O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Birinchi bosqich
 
- harakat haqida umumiy dastlabki tasavvur hosil 
qilishdan (boshlang‗ich ta‘limotdan) iborat bo‗lib, bunday tasavvur har qanday 
harakat faoliyatini ongli o‗zlashtirish zaminada yotadi. YAngi harakat 
to‗g‗risidagi (uning shakli, ko‗lami, ta‘sir yo‗nalishi, alohida holatlari va 
hokazolar to‗g‗risidagi) dastlabki ma‘lumotlar va o‗quvchi xotirasida jamlangan 
harakat tajribasi natijasida bo‗lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi 
to‗zilishini ta‘minlovchi umumiy bog‗lanishlar qaror topadi. 
Ikkinchi bosqich
 
- bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash, 
(mashqni juda puxta o‗rganish). Bu bosqichda o‗qituvchi bilan o‗quvchining 
birgalikda faol ishlashi natijasi ularoq mashq haqidagi tasavvur aniqlanadi, 
xatolarga barham beriladi, mashqlarni qattiq nazorat ostida mustaqil bajarish 
ta‘minlanadi. 
Uchinchi 
bosqich

harakat 
texnikasini 
mustahkamlash 
va 
takomillashtirish. 
Bu 
harakatni 
boshqarish 
darajasini 
muqarrar 


141 
avtomatlashtirilgan ko‗nikma darajasiga etkazib, shu tufayli shug‗ullanuvchi 
mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) o‗zoq vaqt 
davomida bajarib yura oladi. 
Mashqni o‗rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o‗zlashtirib 
olingan mashq variantlarini bajarishga; ilgarigi mashqdagiga o‗xshash detallari 
bor, texnikasi murakkabroq mashqlarni bajarishga; ijro sharoitini o‗zgartirishga, 
masalan, boshqa mashqlar bilan birlashtirib bajarishga qaratilishi mumkin. 
GIMNASTIKA MASHQLARINI MUVAFFAQIYATLI O„ZLASHTIRISH 
SHARTLARI 
Birinchi shart
.
Gimnastika mashqlari o‗rgatishni muvaffaqiyatli tashkil 
etishning birinchi sharti - o‗quvchining tayyorlik darajasini aniq baholashdir. 
Bunda o‗quvchining potentsial imkoniyatlari quyidagi ko‗rsatkichlarga binoan 
baholanadi: 
Harakat tayyorgarligi (o‗zlashtirgan harakatlarining hajmi va harakteri, 
harakatlarni 
o‗rganishdagi 
tipik 
qiyinchiliklar, 
o‗quvchida 
yangi 
harakatlardagiga o‗xshash harakat tajribasining mavjudligi; 
Jismoniy tayyorgarligi (yangi harakatni o‗rganib olishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‗lgan hislatlarning kamolot darajasi); 
Psixik hislatlarining (o‗quvchilarning dadilligi, qat‘iyligi, o‗zoq vaqt 
davom etadigan asabiy zo‗r berishlarga reaktsiyasi va boshqa shaxsiy 
hislatlarining) qay daraja rivoj topgani. 
O‗quvchining qobiliyatini baholash harakteri ayni chog‗da qanday mashq 
o‗rganilayotganligiga bog‗liq. Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma- xil, 
shuning uchun yangi harakat o‗rganilayotgandagi har bir konkret holda 
o‗quvchining imkoniyatlarini aniqlash o‗zgarib turish mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə