O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

-boshqariluvchanlik.
Ushbu tamoyil tayyorgarlikning har bir olimpiada 
sikli boshlanishiga majmuaviy maqsadli dasturlarning ishlab chiqilishini hamda 
milliy gimnastika tizimining maqsadli bashorat modellarini o‗zlashtirilishini 
tartibga soladigan va mamlakatda gimnastikaning umumiy istiqbolli 
rivojlanishini yo‗nalishlarini shakllantiradigan xujjatlarni tadbiq etilishini ko‗zda 
tutadi (yillik taqvimlar va musobaqa qoidalari, BO‗SM va OZBO‗SMlar uchun 
dasturlar, usuliy xatlar va axborot materiallari). 
-markazlashtirish.
Mazkur tamoyil milliy terma jamoaning tayyorgarlik 
texnologiyasida eng muhimlaridan biri sanaladi. U milliy terma jamoaning 
asosiy va yoshlar tarkibining ixtisoslashish tayyorgarlik bazalarida ko‗proq 
markazlashtirilgan holdagi tayyorgarligini nazarda tutadi; 
-o„z-o„zini ta‟minlash.
Ushbu tamoyilga muvofiq terma jamoa 
zahirasining tayyorgarligi, trenerlarning tayyorgarligi va malakasini oshirilishi, 
mamlakatda ishlab chiqadigan gimnastika anjomlari hamda jihozlarining 
takomillashtirilishi nazarda tutiladi; 


167 
-sog„lom ma‟naviy iqlim.
Bu tamoyilga ko‗ra milliy terma jamoaning 
markazlashgan jarayonida do‗stona munosabatlar, jamoatchilik va o‗zaro 
yordamga tayyorgarlik muhiti yaratiladi hamda qo‗llab quvvatlanadi. Ziddiyatlar 
ma‘muriyat tomonidan bartaraf etiladi. 
 
MASHG„ULOTNI REJALASHTIRISH 
Rejalashtirishning mohiyati ko‗p sonli vazifalarni vaqt bo‗yicha oqilona 
taqsimlashdash iboratdir. Zamonaviy gimnastikada sport o‗sishi sur‘atlari 
tayyorgarlik jarayonining ilmiy-usuliy ta‘minlanganlik darajasi, o‗rganish 
predmeti hisoblangan dasturning murakkabligi, musobaqalar taqvimiga bog‗liq. 
Vaqt omili sport formasi, mashqlanganlik holatiga erishish muddatlarini 
belgilash asoslarini ham tashkil etadi. SHubhasiz har bir sportchining o‗sish 
sur‘atlari uning qobiliyatlari va iste‘dodi bilan belgilanadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə