145
-o‗quvchilarning ishga ishtiyoqi va aktivligini sundirmaslik maqsadida
o‗rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi.
O„RGATISH USLUBLARI
O‗rgatish uslublari deganda quyilgan vazifalarni hal qilish uchun kerakli
muayyan yo‗llar tanlashni tushinish kerak.
Xilma-xil o‗rgatish uslublarini quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin:
Birinchi guruh
o„rgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- og‗zaki uslub universal uslublarda biri bo‗lib, o‗quvchilar bilan
munosabatda bo‗lish jarayonida o‗rgatishni idora qilish imkonini beradi. Bunda
gimnastika atamasidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo‗ladi, chunki shu
terminologiya yordamida o‗qituvchining o‗quvchilarga nutq orqali ta‘sir etishi
aniq va qisqa bo‗lishiga erishish mumkin;
- harakat texnikasi to‗g‗risidagi ma‘lumotni bildirish uslubi namoyish
qiluvchi tomonidan mashqlarni ijro etish yo‗li bilan ko‗rgazmali qurollar
ko‗rsatish, tovushli va nurli orientirlar, taktil signallar berish, harakatning ayrim
parametrlari haqida miqdoriy axborot berish va o‗quvchi tomonidan harakat
texnikasi elementlarini bajarish yo‗li bilan namoyon qilinadi.
Mazkur o‗rgatish uslublari asosan mashq texnikasi asoslari to‗g‗risidagi
tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo‗lib, butun o‗rgatish davri
mobaynida qo‗llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: