O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Akrobatika mashqlarining yozilishi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Akrobatika mashqlarining yozilishi
. Akrobatika mashqlarini yozishda 
ba‘zi xususiyatlarni hisobga olib, yuqorida ko‗rsatilgan qoidalarning o‗zi 
qo‗llaniladi: 


136 
1.
To‗liq aylanilmaydigan elementlarni (masalan, o‗mbaloq oshishlarni) 
bajarishda pirovard holat ko‗rsatilishi kerak. 
2.
Goho bir holatdan ikkinchisiga o‗tish maxsus termin qo‗llanilishini 
talab qilmaydi. Masalan, o‗ng oyoqdagi muvozanatdan-boshda turish yoki 
qo‗llarda turishdan-boshda turish va hokazo. 
3.
Ijrochining biror elementdan (harakatdan) keyingi holati shundan 
keyingi elementning bajarilish usulini belgilab berishi hisobga olinadi. Masalan, 
tizzalarda turishdan dumalanib elkada turish yoki cho‗qqayib tayanishdan 
orqaga dumalanib kuraklarda turish va hokazo. 
4.
Pirovard holat harakatning o‗zidan ravshan bo‗lmagan taqdirdagina 
yoziladi. 
Badiiy 
gimnastika 
mashqlarining 
yozilishi. 
Badiiy 
gimnastika
mashqlarini yozishda erkin mashqlar uchun belgilangan qoidalardan 
foydalaniladi. Bulardan tashqari harakatlarning tavsifi, tasviri, rivoji va 
ifodaliligi ko‗rsatilishi kerak. 
 
GIMNASTIKA MASHQLARI YOZILISHINING
ASOSIY USULLARI
 
Umumlashtirilgan yozuv.
O‗quv dasturlari va boshqa dasturlarda har bir 
harakatning aniqligi talab qilinmay, gimnastika mashqlarining mazmuninigina 
ko‗rsatib (sanab) o‗tish kerak bo‗lganda mazkur usuldan foydalaniladi. Masalan, 
dastakli otda orqaga tayanib oyoqlarni chap yoki o‗ng tomonga o‗tkazish. 
Aniq atama yozuv
- har bir mashqning atama qoidalariga muvofiq 
ravishda aniq ifodalanishini nazarda tutadi, bunday yozuv namunalari yuqorida 
keltirilgan. 
Qisqa yozuv
- konspektlar tuzishda, nazorat mashqlarini va boshqa 
mashqlarni yozishda qo‗llaniladi. Bunda atama so‗zlar qisqartirib yoziladi 
(shartli qisqartirishlar qo‗llaniladi). Masalan, har- harakat, el.- element, a.t.-
asosiy turish, bel- belgilash t-tutish, yu/p- yuqori poya, d.h.- dastlabki holat
shuningdek gimn- gimnastika, akrob.- akrobatika va hokazo. 


137 
Grafik yozuv
(tasvir mustaqil va yordamchi ahamiyatga ega bo‗lishi 
mumkin. Bunday yozishning chiziqli, yarim konturli va konturli turlari 
qo‗llaniladi. CHiziqli tasvir eng qo‗lay hisoblanadi. U juda tushunarli va 
tejamlidir. Bunday ifoda usuli juda tez bajarilishi tufayli, gimnastikadagi 
kundalik amaliy ishda juda qo‗l keladi. 
Matn va grafik yozuvini birgalikda qo‗llanilishi - bu yozuvning amalda 
keng tarqalgan qulay usulidir. Masalan: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə