O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Osonlik prinsipi
shug‗ullanuvchilarga ular kuchiga mos keladigan 
vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda o‗quvchilar mashg‗ulotlarga 
qiziqmay qo‗yadilar. Biroq, osonlik prinsipi sportchilarni qiyinchiliklarni 
engishga o‗rgatish zaruratini mutlaqo inkor etmaydi.
15
O‗qituvchi o‗quvchilarning nimaga qodirligini, ularning aniq mashqlarni 
o‗zlashtirish imkoniyatlarini o‗zluksiz chuqur o‗rganib borishi kerak. U, 
masalan, turnikda katta aylanishni bajarish uchun o‗quvchida bir qancha boshqa 
mashqlarni bajara olish, qo‗lida etarlicha kuch bo‗lishi, dadillik va qat‘iyatlilik 
singari ko‗p hislatlar hosil qilingan bo‗lishi zarurligini bilishi kerak. SHunday 
hislatlarning mavjudligi ana shu mashq o‗quvchi uchun osonligini 
ko‗rsatadigan o‗lchov bo‗ladi. 
Osonlik prinsipi didaktikaning ma‘lumdan noma‘lumga, osondan 
qiyinga, soddadan murakkabga, degan qoidalari bilan chambarchas bog‗liq. 
Tizimlilik prinsipi
quyidagilarni:
-harakat faoliyatini o‗rganishda muayyan izchillik bo‗lishini; 
-turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun 
harakat texnikasini muntazam takomillashtirib borish va yangi mashqlar 
o‗rganishni; 
15
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 39-бет


145 
-o‗quvchilarning ishga ishtiyoqi va aktivligini sundirmaslik maqsadida 
o‗rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi. 
O„RGATISH USLUBLARI 
O‗rgatish uslublari deganda quyilgan vazifalarni hal qilish uchun kerakli 
muayyan yo‗llar tanlashni tushinish kerak. 
Xilma-xil o‗rgatish uslublarini quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin: 
Birinchi guruh
 
o„rgatish uslublariga quyidagilar kiradi: 
- og‗zaki uslub universal uslublarda biri bo‗lib, o‗quvchilar bilan 
munosabatda bo‗lish jarayonida o‗rgatishni idora qilish imkonini beradi. Bunda 
gimnastika atamasidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo‗ladi, chunki shu 
terminologiya yordamida o‗qituvchining o‗quvchilarga nutq orqali ta‘sir etishi 
aniq va qisqa bo‗lishiga erishish mumkin; 
- harakat texnikasi to‗g‗risidagi ma‘lumotni bildirish uslubi namoyish 
qiluvchi tomonidan mashqlarni ijro etish yo‗li bilan ko‗rgazmali qurollar 
ko‗rsatish, tovushli va nurli orientirlar, taktil signallar berish, harakatning ayrim 
parametrlari haqida miqdoriy axborot berish va o‗quvchi tomonidan harakat 
texnikasi elementlarini bajarish yo‗li bilan namoyon qilinadi. 
Mazkur o‗rgatish uslublari asosan mashq texnikasi asoslari to‗g‗risidagi 
tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo‗lib, butun o‗rgatish davri 
mobaynida qo‗llanishi mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə