O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Ikkinchi guruh
 
o„rgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
 
YAxlit mashq uslubi, u o‗rganilayotgan harakatni bir butun tarzda 
bajarishni nazarda tutadi. Bunda ijro etish sharoitini engillashtirish yordam
ko‗rsatish va ehtiyotlashni qo‗shimcha vositalarini qo‗llash, snaryad balandligini 
kamaytirish, harakatni trenajyorda bajarish, dastlabki yoki pirovard holatni 
soddalashtirish (masalan, past turnikda gavdani yozib ko‗tarishni trener 
yordamida bajarish) hisobiga bo‗lishi mumkin; 
- yordamchi mashqlar uslubi (yaxlit mashq uslubining variantlaridan 
biri), u to‗zilishi jihatidan asosiy mashqqa o‗xshash, lekin yaxlit bajarishni 


146 
nazarda tutadi (masalan, turnikda gavdani yozib ko‗tarilish uchun bir oyoqda 
ko‗tarilib tayanish yordamchi mashq bo‗lib xizmat qiladi); 
Bo‗lingan mashq uslubi bu butun harakat texnikasini ayrim qism va 
elementlarga ajratib olish va ularning har birini o‗zlashtirib olgandan keyin uni 
qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni qismlarga bunday sun‘iy bo‗lish 
asosiy harakat faoliyatini o‗rganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi; 
- xususiy harakat vazifalarini hal qilish uslubi bo‗lingan mashq 
uslubining varianti bo‗lib, harakat texnikasining muayyan elementlari bo‗lgan 
o‗quv vazifalari seriyasini tanlash bilan harakterilanadi (masalan, endi 
boshlovchi sportchilar oyoqni kerib tayanib sakrashni o‗rganib olish uchun erga 
tushishni, yugurib kelishni, depsinish va undan ko‗prikka tushishni birin-ketin 
o‗rganadilar). 
Mazkur o‗rgatish uslublari o‗quvchilarga mashq haqida axborot olish va 
o‗rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib olish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, ular harakat to‗zilishi to‗g‗risidagi tasavvur aniqlashuvi va 
konkretlashuviga, shuningdek ro‗y berishi mumkin bo‗lgan xatolarni to‗zatishga 
yordam beradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə