har biri faqat o‗ziga xos mashqlari va tashkil etilishi bilan 
ajralib turadi.
Gimnastikachi tayyorgarligining eng muhim shakli – musobaqalar. 
Maqsad va vazifalariga ko‗ra ularni yordamchi va asosiy turlarga bo‗ladilar. 
YOrdamchi musobaqalar gimnastikachilar tayyorgarligining tekshirish va ularni 
asosiy musobaqalarga hozirlash maqsadida tayyorgarlikning oraliq bosqichlarida 
o‗tkaziladi. Gimnastikachilar to‗la dastur asosida emas, yo faqat majburiy, yo 
faqat erkin – engillashtirilgan dastur asosida ko‗pkurashning bir necha turlari 
bo‗yicha bellashishlari mumkin.
Asosiy musobaqalarni 2 turga ajratish maqsadga muvofiq: 
- saralash musobaqalari; 
- bosh musobaqaar. 
Saralash musobaqalari jamoaning tarkibi va zahirasini aniqlashga imkon 
beradi. Masalan, hatto shahar, viloyat yoki KSJ Markaziy kengashi, idoralar 
birinchiliklari bosh musobaqa – respublika, mamlakat birinchiligiga nisbatan 
saralash bellashuvlari sanaladi. O‗zbekiston terma jamoasi a‘zolari uchun 


156 
O‗zbekiston birinchiligi yoki kubok musobaqalarini Olimpiada o‗yinlariga 
saralash musobaqalari deb hisoblash mumkin.
Nihoyat, 
gimnastikachi 
tayyorgarligining 
musobaqalardan 
va 
mashg‗ulotlardan tashqari shakllari ham mavjud. Bunga gigienik va tiklovchi 
tadbirlarni, chiniqtirish va, shuningdek, siyosiy-tarbiyaviy ishlar hamda nazariy 
darslarni (seminarlar, suhbatlar, ma‘ro‗zalar va h.k.) kiritish mumkin (3-
chizma).

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə