O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Uchinchi guruh o„rgatish uslublariga quyidagilar kiradi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Uchinchi guruh o„rgatish uslublariga quyidagilar kiradi:
- standart mashq uslubi bu metod trenirovka mashg‗uloti sharoitida 
harakat ko‗nikmasini mustahkamlash maqsadida harakatni mustaqil bajarish 
bilan harakterlanadi; 
- o‗zgaruvchan mashq uslubi, u quyidagi qiyinlashtirilgan sharoitlar bilan 
bog‗liq bo‗ladi: adashtiruvchi signallar (shovqin, begona tovushlar va 
hokazolar), atrofidagi sharoitning o‗zgarishi (snaryadlarning odatdagidan 
boshqacha quyilish, yoritishni o‗zgartirish va hokazolar), ma‘lum topshiriqni 
bajarish haqida kutilmagan ko‗rsatma berilishi, mashqni kombinatsiyalari joyi 
o‗zgarib qolishi mashqni charchagan yoki ortiqcha hayajonlanib turib bajarish; 
- o‗rgatishning o‗yin va musobaqa uslubi o‗quvchilarning o‗zaro raqobat 
qilishini yoki harakatdan muayyan natijaga erishish uchun mas‘uliyat sezishni 
nazarda tutadi. 


147 
Mazkur o‗rgatish uslublari harakat ko‗nikmalari barqarorligiga erishish 
imkoniyatini beradi. 
To„rtinchi guruh o„rgatish uslublari
yangi harakatni o‗rgatishning 
to‗g‗ri taktikasini va o‗quv jarayonini tashkil qilishning samarali shaklini tanlab 
olish imkoniyatini beradigan dastur uslublaridan iboratdir. Mashqni o‗rgatish 
jarayonini algoritmlash dasturining turlaridan biridir. 
Algoritmik tipdagi topshiriqlar o‗quv materialini qismalarga (dozalar, 
portsiyalar yoki o‗quv vazifalariga) bo‗lishi va ana shu qism- vazifalarni 
shug‗ullanuvchilarga qat‘iyan aniq tartibda birin - ketin o‗rgatishni nazarda 
tutadi. O‗quv vazifalarining birinchi seriyasi o‗rganib bo‗lingandan keyingina 
ikkinchi seriyaga o‗tish huquqi beriladi. Topshiriqlarni to‗zishga quyidagi 
talablar qo‗yiladi: 
-topshiriqlar yoki o‗quv materialining qismlari har bir faoliyat harakterini 
aniq ko‗rsatishi, ularni tanlashda tasodifga yo‗l qo‗ymasligi va u kimlarga 
mo‗ljallangan bo‗lsa, shularga tushunarli bo‗lishi kerak; 
-algoritmik tipdagi topshiriqlar bitta harakat faoliyati uchun ham, 
to‗zilishi jihatidan o‗xshash harakatlar seriyasi uchun ham to‗zilishni mumkin; 
-o‗quv vazifalarining hammasi bir-biriga bog‗liq hamda murakkablashib 
borishi jihatidan izchil bo‗lishi kerak. 
Topshriqqa binoan o‗quv materiali qismlarini o‗rganish tartibi ular 
orasidagi aloqadorlikka qarab belgilanadi. Algoritmik tipdagi topshiriqning har 
bir vazifalar seriyasi muayyan maqsadni hal qilishga qaratilgan bo‗ladi: 
-chunonchi, o‗rganiladigan harakat faoliyatini muvaffaqiyat bilan 
bajarish uchun zarur jismoniy hislatlarni rivojlantiradigan mashqlar, o‗quv 
vazifalarining birinchi seriyasida bo‗lishi kerak; 
-o‗rganiladigan harakat faoliyati boshlanishi va tugallanishidagi dastlabki 
va pirovard holatlarni o‗zlashtirishga mo‗ljallangan mashqlarni esa o‗quv 
vazifalarining ikkinchi seriyasi o‗z ichiga olishi kerak; 
-o‗quv vazifalarining birinchi va ikkinchi seriyasi bir vaqtda yoki boshqa 
- boshqa vaqtda o‗zlashtirilishi mumkin; 


148 
-o‗quv vazifalarining uchinchi seriyasi asosiy harakatlar bajarilishini 
nazarda tutadi. Masalan, qo‗shpoyada qo‗llarga tayanib turib oldinga siltanib 
ko‗tarilishni o‗zlashtirish uchun o‗quvchi siltanib turishni va oldinga qarab zarur 
bo‗lgan balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak; 
-to‗rtinchi seriyaga bajarishni ayrim parametrlarga fazo, vaqt, 
muskullarning zo‗r berish darajasiga qarab baholash bilan bog‗lik bo‗lgan o‗quv 
vazifalari kiradi. Differensatsiyalash miqdori va aniqlik darajasi o‗rganiladigan 
mashqning murakkabligiga bog‗liq; 
-o‗quv vazifalarining beshinchi seriyasi yordamchi mashqlarni o‗z ichiga 
oladi. 
O‗quv vazifalarining mana shu seriyalari bajariladigan keyin harakatni 
osonlashtirilgan 
sharoitda 
(trenajyorda, 
o‗qituvchi yordamida texnika 
vositalaridan foydalanib va hokazo) yaxlit o‗rganiladi. 
Har bir o‗quv vazifasini o‗rganayotganda topshiriqlar qanchalik to‗g‗ri 
bajarilayotganini nazorat qilish orqali o‗quv jarayonini faol boshqarish 
imkoniyati yaratiladi. 
YAxlit o‗rgatish uslubini qo‗llanishning iloji bo‗lmaganda yoki samarasi 
kam bo‗lganda algoritmik tipdagi topshiriqdan foydalanish kerak. Bu tipdagi 
topshiriqdan, odatda texnik jihatdan murakkab mashqlarni o‗rganishda 
foydalaniladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə