O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ko„rgazmalalilik prinsipi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Ko„rgazmalalilik prinsipi
.
O‗rgatish ko‗rgazmali bo‗lishiga erishish 
uchun o‗qituvchi quyidagi bir qancha vosita va usullardan foydalanadi: 
-harakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kinomateriallar va 
fotomaterillarni, rasmlar, jadvallar va «etalon» modellarni ko‗rsatish; 
-ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini og‗zaki tasvirlab 
berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash; 
-ko‗rsatmalilik insonning sezgi organlarini bilish jarayoniga jalb qilishni 
anglatadi; 
-ko‗rsatmalilikning ko‗rish shakli (mo‗ljallar, ko‗rgazmali qurollar, 
o‗quv videofilmlari va h.k. yordamida harakatlarni yaxlit va qismlarga bo‗lib 
namoyish qilish) asosan harakatlarning fazoviy hamda fazo-vaqt tavsiflarini 
aniqlab olishga yordam beradi. YAngi harakatlarni o‗rganishning dastlabki 
bosqichida ko‗rgazmalilikning ko‗rish shakli katta ahamiyatga ega. 
SHuningdek, harakatlarni juda aniq tabaqalashtirish sport-texnik mahoratni 
takomillashtirishda ham juda qimmatlidir; 
-ko‗rsatmalilikning eshitish shakli (turli xil tovushli signallar 
ko‗rinishida) harakat aktlarining vaqt va ritmik tavsiflarini aniqlashda ustuvor 
ahamiyatga ega. U ko‗rish orqali ko‗satmalilikni ancha to‗ldiradi, harakatlarni 


144 
o‗rgatishning yakuniy bosqichida u bilan birgalikda etakchi ahamiyatga ega 
bo‗ladi; 
-qo‗shimcha signallar ishlatish (fazodagi orientirlar, harakatlarga ovoz 
bilan jo‗r bo‗lib turish ohista ko‗tarib yuborish va qo‗l tekizib qo‗yish); 
-trenajyor qurilmalarda, odam gavdasi modellarida va hokazolarda 
o‗rganilayotgan mashq yoki uning elementlari texnikasini ko‗rsatib berish; 
-alohida holatlarini maxsus to‗xtatib ko‗rsatish, taqlid qilish, 
yordamlashib bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida 
harakatni alohida e‘tibor bilan his etishni hosil qilish. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə