O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Ikkinchi shart
 
- o‗rgatish dasturini, harakat to‗zilishini tahlil qilish va 
o‗quvchining individual xususiyatlarini bilish asosida to‗zish. O‗qitish dasturi 
algoritmik topshiriq, chiziqli yoki tarmoqli dastur tarzida yoziladi. Gimnastika 
mashqlarining texnikasi murakkablasha borgan sari o‗rgatish dasturlarining 
samaradorligi ham orta boradi. 


142 
Uchinchi shart
 
- mashqni o‗zlashtirish jarayonini mohirlik bilan 
boshqarish. Buni o‗qituvchi o‗quvchi faoliyatini tahlil qilish hamda aniqlik 
kiritadigan buyruqlar va nazorat topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi. 
To„rtinchi shart
-
tegishli sharoit va o‗quv vositalarining mavjud 
bo‗lishi. Bunga quyidagi: mashg‗ulot joyi (sinf xonasi, zal, maydoncha), asosiy 
va yordamchi snaryadlar, uslubiy o‗quv vositalari (jadvallar, rasmlar, 
kinogrammalar, odam gavdasining modellari, ta‘lim texniksini va uslubiyati 
yuzasidan to‗zilgan uslubiy rejalar va hokazo), texnikaviy ta‘minlash vositalari 
kino va foto apparatlar, o‗lchov qurilmalari va goniometr, dinamometr va 
hokazo tipdagi asboblar, magnitafonlar, videomagnitafonlar, diktofonlar va 
hokazolar kiradi. 
O„RGATISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI 
Gimnastika o‗quv jarayonini tashkil etishda o‗rgatishning didaktik 
prinsiplari asosiy faoliyat qo‗llanmasi hisoblanadi. 
Onglilik va faollik prinsipi
.
Gimnastika mashqlari sportchilarning 
jismoniy, harakat va irodaviy hislatlariga katta talablar qo‗yadi. YAngi 
mashqlarni o‗zlashtirish jarayonidagi onglilik va aktivlik prinsipi o‗quvchilardan 
eng avvalo harakatni tushinib o‗rganishni, qo‗yilgan vazifani hal etishga qiziqib 
va ijodiy munosabatda bo‗lishni tarbiyalashni talab etadi.
14
Onglilik 
– bu insonning ob‘ektiv qonuniyatlarni to‗g‗ri tushunish, ularni 
tahlil qila olish va shunga muvofiq o‗z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir. 
O‗z faoliyati natijalarini oldindan ko‗ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo‗yish 
onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o‗qishga tarbiyaviy xususiyat 
bag‗ishlaydi va ko‗p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda 
kasbiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi. 
Faollik
– bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o‗lchovi 
yoki kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o‗rgatish nuqtai 
14
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 39-бет


143 
nazaridan bilimlar, ko‗nikma va malakalarni ongli o‗zlashtirish shart- sharoitlari 
va natijasi sifatida qatnashadi. 
O‗qish jarayonida harakat ko‗nikmalarni ongli o‗rganib olishlari uchun 
shug‗ullanuvchilarga quyidagilarni o‗rgatish darkor: 
-o‗z faoliyatinining natijalarini baholash; 
-turli (og‗zaki, grafik, yozma, hayolda takrorlash) usullardan foydalanib 
harakat texnikasini tasvirlash; 
-yangi harakatni o‗zlashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan turli qiyinchiliklarni 
engish; 
-kundalik daftar tutish va mashqlarni o‗zlashtirish rejalarini to‗zish; 
-o‗qituvchiga mashg‗ulotni tashkil etishda va o‗rtoqlariga harakatni 
o‗rganishda yordam berish. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə