O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


O„rgatishning texnik vositalaridan foydalanish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

O„rgatishning texnik vositalaridan foydalanish
mashq bajarilishi 
natijasining sifatiga baho berishdan tashqari aniq miqdoriy ma‘lumot olish, 


151 
bo‗lajak harakatlar dasturiga to‗zatish kiritish, shuningdek harakatni bajarish 
mobaynida xatolarni to‗zatib borish imkonini beradi. Quyidagilar texnik 
vositalarga kiradi: eng oddiy o‗lchov asboblari (sekundomerlar, santimetrli 
lentalar, uglomerlar va hokazorlar), qayd qilish va yozuv apparatlari 
(videomagnitofonlar, diktofonlar, kinokameralar, fotokameralar, dinamograflar 
va hokazorlar); dastur va nazorat-axborot apparatlari. 
Harakat ritmining (ayrim harakatlarning) muayyan vaqt ichidagi ketma–
ketligi yorug‗lik va tovush dasturlarini idrok etish hamda takrorlashlarni
gimnastika mashqlarini o‗rgatishda texnik vositalardan foydalanishga misol 
bo‗la oladi: bundan esa mashq o‗rgatish boshlanishida mashq haqida tasavvur 
hosil qilish uchun ham, mashqni bajarish jarayonida harakat natijalari haqida 
shoshilinch axborot olish uchun ham foydalaniladi, bu hol o‗rgatish jarayonini 
boshqarishni osonlashtiradi. 
Gimnastika mashqlarini o‗rgatishda harakatning ketma- ketligi va ta‘rifi. 
Gimnastika mashqini o„rgatish jarayoni
 
o‗qituvchi bilan o‗quvchining 
izchil faoliyatidan iborat bo‗lib, bu faoliyat o‗rgatishning har bir bosqichidagi 
vazifalar ta‘rifi va o‗rganish sharoiti bilan belgilanadi. 
1. O‗rgatishning boshida o‗qituvchining yangi mashqni o‗zlashtirishga 
qanchalik tayyor ekanini aniqlab olishi kerak. Buning uchun o‗qituvchi: 
- mashqlarni o‗rganish jarayonida o‗quvchida bo‗lgan barcha harakat 
tajribasini va individual xususiyatlarini xisobga oladi; 
- o‗quvchining hatti - harakatlarini ko‗zatib, u bilan suhbatlashib, uning 
ayni vaqtdagi holati va kayfiyatini baholab boradi; 
- o‗quvchi funksional tizimlarining imkoniyati to‗g‗risida tasavvur olish 
uchun tibbiy ko‗zatishlar ma‘lumotlarini o‗rganadi; 
- o‗quvchining tayyorligini ko‗rsatadigan jihatlardan (harakatchanlik, 
jismoniy yoki boshqa jihatlardan) birini baholash uchun nazorat topshiriqlarni 
tanlaydi yoki yangi mashqlarga o‗xshash oldingi tanish mashqlarni takrorlash 
uchun topshiriq beradi. 


152 
2. O‗qituvchi o‗quvchi haqidagi ma‘lumotlar va yangi mashq texnikasiga 
oid bilimlarga asoslanib reja to‗zadi, o‗rgatish uslubi va usullarini tanlaydi. 
3. O‗qituvchi o‗quvchini yangi harakat bilan tanishtiradi. O‗qituvchi 
bilan o‗quvchining harakat ko‗nikmasini shakllantirish maqsadidagi bevosita 
aloqasi ana shundan boshlanadi. Buning uchun o‗qituvchi: 
- kelgusida o‗rgatiladigan mashqlarning umumiy vazifasini ifodalaydi; 
- o‗quvchiga qo‗yiladigan talablarini aniqlaydi; 
- o‗quvchi biladigan harakatlar ichidan yangi harakatga o‗xshashlarini 
belgilab chiqadi; 
- o‗quvchining zaif va kuchli tomonlarini ko‗rsatib beradi; 
- mashqni o‗zlashtirish rejasini belgilaydi. 
4. O‗qituvchi bilan o‗quvchining bundan keyingi ishlari o‗rganilayotgan 
mashq texnikasi asoslari haqida o‗rgatishning: ko‗rsatib berish, tushuntirish, 
modellarda harakat konstruktsiyasini ko‗rsatish va boshqa shu kabi tegishli 
usullar yordamida tasavvur hosil qilishga qaratilgan bo‗ladi. 
O‗qituvchi bilan o‗quvchining shu tariqa tayyorgarlik ko‗rishi harakat 
topshiriqlarining bundan keyin amalda bajarilishi uchun zamin xozirlaydi. 
5. SHundan keyin o‗qituvchi o‗quvchiga mashqni, jumladan, 
quyidagicha bajarishni taklif qiladi: 
-harakatni yoki alohida holatni taqlid qilib ko‗rsatish; 
-mashqni harakatning ayrim fazalarini ajratib ko‗rsatish uchun 
ko‗maklashib turib past sur‘at bilan bajarish; 
-harakatni maksimal oson sharoitda, masalan, trenajyorda takrorlash. 
Bunday faoliyat ayrim muskul sezgilar bilan (harakat axboroti 
yordamida) mashq qilish texnikasi haqidagi ma‘lumotlarni to‗ldirishga yordam 
beradi. 
6. O‗quvchining mashq bajarish jarayonida o‗qituvchi: harakatlar 
bajarilishini ko‗zatib turishi, turli uslub va usullardan foydalanib, yordamlashib 
turishi, topshiriqning bajarilishi natijalarini tahlil qilib borishi va zarurat 


153 
bo‗lganda o‗quvchi harakatlarini ijro etish davomida to‗zata borishi yoki keyingi 
topshiriqqa oid yo‗l-yo‗riqlar berib borishi kerak. 
Bu davrdagi asosiy vazifa harakat ijro etilayotganda yo‗z beradigan 
xatolarni vaqtida to‗zatishdan iborat. Xatolarning yo‗z berishiga quyidagilar 
sabab bo‗lishi mumkin: harakat texnikasi haqida tasavvurning aniq emasligi; 
o‗quvchilarning harakat sezgilari bilan o‗z harakatlariga bergan sub‘ektiv 
baholarining mos kelmasligi; harakat topshirig‗ining murakkabligi bilan 
o‗quvchi imkoniyatining mos kelmasligi; o‗zlashtirib bo‗lingan mashqlarning 
yangi mashqqa salbiy ta‘sir ko‗rsatishi; harakat faoliyati paytida etarlicha 
dadillik va qat‘iylik ko‗rsatmaslik va hokazolar. 
Asosiy xatolarni, keyin esa ikkinchi darajalilarini ham to‗xtatish uchun 
aniq vaziyatga qarab o‗rgatishdagi xilma - xil usullarning hammasidan 
foydalaniladi. 
Mashqni chuqur o‗rganishga qaratilgan faoliyat asosiy texnik haraktlarni 
avtomatlashtirilgan darajaga etkazish imkonini beradiki, bu hol mashqni 
mustaqil ravishda va texnik jihatdan to‗g‗ri bajarishda namoyon bo‗ladi. 
6.
Mashqni texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish uchun 
o‗quvchi o‗qituvchi rahbarligida harakatni mustaqil bajarishni davom ettiradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə