153
bo‗lganda o‗quvchi harakatlarini ijro etish davomida to‗zata borishi yoki keyingi
topshiriqqa oid yo‗l-yo‗riqlar berib borishi kerak.
Bu davrdagi asosiy vazifa harakat ijro etilayotganda yo‗z beradigan
xatolarni vaqtida to‗zatishdan iborat. Xatolarning yo‗z berishiga quyidagilar
sabab bo‗lishi mumkin: harakat texnikasi haqida tasavvurning aniq emasligi;
o‗quvchilarning harakat sezgilari bilan o‗z harakatlariga bergan sub‘ektiv
baholarining mos kelmasligi; harakat topshirig‗ining murakkabligi bilan
o‗quvchi imkoniyatining mos kelmasligi; o‗zlashtirib bo‗lingan mashqlarning
yangi mashqqa salbiy ta‘sir ko‗rsatishi; harakat faoliyati paytida etarlicha
dadillik va qat‘iylik ko‗rsatmaslik va hokazolar.
Asosiy xatolarni, keyin esa ikkinchi darajalilarini ham to‗xtatish uchun
aniq vaziyatga qarab o‗rgatishdagi xilma - xil usullarning hammasidan
foydalaniladi.
Mashqni chuqur o‗rganishga qaratilgan faoliyat asosiy texnik haraktlarni
avtomatlashtirilgan darajaga etkazish imkonini beradiki, bu hol mashqni
mustaqil ravishda va texnik jihatdan to‗g‗ri bajarishda namoyon bo‗ladi.
6.
Mashqni texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish uchun
o‗quvchi o‗qituvchi rahbarligida harakatni mustaqil bajarishni davom ettiradi.
Dostları ilə paylaş: