141
avtomatlashtirilgan ko‗nikma darajasiga etkazib, shu tufayli shug‗ullanuvchi
mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) o‗zoq vaqt
davomida bajarib yura oladi.
Mashqni o‗rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o‗zlashtirib
olingan mashq variantlarini bajarishga; ilgarigi mashqdagiga o‗xshash detallari
bor, texnikasi murakkabroq mashqlarni bajarishga; ijro sharoitini o‗zgartirishga,
masalan, boshqa mashqlar bilan birlashtirib bajarishga qaratilishi mumkin.
GIMNASTIKA MASHQLARINI MUVAFFAQIYATLI O„ZLASHTIRISH
SHARTLARI
Birinchi shart
.
Gimnastika mashqlari o‗rgatishni muvaffaqiyatli tashkil
etishning birinchi sharti - o‗quvchining tayyorlik darajasini aniq baholashdir.
Bunda o‗quvchining potentsial imkoniyatlari quyidagi ko‗rsatkichlarga binoan
baholanadi:
Harakat tayyorgarligi (o‗zlashtirgan harakatlarining hajmi va harakteri,
harakatlarni
o‗rganishdagi
tipik
qiyinchiliklar,
o‗quvchida
yangi
harakatlardagiga o‗xshash harakat tajribasining mavjudligi;
Jismoniy tayyorgarligi (yangi harakatni o‗rganib olishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‗lgan hislatlarning kamolot darajasi);
Psixik hislatlarining (o‗quvchilarning dadilligi, qat‘iyligi, o‗zoq vaqt
davom etadigan asabiy zo‗r berishlarga reaktsiyasi va boshqa shaxsiy
hislatlarining) qay daraja rivoj topgani.
O‗quvchining qobiliyatini baholash harakteri ayni chog‗da qanday mashq
o‗rganilayotganligiga bog‗liq. Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma- xil,
shuning uchun yangi harakat o‗rganilayotgandagi har bir konkret holda
o‗quvchining imkoniyatlarini aniqlash o‗zgarib turish mumkin.
Dostları ilə paylaş: