O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Jalb etuvchi mikrotsikl.
Dam olishdan keyin musobaqalarda ishtirok 
etish bilan bog‗liq ravishda yoki mashg‗ulotning bu davri yoki bosqichidan 
keyingisiga o‗tish vaqtida rejalashtiriladi. YUklama tobora oshirib boriladi, 
gimnastikachilar o‗z mashqlarini «yodga oldilar» va h.k.; 
Asosiy (bazaviy, qo„llab-quvvatlovchi) mikrotsikl.
Mashg‗ulotni o‗zoq 
muddat davomida ishchilik qobiliyati ko‗rsatkichlarini pasaytirmagan holda (2-3 
hafta) bir xil darajada o‗tkazishga imkon beradigan eng maqbul yuklama; 
Zarbdor mikrotsikl.
YUklama oshirilib, gimnastikachi imkoniyatlarining 
«cho‗qqisi»ga yaqinlashadi. Ularning maxsus chidamliligi va ishonchliligi 
rivojiga rag‗bat berish uchun qo‗llaniladi; 
Tiklovchi mikrotsikl.
Katta zo‗riqishlardan so‗ng dam olish maqsadida 
YUklama ancha kamaytiriladi (zarbdor yuklama, musobaqalardan keyin). 
Model mikrotsikl.
Mashg‗ulot yuklamasi va mazmuni oldindagi 
musobaqalar uchun xos bo‗lgan sharoitga yaqinlashtiriladi, ularning jadvali va 
o‗tkazilish tartibiga muvofiq ravishda rejalashtiriladi.
Ruhan tayyorlovchi mikrotsikl.
Bevosita musobaqalar oldidan 
gimnastikachilarni ularga har tomonlama maqbul tarzda, shu jumladan, ruhiy 
jihatdan ham tayyorlash maqsadida rejalashtiriladi. YUklama (mashg‗ulot hajmi 
va shiddati) kamayadi, lekin ruhiy zo‗riqish holati oshadi.
Musobaqalar o‗tkaziladigan joy boshqa vaqt mintaqasida yoki boshqa 
iqlimiy sharoitlarda bo‗lsa, bu erga kelganda moslashtiruvchi mikrotsikl 
rejalashtiriladi.
Mikrotsiklar aralash turli ham bo‗lishi mumkin. Masalan, zarbdor-model 
mikrotsiklar yuklamaning taqsimlanishi kunlar bo‗yicha musobaqalar jadvaliga 


172 
qat‘iy muvofiq tarzda, lekin musobaqa yuklamasiga qaraganda elementlar 
hamda kombinatsiyalar miqdoriga ko‗ra murakkab.
Har bir bosqichda mashg‗ulotlarning rejalashtirilishini mikrotsiklarning 
navbat almashinishini aniqlash sifatida tasavvur qilish mumkin. YUklamaning 
rejalashtirishning umumiy qonuniyatlari hamda mikrotsiklar turlarini yaxshi 
bilgan holda mashg‗ulot jarayonini bundan ham oqilona boshqarsa bo‗ladi. 
Mikrotsiklning har bir kuni o‗z yo‗nalishiga ega bo‗lib, u mikrotsikl 
yo‗nalishiga o‗xshash. Mashq kuni yuklama xususiyatiga ko‗ra jalb etuvchi 
mikrotsiklning yuklamalari yuqori bo‗lgan kunlariga hozirlovchi bo‗lishi 
mumkin. Asosiy (bazaviy) yuklama kuni uning mazkur mikrotsikl uchun 
ahamiyat jihatidan o‗rtacha ekanligi bilan tavsiflanadi. Zarbdor mashg‗ulot 
kunida yuklama eng yuqori darajagacha etkaziladi.
Tahrirlovchi mashg‗ulot kuni yuklama jihatidan vtyagivayuhiy hamda 
asosiy, asosiy hamda zarbdor mashg‗ulotlararo oraliq holatni egallash, 
mikrotsiklda rejalashtirilgan yuklamaning umumiy hajmiga qo‗shimcha
vazifasini bajarmoqda. 
Mikrotsiklning tiklovchi kuni faol va nofaol dam olishga yoki kichik 
yuklamali mashg‗ulotlarga bag‗ishlanadi.
Mashg‗ulot kuni darslardan tashkil topadi. Bir mikrotsikldagi 
mashg‗ulotlar va darslar miqdori mos kelmasligi mumkin, chunki bugungi 
kunda gimnastikachilarni tayyorlash tizimi kuniga ikki marotabalik darslarni 
ko‗zda tutadi (mashg‗ulot darslari to‗g‗risida darslikning keyingi bobida 
batafsilroq ma‘lumot beriladi). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə