O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


SHI= 5000 * * 3 Му Ту ЭМ



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

SHI=
5000
*
*
3
Му
Ту
ЭМ
 
bunda Tu – umumiy ish vaqti, Mu – urinishlar miqdori, EM – elementlar 
miqdori. Bu ko‗rsatkichlarni bilgan holda har qanday mashg‗ulotning shiddati 
indeksini osongina aniqlash mumkin, shuning uchun maxsus jadval ishlab 
chiqilgan. 
Sport 
ustasi 
bo‗lgan 
gimnastikachilarning 
musobaqa 
davri 
mashg‗ulotlaridagi 500 tadan ziyod darslari xronometrini ko‗pkurash turlari 
bo‗yicha umumiy ish vaqti o‗rtacha 100 ni tashkil etdi, elementlarning umumiy 
miqdori 241 ta, urinishlar miqdori 28 ta, to‗la kombinatsiyalar soni 8 ta. 
Bunday darsning SHI 0,98 qiymatiga teng. Taqqoslash uchun yuklamalar 
yig‗indisi birligining modeli sifatida musobaqa yuklamasining hajmi va shiddati 
kursiv bilan xizmat qilishi mumkin. 
Badan qizdirish mashqlari chog‗idagi hamda baho uchun chiqishlardagi 
urinishlarning miqdorini, snaryadlarni sinab ko‗rish vaqtidagi elementlar va 
kombinatsiyalarning musobaqa qoidalarida cheklab qo‗yilgan miqdori va 
boshqalarni ancha aniq hisoblab chiqish mumkin. Hajm birliklarida (elementlar 
miqdorida), shiddat birliklarida (kombinatsiyalar miqdorida) umumiy vaqtni, ish 


176 
(«sof») vaqtini, urinishlar orasidagi tanaffuslarni hisobga olgan holda aks etgan 
ko‗rsatkichlar musobaqa yuklamasining model` ko‗rsatkichlari hisoblanadi. 
Qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqib, mashg‗ulot sharoitida bu yuklamalarga 
yaqinlashish, ularni aniq takrorlash yoki yuqoriroq darajada bajarish mumkin.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, gimnastikadagi mashg‗ulot jarayoni 
uchun eng tipik vaziyatlar bilan bog‗liq holda yuklamani boshqarish mumkin 
bo‗lgan yo‗llarni aniqlash usullarini umumiy ko‗rinishda taqdim etamiz (2-
jadval). Musobaqalar, shu jumladan, bir necha kunlik turnirlar modelidan 
olingan yuklama ko‗rsatkichlarining hisob-kitobi har qanday tayyorlik 
darajasiga ega bo‗lgan gimnastikachilarning mashg‗ulotlarini rejalashtirish 
uchun istiqbolli hisoblanadi. 
Mashq jarayoni shiddatini oshirishning bir necha usuli bor. 3 -jadvalda 
yuklama shiddatini oshiradigan eng tipik usullar sxemasi berilgan. Sxemadan 
ko‗rinib turibdiki, omillar qiymati doimiy bo‗lganda (o‗rtadagi ustun), yuklama 
shiddatini 2 yo‗l bilan ko‗tarish mumkin: boshqa ko‗rsatkichlarni orttirish yoki 
kamaytirish bilan. Buni bir vaqtning o‗zida ham amalga oshirish mumkinki, ayni 
shu yo‗l eng ta‘sirchan hisoblanadi. YUklama shiddatini kamaytirish uchun esa, 
tabiiyki, xuddi shu usullarni, lekin teskari yo‗nalishda qo‗llash zarur. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə